Get Mystery Box with random crypto!

OpenAI kompaniyasi mutaxassisi Sardor Sadikov bilan master-kla | Najot Ta'lim

OpenAI kompaniyasi mutaxassisi Sardor Sadikov bilan master-klass endi Toshkentda!

Xabaringiz bor, 6-may kuni «Najot Ta'lim»ning Farg`ona filialida OpenAI kompaniyasi (ChatGPT) Data science mutaxassisi Sardor Sadikov bilan master-klass o'tkazilgan edi. Takliflarga binoan mehmonimiz bilan uchrashuv endi Chilonzor filialida o'tkaziladi.

Ushbu uchrashuvda sun'iy intellekt haqida qiziqarli ma'lumotlar, dasturlashning kelajagi va sohada xalqaro darajaga chiqish bo'yicha qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz!

Qachon: 13-may, shanba, soat 14:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Master-klassga ro'yxatdan o'tish

Dasturlash sohasida o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan yoshlarni 13-may kuni bo'lib o'tuvchi ushbu suhbatda kutib qolamiz. Master-klass uchun ro'yxatdan o'tishni unutmang!