Get Mystery Box with random crypto!

Notiqlik hamma uchun emas... Tasavvur qiling, siz vazningizn | NAJOT NUR

Notiqlik hamma uchun emas...

Tasavvur qiling, siz vazningizni kamaytirish niyatida uyingizga faqatgina sogʼlom taomlarni, meva-yu sabzavotlarni olib keldingiz. Muzlatgichingiz ayni mahsulotlarga toʼla, lekin siz ularni isteʼmol qilmayapsiz. Balki nosogʼlom taomlanishni davom ettiryapsiz. Xoʼsh, bunda vazningiz kamayishni boshlaydimi? Аlbatta, yoʼq!

Biror bilimni egallash yoʼlida ham uni bilish bilan cheklanish mumkin emas. Mehnat qilish, bilimlarni amaliyotda qoʼllash, oʼz ustida tinimsiz ishlash, iqtidorini yuzaga chiqarishga harakat qilish lozim. Jon chekmasang, janona qayda, toqqa chiqmasang doʼlona, degan fikr ayni joyda oʼrinlidir.

Demak, siz notiq boʼlmoqchimisiz, texnikalarni oʼzlashtiribgina qolmay, balki ularni oʼzingizda sinab koʼring. Аstoydil harakat qilsangiz, yaxshi natija sizni uzoq kuttirmaydi.

+998712000650

Rasmiy sahifalarimiz najotnur.taplink.ws