Get Mystery Box with random crypto!

Nodir Jonuzoq | she’r va shuur

Telegram kanalining logotibi n_jonuzoq — Nodir Jonuzoq | she’r va shuur N
Telegram kanalining logotibi n_jonuzoq — Nodir Jonuzoq | she’r va shuur
Kanal manzili: @n_jonuzoq
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.18K
Kanalning ta’rifi

Ushbu kanalga a’zo boʻlib, Nodir Jonuzoq she’rlari va shoirning boshqa bitiklarini oʻqib borishingiz mumkin.
Fikrlar uchun: @nodirxatlar_bot

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-02-26 16:30:43 ​​​​GʻALABA

Ozod yurtga bostirib kirib,
Tor-mor boʻlgan qoʻshin singari 
Qish chekinar… Izlaydi firib,
Qochib-pusib, yerga singadi.

“Suyunchi!” deb chopadi yellar,
Taraladi zafar qoʻshigʻi.
Zaʼfar tugʻlar koʻtarib kelar
Navbahorning gʻolib qoʻshini…

-----------------

ҒАЛАБА

Озод юртга бостириб кириб,
Тор-мор бўлган қўшин сингари 
Қиш чекинар… Излайди фириб,
Қочиб-пусиб, ерга сингади.

«Суюнчи!» деб чопади еллар,
Таралади зафар қўшиғи.
Заъфар туғлар кўтариб келар
Навбаҳорнинг ғолиб қўшини…

26.02.2023

@n_jonuzoq
1.3K viewsShoir, edited  13:30
Ochish/sharhlash
2023-02-24 06:30:00 ​​BIROVNING YUKI

Qiyomat kunini oʻylasam goh-goh,
Hasratli holatdan boʻlaman ogoh.

Tinimsiz qayralar Qilkoʻprik tigʻi,
Yiqilar olomon: oh, yigʻi-sigʻi...

Birma-bir kelarlar barcha saf tortib,
Har kim oʻz yukini yelkaga ortib.

Kelarlar qomati bukik, qaddi dol,
Behisob yosh-qari, erkag-u ayol.

Koʻmak soʻray desa – biror hamdam yoʻq,
Qopni qoʻyay desa – bir lahza dam yoʻq.

Sohibi Koinot bermagay izn,
Ota ham, bola ham oʻylaydi oʻzin.

Kimningdir qopchigʻi ogʻir, ming botmon,
Zoʻr-bazoʻr sudraydi qilkoʻprik tomon.

Boshqasi ildamroq odimlar, chunki
Nisbatan yengilroq yelkada yuki.

Angladim yoʻlchilar hasrat – ohini:
Har kim yelkalamish oʻz gunohini.

Va lekin bir kasni koʻrdim, bu ne hol,
Izohin topolmay qoldim tilsiz, lol.

Soʻzimga ishoning – yoʻq sira lofi,
Koʻp edi u kasning ustida qopi.

Har biri ming botmon, har biri toʻla,
Manzilga eltish shart barin bir yoʻla.

Birin ortay desa, tushardi biri,
Yelkasi shilinib, chiqmish yagʻiri.

Zoʻrgʻa qadam bosar, hansirab ogʻir,
Chidolmay u tomon soʻz qotdim oxir:

Birodar, bu ne hol, bu nechuk jafo?
Ayt, qaysi aybingga bu mudhish jazo?

Boʻgʻriqib borarkan olmay sira tin,
Yoʻlovchi men sari soʻz qotdi sekin:

“Vovaylo! Alamdan qomatim bukik,
Boshqa odamlarga tegishli bu yuk.

Yuribman feʼlimning jabrini tortib,
Yelkamga oʻzgalar yukini ortib.

Dunyoda gʻiybatga moyil kas edim,
Odamlar aybini yoyib mast edim.

Kimda gar koʻrsam sal nuqson-u qusur,
Chehram yorishardi, qilardim huzur.

Yetti mahallaga doston qilardim,
Uni – yer, oʻzimni osmon bilardim.

Bilsam, oʻylarim xom, xayolim koʻpik,
Qanday oʻtarkanman – kutar Qilkoʻprik...”

Oh, dedim, oʻzimning holimga boqdim,
Toʻzgʻigan dilimni xazonday yoqdim.

Choʻk tushib Tangriga qildim tavallo:
Oʻzingdan marhamat kutgum, avvalo.

Xudoyo, tilimni gʻiybatdan asra,
Hammollik qilmayin begona kasga.

Mayliga, hech kimsa yukim olmasin,
Lek birov yuki ham menga qolmasin!..

-----------------------

БИРОВНИНГ ЮКИ

Қиёмат кунини ўйласам гоҳ-гоҳ,
Ҳасратли ҳолатдан бўламан огоҳ.

Тинимсиз қайралар Қилкўприк тиғи,
Йиқилар оломон: оҳ, йиғи-сиғи...

Бирма-бир келарлар барча саф тортиб,
Ҳар ким ўз юкини елкага ортиб.

Келарлар қомати букик, қадди дол,
Беҳисоб ёш-қари, эркагу аёл.

Кўмак сўрай деса – бирор ҳамдам йўқ,
Қопни қўяй деса – бир лаҳза дам йўқ.

Соҳиби Коинот бермагай изн,
Ота ҳам, бола ҳам ўйлайди ўзин.

Кимнингдир қопчиғи оғир, минг ботмон,
Зўр-базўр судрайди қилкўприк томон.

Бошқаси илдамроқ одимлар, чунки
Нисбатан енгилроқ елкада юки.

Англадим йўлчилар ҳасрат – оҳини:
Ҳар ким елкаламиш ўз гуноҳини.

Ва лекин бир касни кўрдим, бу не ҳол,
Изоҳин тополмай қолдим тилсиз, лол.

Сўзимга ишонинг – йўқ сира лофи,
Кўп эди у каснинг устида қопи.

Ҳар бири минг ботмон, ҳар бири тўла,
Манзилга элтиш шарт барин бир йўла.

Бирин ортай деса, тушарди бири,
Елкаси шилиниб, чиқмиш яғири.

Зўрға қадам босар, ҳансираб оғир,
Чидолмай у томон сўз қотдим охир:

Биродар, бу не ҳол, бу нечук жафо?
Айт, қайси айбингга бу мудҳиш жазо?

Бўғриқиб бораркан олмай сира тин,
Йўловчи мен сари сўз қотди секин:

«Вовайло! Аламдан қоматим букик,
Бошқа одамларга тегишли бу юк.

Юрибман феълимнинг жабрини тортиб,
Елкамга ўзгалар юкини ортиб.

Дунёда ғийбатга мойил кас эдим,
Одамлар айбини ёйиб маст эдим.

Кимда гар кўрсам сал нуқсону қусур,
Чеҳрам ёришарди, қилардим ҳузур.

Етти маҳаллага достон қилардим,
Уни – ер, ўзимни осмон билардим.

Билсам, ўйларим хом, хаёлим кўпик,
Қандай ўтарканман – кутар Қилкўприк...»

Оҳ, дедим, ўзимнинг ҳолимга боқдим,
Тўзғиган дилимни хазондай ёқдим.

Чўк тушиб Тангрига қилдим тавалло:
Ўзингдан марҳамат кутгум, аввало.

Худоё, тилимни ғийбатдан асра,
Ҳаммоллик қилмайин бегона касга.

Майлига, ҳеч кимса юким олмасин,
Лек биров юки ҳам менга қолмасин!..

2009

@n_jonuzoq
2.8K viewsShoir, 03:30
Ochish/sharhlash
2023-02-23 16:30:12 ​​BIR KASALLIK TARIXI

Hakim huzuriga keldi bir odam:
“Yordam bering, taqsir, ahvolim ogʻir.
Bir oyki tatimas na uyqu, na dam,
Zirqirab, achishib kiftlarim ogʻrir...”

“Koʻylakni yeching-chi...” – buyurdi hakim,
Yigitning yelkasin siladi asta.
Boʻgʻriqqan joylarga tegar ekan jim,
Ogʻriqqa chidolmay dod soldi xasta.

“Bu qanday koʻrgulik?
Bu qanday azob,
Qaysi aybim uchun yopishdi bu dard?
Odil Parvardigor, bu nechuk jazo –
Sendan hayo qilib, yashovdim begard...”

Ilk bora boʻlgandi u bunday behol,
Hattoki tumov ham edi unga yot.
“Menga nima boʻlgan?”
Hakim boqib lol...
Dedi: “Kiftingizdan oʻsmoqda qanot!”

“Qanot!? – hayrat ichra angraydi bemor, –
Nahotki!? Rostmi shu!?”
Xoʻrsindi tabib:
“Har qanday kasalning oʻz davosi bor,
Qoʻrqmang, tuzataman yoʻlini topib...”

Birdan yengil tortdi yigit,
Jilmaydi.
Koʻylagin kiyvoldi xushchaqchaq, oʻktam:
“Qoʻying, qanot boʻlsa, zarar qilmaydi,
Uchish orzum edi, toʻgʻrisi, koʻpdan”.

Hakim hayron boʻldi,
Qoldi hangu mang –
Toʻzgʻigan xayolin qiynalib jamlar:
“Parvozni unuting!
Dunyo – toru tang,
Uchishga qoʻygaymi sizni odamlar?!”

U ketdi.
Boqmadi tabib raʼyiga,
U ketdi – boshqa hech koʻrmadi hakim
(Neni bitgan boʻlsa Haq manglayiga,
Shu yozuq izmida yoʻrgʻalar har kim).

Qanotli odamni koʻrmadik biz ham,
Ehtimol, xaloyiq bandi etgandir.
Ehtimol, qanoti kuchga kirgan dam
Oʻzga sayyoraga uchib ketgandir...

--------------------------

БИР КАСАЛЛИК ТАРИХИ

Ҳаким ҳузурига келди бир одам:
«Ёрдам беринг, тақсир, аҳволим оғир.
Бир ойки татимас на уйқу, на дам,
Зирқираб, ачишиб кифтларим оғрир...»

«Кўйлакни ечинг-чи...» – буюрди ҳаким,
Йигитнинг елкасин силади аста.
Бўғриққан жойларга тегар экан жим,
Оғриққа чидолмай дод солди хаста.

«Бу қандай кўргулик?
Бу қандай азоб,
Қайси айбим учун ёпишди бу дард?
Одил Парвардигор, бу нечук жазо –
Сендан ҳаё қилиб, яшовдим бегард...»

Илк бора бўлганди у бундай беҳол,
Ҳаттоки тумов ҳам эди унга ёт.
«Менга нима бўлган?»
Ҳаким боқиб лол...
Деди: «Кифтингиздан ўсмоқда қанот!»

«Қанот!? – ҳайрат ичра анграйди бемор, –
Наҳотки!? Ростми шу!?»
Хўрсинди табиб:
«Ҳар қандай касалнинг ўз давоси бор,
Қўрқманг, тузатаман йўлини топиб...»

Бирдан енгил тортди йигит,
Жилмайди.
Кўйлагин кийволди хушчақчақ, ўктам:
«Қўйинг, қанот бўлса, зарар қилмайди,
Учиш орзум эди, тўғриси, кўпдан».

Ҳаким ҳайрон бўлди,
Қолди ҳангу манг –
Тўзғиган хаёлин қийналиб жамлар:
«Парвозни унутинг!
Дунё – тору танг,
Учишга қўйгайми сизни одамлар?!»

У кетди.
Боқмади табиб раъйига,
У кетди – бошқа ҳеч кўрмади ҳаким
(Нени битган бўлса Ҳақ манглайига,
Шу ёзуқ измида йўрғалар ҳар ким).

Қанотли одамни кўрмадик биз ҳам,
Эҳтимол, халойиқ банди этгандир.
Эҳтимол, қаноти кучга кирган дам
Ўзга сайёрага учиб кетгандир...

2017

@n_jonuzoq
1.2K viewsShoir, 13:30
Ochish/sharhlash
2023-02-22 18:28:10
"Andiz oʻsgan yerlarda..." Muallifning oʻzi oʻqigan.
1.5K viewsN.J., 15:28
Ochish/sharhlash
2023-02-22 18:00:14 ​​​​#Xotira

Ustoz Azim Suyun hayot boʻlganida bugun 75 yoshga toʻlgan boʻlar edi. Yodimda, qishlogʻimizga tashrif buyurgan shoir bilan bir dasturxonda oʻtirib qaytgan rahmatli dadam “Azim Suyun zoʻr odam ekan, mashhur shoir boʻlishiga qaramasdan juda sodda, oʻta kamtar inson ekan”, degan edi. Keyinchalik, ustoz bilan yuzma-yuz kelganimda bu taʼrifning qanchalik toʻgʻri ekaniga koʻp bor guvoh boʻldim. Oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrni, ovoziga ega boʻlgan ardoqli shoirimiz haqida batafsil yozishni koʻnglimga tugib, hozircha el ichida mashhur ashulaga aylangan bir sheʼrini eʼtiboringizga havola qilishni lozim topdim…


Andiz oʻsgan yerlarda otlar bevaqt oʻlmagʻay, 
Yaxshi boʻlsa ayollar, erlar yuzi soʻlmagʻay.

Qaysi yurtda chinakam botir ersa yigitlar, 
Oʻsha yurtning ellari yovlarga qul boʻlmagʻay.

Ot minmagan ot minsa, chopa-chopa oʻldirar, 
Bogʻ koʻrmagan bogʻ koʻrsa, payhon qilar, soʻldirar.

Hushyor boʻlgil, jon elim, elday saqla elingni, 
Yovlaringga qoʻl bersang, paymonangni toʻldirar.

Bosh kesilsa, yoronlar, sochga motam tutilmas, 
Qon qusilsa, yoronlar, ichga suvdek yutilmas.

Qay bir millat tuprogʻin toptar ekan makkor yov, 
Oʻzligin bilganlarning baxti aslo butunmas!

Argʻumoqlarga mining, gʻolib qilich yor boʻlsin!
Bu dunyoda har kimning oʻz Vatani bor boʻlsin!

-----------------------

Андиз ўсган ерларда отлар бевақт ўлмағай, 
Яхши бўлса аёллар, эрлар юзи сўлмағай.

Қайси юртда чинакам ботир эрса йигитлар, 
Ўша юртнинг эллари ёвларга қул бўлмағай.

От минмаган от минса, чопа-чопа ўлдирар, 
Боғ кўрмаган боғ кўрса, пайҳон қилар, сўлдирар.

Ҳушёр бўлгил, жон элим, элдай сақла элингни, 
Ёвларингга қўл берсанг, паймонангни тўлдирар.

Бош кесилса, ёронлар, сочга мотам тутилмас, 
Қон қусилса, ёронлар, ичга сувдек ютилмас.

Қай бир миллат тупроғин топтар экан маккор ёв, 
Ўзлигин билганларнинг бахти асло бутунмас!

Арғумоқларга мининг, ғолиб қилич ёр бўлсин!
Бу дунёда ҳар кимнинг ўз Ватани бор бўлсин!

Азим СУЮН

@n_jonuzoq
1.6K viewsShoir, edited  15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-22 07:30:19 ​​ORZU

Neki tashvishim bor – Bahor hal qilsa,
Daraxtday gullasam men ham, alqissa.
Koʻnglimni mogʻordan tozalasam, soʻng
Undan rayhon-yalpiz isi anqisa!

----------------------

ОРЗУ

Неки ташвишим бор – Баҳор ҳал қилса,
Дарахтдай гулласам мен ҳам, алқисса.
Кўнглимни моғордан тозаласам, сўнг
Ундан райҳон-ялпиз иси анқиса! 

@n_jonuzoq
1.5K viewsShoir, 04:30
Ochish/sharhlash
2023-02-21 15:14:54 Assalomu alaykum!

Qishning so'nggi kunlarida qor haqida o'tli she'r!

Nodir Jonuzoq

@sitorabonu_audiolar
1.4K viewsN.J., 12:14
Ochish/sharhlash
2023-02-20 09:45:19 ​​​​​​​​OTA

Bugun rahmatli dadam – Jonuzoq ota tavallud topgan kun. Oilamizda katta xursandchilik, shodiyona bilan nishonlanadigan bu sanani uch yildan buyon duo-yu xotiralar bilan oʻtkazyapmiz. Oʻtgan vaqt mobaynida shunga amin boʻldimki, otalar vafotidan soʻng ham bizni tark etmas ekan. Eng qiyin, murakkab pallalarda tushlarimizga kirib, bizga toʻgʻri yoʻl koʻrsatar ekan. Men ham siqilgan paytlarimda joʻmard otamning “Xafa boʻlma, hammasi oʻtib ketadi” degan ovozini goh hushimda, goh tushimda eshitdim. 
Doʻsti qadrdon, otangiz hayot boʻlsa, umri uzoq boʻlsin, yaxshi kunlaringizni koʻrib yursin. Mabodo bandalikni bajo keltirgan boʻlsa, Haq taolo oʻz rahmatiga olsin. Bugun duolaringizda jumla marhumlar qatori otamni ham yodga olsangiz, minnatdor boʻlar edim. Alloh sizdan rozi boʻlsin!



Agarchi yoningda boʻlmagay otang,
“Vafot etdi”, dema – oʻlmagay otang:
Arshning soyasidan joy tilab,  seni
Nur sari yoʻllagay – qoʻllagay otang.

Oqshomlar tushingdan moʻralaydi u,
Duolaring kutib, yoʻl qaraydi u.
Yiqilsang, tiriklar parvo qilmasa,
Qoshingga yugurib-yoʻrgʻalaydi u.

Kelgaydir hattoki besas chaqirsang,
Surʼati chaqmoqday… Garchi chaqinsan,
Yaraqlab soʻngaysan… Har dam – bir odim,
Otangga tobora sen ham yaqinsan.

Har ajin, har oq soch – bosgan qadaming,
Baqoga boshlaydi qazo-qadaring.
Oʻzga eshiklarda adashmasin, deb,
Jannat qopqasida kutgay padaring…

“Oʻtib ketdi”, dema – yoningda otang,
Har xursand, har gʻamgin oningda otang.
Borini baxsh etib zarrama-zarra,
Senga koʻchgan – jismu joningda otang…

-------------------

ОТА

Агарчи ёнингда бўлмагай отанг,
"Вафот этди", дема – ўлмагай отанг:
Аршнинг соясидан жой тилаб,  сени
Нур сари йўллагай – қўллагай отанг.

Оқшомлар тушингдан мўралайди у,
Дуоларинг кутиб, йўл қарайди у.
Йиқилсанг, тириклар парво қилмаса,
Қошингга югуриб-йўрғалайди у.

Келгайдир ҳаттоки бесас чақирсанг,
Суръати чақмоқдай… Гарчи чақинсан,
Ярақлаб сўнгайсан… Ҳар дам – бир одим,
Отангга тобора сен ҳам яқинсан.

Ҳар ажин, ҳар оқ соч – босган қадаминг,
Бақога бошлайди қазо-қадаринг.
Ўзга эшикларда адашмасин, деб,
Жаннат қопқасида кутгай падаринг…

"Ўтиб кетди", дема – ёнингда отанг,
Ҳар хурсанд, ҳар ғамгин онингда отанг.
Борини бахш этиб заррама-зарра,
Сенга кўчган – жисму жонингда отанг…

20.02.2023

@n_jonuzoq
2.3K viewsShoir, edited  06:45
Ochish/sharhlash
2023-02-19 16:00:30 “Opa-singillar” serialida ijro etilgan qoʻshiq. Nodir Jonuzoq soʻzi, Afzal Husanov musiqasi va ijrosi.
1.7K viewsN.J., 13:00
Ochish/sharhlash
2023-02-17 05:41:56 ​​#Hadis_sehri

HAQ

Dunyoga qarasang —
Zugʻum va zulm:
Qamchi oʻynatmoqda zoʻravon dastlar.
Zarbalar zanjiri uzilmas bir zum,
Oxiri ne boʻlgay — oʻylab koʻrmaslar.

Rasululloh demish: 
— Aldanmang asti,
Zolim qarzdor boʻlib qolmas oʻchkordan.
Hatto shoxi singan qoʻchqorning qasdi
Olib berilgaydir shoxli qoʻchqordan!

----------------------

ҲАҚ

Дунёга қарасанг —
Зуғум ва зулм:
Қамчи ўйнатмоқда зўравон дастлар.
Зарбалар занжири узилмас бир зум,
Охири не бўлгай — ўйлаб кўрмаслар.

Расулуллоҳ демиш: 
— Алданманг асти,
Золим қарздор бўлиб қолмас ўчкордан.
Ҳатто шохи синган қўчқорнинг қасди
Олиб берилгайдир шохли қўчқордан!

@n_jonuzoq 
3.1K viewsShoir, 02:41
Ochish/sharhlash