Get Mystery Box with random crypto!

​​#Hadis_sehri HAQ Dunyoga qarasang — Zugʻum va zulm: Qamchi | Nodir Jonuzoq | she’r va shuur

​​#Hadis_sehri

HAQ

Dunyoga qarasang —
Zugʻum va zulm:
Qamchi oʻynatmoqda zoʻravon dastlar.
Zarbalar zanjiri uzilmas bir zum,
Oxiri ne boʻlgay — oʻylab koʻrmaslar.

Rasululloh demish: 
— Aldanmang asti,
Zolim qarzdor boʻlib qolmas oʻchkordan.
Hatto shoxi singan qoʻchqorning qasdi
Olib berilgaydir shoxli qoʻchqordan!

----------------------

ҲАҚ

Дунёга қарасанг —
Зуғум ва зулм:
Қамчи ўйнатмоқда зўравон дастлар.
Зарбалар занжири узилмас бир зум,
Охири не бўлгай — ўйлаб кўрмаслар.

Расулуллоҳ демиш: 
— Алданманг асти,
Золим қарздор бўлиб қолмас ўчкордан.
Ҳатто шохи синган қўчқорнинг қасди
Олиб берилгайдир шохли қўчқордан!

@n_jonuzoq