Get Mystery Box with random crypto!

#ishtirokchi93 Yo'nalish:she'riyat Bobojonim xotiralariga M | Nilufar Ruxillayeva

#ishtirokchi93
Yo'nalish:she'riyat

Bobojonim xotiralariga

Mehringiz taftida yurar edim shod,
Bugun sog'inch meni qilmoqdaku mot
Ko'zlarim izlaydi sizni har tomon,
Diydor qiyomatga qoldi, bobojon

Maktabdan kelardim yugurib, yelib,
"Onam" der edingiz boringiz berib
Endi so'zingizga mushtoqman har on,
Sog'inib kettimku sizni , bobojon

Kim endi erkalab boshim silaydi,
Yutuqlarim ko'rib, omad tilaydi
Har bir so'zlaringiz qalbimda hamon
Bilaman, ruhingiz men-la , bobojon

Doim aytardingiz qalbdan sevinib,
"Sizlar meni borim, jonimku" ,deya
Endi shu so'zlarni topolmay sarson
Borimiz ekansiz bizni , bobojon

Ko'z o'ngimda yotardingiz bejon, bezabon,
Qalbimni o'rtadi chorasiz zamon
Sizni uyg'otishga topolmay imkon,
Chinqirib yig'ladim darddan , bobojon

Hazil-huzul qilib nabiralarga:
"Qanday boboman?!",-deb so'roqlardingiz,
"Siz super bobsiz" derdik har zamon
Quvonib dunyoga sig'may, bobojon!

Nabiralarga berib dunyocha mehr,
Sira ham qilmabsiz bizlarga qahr.
Erkalik, sho'xliklar bo'lmasa tamom,
Sira urishmagan mehribon bobom

Kelsam maqtovlar-u yutuqqa to'lib,
Peshonamdan o'pib, chindan sevinib
Quvonchdan ko'z yoshingiz to'kkan har zamon
Meni qo'llab turgan madad bobojon

Kelinlaringiz-u, o'g'illar, qizlar,
Har yon izlab sizni faryod soldilar
O'sha kun chidolmay yig'ladi osmon,
Qalblarda qoldingiz mangu, bobojon

Tobutingiz qo'lga olishgan zamon,
"Olib ketmanglar!", deb zorlanib qoldim
Kettingiz-u qalbim bo'b qoldi tamom,
Mehriga minnatlar qo'shmagan bobom

Bugun qalbda borim sochmoqchi edim,
Ko'z yoshlarim ila yozildi she'rim
Sizni ta'riflashga ojizman hamon,
Bebaho edingiz chunki ,bobojon

Qo'limni duoga ochganda har vaqt,
So'rayman Robbimdan sizga deb Jannat
Lek eslab yig'layman qolganda pinhon,
Bosolmas o'rningiz hech kim, bobojon

Siz hohlagan kunlar albat keladi,
Nomingiz jaranglab yangrab turadi.
Nabiralaringiz tolmas hech qachon,
Shu kunlar kelguncha doim, bobojon!!

Ziyodullayeva Jasmina
Termiz davlat pedagogika institutining filalogiya fakulteti , o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi, 1-kurs talabasi