Get Mystery Box with random crypto!

#ishtirokchi92 Yo'nalish:she'riyat Kimdir baxtga to'ldi bir | Nilufar Ruxillayeva

#ishtirokchi92
Yo'nalish:she'riyat

Kimdir baxtga to'ldi bir men tufayli
Kimningdir baxtiga bo'ldimmi soya.
Kimningdir suygani bo'lmasam mayli,
Allohning suygani bo'lsam kifoya.

Kimdir meni deya nafratga to'lgan
Kimlar olqishlaydi hayollarida.
Ammo ishonaman nomim joy olgan
Kimningdir eng go'zal duolarida

Balki xush kelmasman bazida sizga
Garchi bu tuyg'uni etmassiz oshkor
Lek menday kuydirgi notavon qizga
Jonini kaftida tutguvchilar bor.

Nigina Numonova
G'allaorol tumani
2-sonli kasb hunar maktabi 11-sinf õquvchisi