Get Mystery Box with random crypto!

#ishtirokchi94 Yo'nalish:She'riyat 'Vatan seni kuylayman' Du | Nilufar Ruxillayeva

#ishtirokchi94
Yo'nalish:She'riyat

"Vatan seni kuylayman"

Dunyolar tan oldi-tanidi bugun,
O'zbek madaniyat-u kalomlarini.
Qudratiga ming bor tasanno bilan
Ko'rib minorai kalonlarini.

O'zbekning tongini sog'indi kimlar,
Uxlab uyg'onmaganlar bordir bilsangiz.
Musofir kunini ko'rmaysiz sira,
Yurtimiz boriga shukur qilsangiz.

Ne kunlar o'tdi Qodiriyning boshidan
Kafansiz begona yurtlarda yotdi.
Tosh sinar ularning bergan bardoshidan
Cho'lponning she'rlari muzlarda qotdi.

Shukurki,tinch yurtning farzandlarimiz,
Bularning barchasi baxt poydevori. O'zbek quvonchiga to'sqin bo'lolmas
Hattoki Xitoyning baland devori.

Yagona e'tiqod,iymonim bilan
Eng buyuk tilakni senga tilayman.
Ilohim ko'rkingga ko'zlar tegmasin,
Madhingni yod etib,seni kuylayman!

Oripova Mexribon
Navoiy viloyati Zarafshon shahar 12-umumta'lim maktabi 8-"D"sinf o'quvchisi