Get Mystery Box with random crypto!

Сарсон - саргардон ўқитувчи! 'Assalomu alaykum yaxshimisiz, S | Muxbir1

Сарсон - саргардон ўқитувчи!

"Assalomu alaykum yaxshimisiz, Sizga Andijon viloyati Izboskan tumani 39-sonli xorijiy tillarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatining birinchi toifali ingliz tili o'qituvchisi Abdulxaqova Sayyoraxon murojaat qilmoqda.

Мen ishlayotgan ta'lim muassasa faoliyati tugatilib, Prezident agentligi ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirildi.

Yoz oylarida mexnat ta'tilimiz tugagach,barcha ishchilarga direktorimiz tomonidan Mexnat kodeksiga muvofiq ogohlantirish xati berildi, biz esa huquqlarimizdan foydalanish uchun ushbu ogohlantirish xatini 2 oylik kompensatsiyaga almashtirish maqsadida ariza yozganmiz 22.07.2022 kuni edi.

Lekin hamon tashkilot tugatish to'g'risida qaror chiqmayotgani sababli bu pul bizga to'lanmayapti, bino buzilib qayta qurilish jarayonida, yangi ishchilar qabul qilinib yangi o'quv yiliga tayyorgarlik qilishmoqda.

Eski ishchilar ish qidirish bilan band.

Iltimos, bizni qachon tugatish qilib, kompensatsiya berishlarini shu masalaga aloqador mutassaddilardan bilib bering."

@muxbir1