Get Mystery Box with random crypto!

САВОЛ: Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MI | Musayev_Sunnatillo (yurist)

САВОЛ: Xodimaning kredit qarzdorligi bor u dekretga chiqqan MIB uning dekret pulidan kredit qarzdorligi uchun dekretidan ushlab qolishi mumkinmi?

Yo’q, mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 69-moddasida undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan summalar ko’rsatilgan https://lex.uz/ru/docs/-26477.

Undiruv quyidagi pul summalariga qaratilishi mumkin emas:

mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik, shuningdek boquvchisining vafot etganligi sababli ko‘rilgan zararni to‘lash summalariga;
xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida mayib bo‘lgan (yaralangan, shikastlangan, kontuziyaga uchragan) shaxslarga va mazkur shaxslar halok bo‘lgan (vafot etgan) taqdirda ularning oila a’zolariga to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
aliment majburiyatlari bo‘yicha to‘lanadigan summalarga;
mehnat sharoiti noqulay va o‘ziga xos bo‘lgan ishlar uchun to‘lanadigan summalarga, shuningdek radiatsiya ta’siriga uchragan shaxslarga va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda to‘lanadigan summalarga;

homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan nafaqa summalariga;

dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa summalariga;
qisman haq to‘lanadigan ta’til davrida bolani parvarishlash uchun to‘lanadigan summalarga;
bola tug‘ilishi, qarindoshlar vafot etishi, nikoh tuzish munosabati bilan korxona, muassasa yoki tashkilot tomonidan to‘lanadigan summalarga;
xizmat safari, boshqa joyga ishga o‘tkazilganligi, qabul qilinganligi yoki yuborilganligi munosabati bilan to‘lanadigan summalarga;
mehnatga oid munosabatlar bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi tariqasida to‘lanadigan summalarga.

Янада кўпроқ маълумот олиш учун @Musayev_s_s

Telegram | Instagram | TikTok |