Get Mystery Box with random crypto!

Musayev blogi

Telegram kanalining logotibi musayev_blogi — Musayev blogi M
Telegram kanalining logotibi musayev_blogi — Musayev blogi
Kanal manzili: @musayev_blogi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.17K
Kanalning ta’rifi

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilgan narsalarim
- Grantlar
- IELTS
- Talabalik hayoti va
- Time management haqida bilganlarim va
- Shaxsiy fikrlar
Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun!
Murojaat: @JanobMusayev
Co-founder of @eventgouz and @grantgouz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-22 16:27:36 Yangiliklar...

Blogimda juda uzoq va chuqur tanaffus bo'ldi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam bu vaqt oralig'ida kelajagim uchun muhim ishlar bilan band edim. Ular haqida ko'p marta aytgim keldi. Lekin natija aniq bo'lmaguncha ovoza qilshni xohlamadim.

1. Magistratura va Grantlar

Ba'zilar mendan "Nimaga chetga o'qishga harakat qilmaysiz?" deb so'rab qoladi. Men esa "Harakat qilmayotganimni qayerdan bilasiz?" deb hazil aralash javob berardim. Mana va nihoyat harakatlar natijasi haqida gapirish vaqti keldi.

Ushbu vaqt oralig'ida
— DAAD, Chevening va Irlandiya Hukumati Granti (GOI-IES) kabi grantlarga hujjat topshirdim
DAAD va Cheveningda suhbat bosqichiga o'tdim
— Londonda joylashgan dunyoning 27-raqamli universiteti bo'lgan LSE ga o'qishga qabul qilindim (Chevening talabi)
— Irlandiyadagi Top 300 talikka kirgan ikki universitetga o'qishga qabul qilindim
Magistratura uchun DAAD stipendiyasi g'olibiga aylandim
— Cheveningda oxirgi bosqich o'xshamadi. Lekin xafa emasman
— Butun dunyodan 4000 ta odam hujjat topshirgan va 60 ta odam tanlab olingan Irlandiya Hukumati granti g'olibiga aylandim
— Irlandiyaga ketaman deb DAADni bekor qildim )

Xullas, buyog'iga ham hammasi yaxshi ketsa Sentabrdan Irlandiyadagi University College Cork universitetining Information Systems for Business Performance yo'nalishida o'qishni boshlayman.

2. Pocket Vocabulary

"Pocket Vocabulary"ning ilk qismlari fevral oyida test tariqasida sotuvga chiqib, qolgani ustida ishlash davom ettirilayotgan edi.

— Kitob orqasida ishlagan ajoyib jamoa tufayli kitobimni yozish boshlangandan 3 yildan ko'p vaqt o'tib va nihoyat barcha qismlarini yakunladim
— Kitoblarni avtorlik huquqi bilan himoyalab chop ettirdim
— Juda tez kunlarda kitobning barcha qismlari sotuvi boshlanishini kutib turibman

3. Karyera

O'zim dasturchi bo'lsamda bu haqida kam gapirishimni ko'pchilik sezgan. Chunki kelajagimni to'liq texnik ishda ko'rmayman. Lekin ITni yaxshi ko'raman va undan uzoqlashish niyatim yo'q. Shu sababli o'zimga shu sohadagi menejmentga oid yangi yo'nalishlarni kashf qildim.

Hozirda Product Management va unga bog'liq yo'nalishlarga qattiq qiziqib qolganman. Sohada kuchli mutaxassis bo'lishni oldimga qat'iy maqsad qilib qo'ydim.

P.S: Rasm haqida alohida post bo'ladi )

#grants #news

@musayev_blogi
1.5K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-07-22 15:56:49 Channel photo updated
12:56
Ochish/sharhlash
2022-07-22 10:36:04 Бугун мани ўйлантирадиган нарсалардан бири кўпчиликда аниқ мақсадлар йўқлигидадир. Мақсад бўлиши керак деган бизнес тренерлар айтадиган шилтаси чиққан гапни ман ҳам айтмоқчиман.
Афсуски, ҳаракат қилаверайлик, бир гап бўлар деб юрган одамларга жуда кўп гувоҳ бўляпман. Asaxiy га ёш ходимларни ишга олиш жараёнида ёки ҳатто ўз жиянларим билан суҳбатлашганда ҳам, улар ҳаётда нимани хоҳлашини билмаслигини кўп кўряпман.

Яқинда, жиянлардан бири чет элга сурмоқчиман деди. Хўп, нима учун сурмоқчисан, нима қилмоқчисан, мақсадинг нима, 10 йилдан кейин ўзингни қаерда кўрасан деган саволларим жавобсиз қолди. Бориб олай, бир гап бўлар деган нарса фақат хаёлда турибди. Кейин, муаммони янада чуқурроқ қидириб ўзи нима учун сурмоқчисан деган жойига келдик. Кўринишидан, бу ёқда ҳам аниқ бир мақсад йўқ ва четга сурса нимадир ўзгаради деб ишонади.

Бу худди Ўзбекистонда “Узкосмос” агентлигини яратилиши ва унга аниқ мақсад қўймасдан ресурс берилишига ўхшайди. Дейлик, мана бу вақтда биз космосга сунъий йўлдош учиришимиз керак деган аниқ вазифа қўйилмаса, у талаб қилинмасдан шунчаки бюджет ажратилса, Узкосмос ўзи космосга учиш учун яратилганлигини ҳатто билмаслиги мумкин. Натижада, йиллаб ресурс аниқ мақсадсиз сарфланиши мумкин.

Мақсадсизлик жиддий муаммо деган фикрга қайта-қайта ишончим ортяпти. Шу учун ҳам ҳар бир инсон қуйидаги саволларни тез-тез ўзига бериб туриши фойдали экан деб ўйлаб қолдим:

1. Мен нимага эришмоқчиман?
2. Мен 5 йилдан кейин қаерда бўлмоқчиман?
3. Нега мен буни хоҳлайман? Менинг истакларим асосида қандай мотивлар ётади?
4. Бошқалар мени қўллаб-қувватлай оладими?
5. Мақсадимга эришсам менинг қайси муаммоларим ечилади?

Жавобларни балки ёзиш керакдир.
Асосий мақсад ҳақида бир мунча вақт ўйлаб кўриш керак. Мақсадга эришса охирида нима бўлади? Одам қандай имкониятларга эга бўлади? Бундан қариндош-уруғ, жамиятга нима фойда бўлади?

Кейин ҳозирги кунга қайтиб яна иккита савол бериш керак:
6. Мақсад сари ҳаракатланиш учун бугун менга нима етишмаяпти?

7. Асосий мақсадимга эришишимга нима халақит бериши мумкин?



Мақсадсиз ҳаракат қилиш шунчаки умрни ва ота-онанинг ресурсини зое сарфлашга олиб келади. Ўқишга кирсам бир гап бўлар деган, яшашга ва контрактга ота-онанинг пулини, ўзининг 4 йил умрини сарфлаган мақсадсиз ёш якунда барибир кучли мутахассис бўлиб етишмайди. Натижада, эртага қўлида дипломи бор, лекин на билими, на савияси бор, ўз йўналишида ишламайдиган одамлар армияси яна битта одамга бойийди.

Юқоридаги саволларга уч дақиқада шошиб жавоб берган фойдасиз. Одам ич-ичидан ўйлаши, ўзини сўроққа тутиши ва мақсадларини аниқ қилиб олиши керак.

Сиз бу муаммога қанақа ечим берган бўлардингиз?

@allaevuzb
1.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-07-16 08:01:20 Hammasi sen tasavvur qilgandek bo'lavermaydi. Chunki sen har doim ham o'zing uchun eng yaxshisini tasavvur qila olmaysan.

Rejalashtirishni bu ishni biz uchun eng yaxshi tarzda qiladigan Yaratganga qo'yib beraylikda, o'zimiz shunchaki o'z ustimizda ishlashda davom etaylik...

#justthoughts

@musayev_blogi
1.4K views05:01
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:35:27 Bugun aynan shu yerdagi fikrlar hayolimdan o'tgandek bo'lgandi.

Sizning "Ismoilingiz" kim?

Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin!

http://telegra.ph/Ismoilingiz-kim-04-24

iqtiboslar

@musayev_blogi
1.7K viewsedited  03:35
Ochish/sharhlash
2022-06-30 20:18:51 Islom dinimiz bo'yicha kun quyosh botgan paytda ya'ni Shom payti almashadi. Shu sababli Payshanba kuni kechki payti muborak hisoblanadi.

Juma muborak bo'lsin, azizlar!
Doimo xayrli bo'lgan Juma muborak...

#justthoughts

@musayev_blogi
2.1K views17:18
Ochish/sharhlash
2022-06-23 08:18:22 Kommentariyada "Yoshlar shu darajada O'zbekistondan ketishga harakat qilishyapti" deb yozishdi.

Shu yerda bir narsa esimga tushib qoldi.

Kompaniya HRi (xodimlar bilan ishlash mutaxassisi) menejer oldiga kirib "Agar biz xodimlarimizni o'qitsak va ular kuchli mutaxassis bo'lib ketishni xohlab qolishsa nima qilamiz?" deb savol beribdi. Shunda menejer "Agar biz ularni o'qitmasagu ular qolishni xohlab qolishsa nima qilamiz?" degan ekan.

Xulosani o'zingiz chiqarib olaverasiz...

#justthoughts

@musayev_blogi
2.5K viewsedited  05:18
Ochish/sharhlash
2022-06-23 08:03:25 Kun yangiligi Hozirgina ushbu dastur javoblari e'lon qilindi. Kursda tayyorlanib dasturga hujjat topshirgan 12 ta talabaning barchasi dastur g'olibiga aylandi. Bundan tashqari Effort Team jamoamizdan 3 kishi ham stipendiya sohibiga aylanishdi. Jamoamizdan…
2.1K viewsedited  05:03
Ochish/sharhlash
2021-02-13 07:41:38 Uydan uzoqda o'qish yoki ishlashning bitta yaxshi tomoni bor — uyga qaytish.

Kuningiz xayrli va barakali o'tsin!

#justthoughts

Musayev blogi
174 viewsedited  04:41
Ochish/sharhlash
2021-02-10 20:18:53 Vebinarda ishtirok etgan va ishtirok eta olmay qolgan hammaga rahmat. Texnik muammolar uchun judayam hijolatdaman va uzr so'rayman.

UGRADga hujjat topshirganlar va qiziquvchilar uchun guruh ochdim. U yerda ham qo'ldan kelgancha savollarga javob berishga harakat qilaman. Lekin, u yerda ham bir biringizga yordam berishga harakat qilishingizni iltimos qilib qolardim.

Guruhga qo'shilish: https://t.me/ugrad_applicants

Vebinar haqidagi fikrlaringizni ham kutib qolaman. Hammaga ishonch va qo'llab quvvatlab turganinglar uchun katta rahmat.

#grants #UGRAD

Musayev blogi
298 views17:18
Ochish/sharhlash