Get Mystery Box with random crypto!

Musayev blogi

Telegram kanalining logotibi musayev_blogi — Musayev blogi M
Telegram kanalining logotibi musayev_blogi — Musayev blogi
Kanal manzili: @musayev_blogi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 2.17K
Kanalning ta’rifi

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilgan narsalarim
- Grantlar
- IELTS
- Talabalik hayoti va
- Time management haqida bilganlarim va
- Shaxsiy fikrlar
Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun!
Murojaat: @JanobMusayev
Co-founder of @eventgouz and @grantgouz

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-03 13:30:23 Chevening dasturi bo'yicha savollarga javoblar

1. Chevening dasturi nima?
Chevening — bu Buyuk Britaniyada magistratura bosqichida o'qish imkonini beruvchi butun dunyodagi eng nufuzli stipendiyalardan biri. Dastur orqali dunyoning eng top universitetlari bo'lgan Oxford, Cambridge, UCL, LSE kabi universitetlarda ham o'qish mumkin bo'lgani sababli uning obro'si juda baland.

2. Chevening nimalarni to'lab beradi?
— MBA yo'nalishidan tashqari barcha yo'nalishlarning to'liq kontrakt summasini. MBA uchun £18,000 gacha bo'lgan qismini
— Safar xarajatlarini
— Britaniyaga borishda va qaytishda bir martalik to'lovlar
— Viza xarajatlarini
— Britaniyadagi yashash joyingizga qarab oylik stipendiya
Qisqa qilib aytganda Chevening yutsangiz o'z yoningizdan deyarli xarajat qilmaysiz

3. 4-kursman Cheveningga topshira olamanmi?
Afsuski, Chevening Yanvar-Fevral oylarigacha bo'lgan muddatda diplomni yuklashni talab qiladi. Shu sababli 4-kursda o'qiyotganlar Cheveningga topshira olmaydi. Lekin 4-kurs bo'lsangiz ham unga hozirdan tayyorgarlik ko'rishni maslahat beramiz. Chunki grantga raqobat juda kuchli va 1-2 oy va 3-4 ta essay bilan hal bo'ladigan ish emas

4. Qaysi universitetda o'qishimiz mumkin? O'zimiz tanlaymizmi yoki ular?
Qaysi universitetda o'qishni o'zingiz tanlaysiz. Dasturga hujjat topshirish payti 3 ta universitet ko'rsatasiz va ulardan kamidan bittasidan keyingi yil 22-iyulgacha Unconditional offer (Shartsiz qabul) olishingiz kerak. Agar ololmasangiz stipendiya yutsangiz ham kuyib ketadi. Shuning uchun tanlovda ehtiyot bo'lish kerak

5. IELTS talab qilinadimi? IELTS baland bo'lsa yutish osonroq bo'ladimi?
Grant yutish uchun IELTSingiz necha ekanini umuman qizig'i yo'q. Grantga topshirishda hozir IELTS umuman so'ralmaydi. Lekin universitetga kirishda talab qilinadi (6.5-7 atrofida). Shu sababli IELTS yo'q bo'lsa yoki pastroq bo'lsa Dekabr-Yanvarlargacha yangilab olish kerak

6. Topshirsam yutish ehtimolim qanday?
Yutish qiyin. Judayam qiyin. Grant beradigan imkoniyatlarga yarasha o'z qiyinchiligi bor. Chevening qiymati faqat moliyaviy tomon bilan o'lchanmaydi. Chevening yutdingiz degani kelajakda oddiy odam bo'lib qolib ketmaslingizni aniq degani. Shunga yarasha kuchli nomzodlarni qidirishadi. Lekin yutish ehtimoli faqat harakat qilib ko'rsangizgina bor, qilmasangiz aniq 0 ga teng! Chevening yutmagan taqdiringizda ham jarayondan juda ko'p narsa o'rganishingizga kafolat bera olaman.

7. O'zingiz Chevening yutganmisiz?
Yo'q. Birinchi yil umuman o'xshamagan. Bu yil suhbat bosqichiga yetib bordim. Dunyoning top 27-universiteti bo'lgan LSEga qabul qilindim. Lekin so'nggi bosqich o'xshamadi. Shunday bo'lsa ham o'z xatolarimni qisman bo'lsa ham bilaman. Men UGRADni ham yutmaganman. Ammo ba'zi g'oliblarga ozgina bo'lsa ham foydam tekkan. Grantlar bo'yicha umumiy tajribam haqida bu yerda o'qishingiz mumkin.

Kursga qatnashsangiz grantni yutasiz deb va'da bermayman. Lekin o'zim bilgan hamma narsani o'rgataman. Qilgan xatolarimni ham aytib o'taman. Dasturda bitta odamni bo'lsa ham g'olib bo'lishiga sabab bo'lmagunimcha harakatdan to'xtamayman!

Kurs haqida to'liq ma'lumot
To'liq ma'lumot | Savollarga javoblar

Kursga ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish formasi

Qo'shimcha savollar bo'yicha
@JanobMusayev

#chevening #course

@musayev_blogi
602 views10:30
Ochish/sharhlash
2022-08-03 09:22:28 DAAD dasturi bo'yicha savollarga javoblar

1. DAAD dasturi nima?
DAAD — bu Germaniyada o'qish uchun turli xil stipendiyalar taqdim etuvchi fond deyish mumkin. Undagi stipendiyalar judayam ko'p. Bizning holatimizda aynan Germaniyada magistraturada o'qish imkonini beruvchi DAAD Study Scholarships for All Disciplines va ERP (Iqtisod va Moliya yo'nalishlari) dasturlari haqida gaplashamiz

2. DAAD nimalarni to'lab beradi?
Yuqoridagi dasturlar
— Yashash uchun oyiga 860 yevro stipendiya
— Sug'urta xarajatlari
— Safar xarajatlari
— Germaniyaga yetib borganda bir martalik qo'shimcha yordam (one-off study allowance)
— Germaniyada juda ko'p universitetlar bepul shu sababli DAAD kontrakt pulini qoplamaydi. Agar kontraktli o'qish tanlasangiz uni o'zingiz qoplashingiz kerak bo'ladi

3. 4-kursman DAADga topshira olamanmi?
Ha. Bitiruvchi kurslar DAADga topshirishi mumkin

4. Qaysi universitetda o'qishimiz mumkin? O'zimiz tanlaymizmi yoki ular?
Qaysi universitetda o'qishni o'zingiz tanlaysiz. 3 yoki 5 tagacha tanlovni hujjat topshirish payti ko'rsatasiz. Bu yilgi g'oliblar ichida Germaniyaning eng nufuzli bo'lgan TUM yoki LMU ga kirganlar ham bo'ldi.

5. DAAD uchun nemis tilini bilish shartmi?
Yo'q. Shaxsan o'zim ham nemis tilini bilmayman. Ingliz tili bilan ham topshirish mumkin. Lekin nemis tilini kamida B1 darajada bilishingiz sizning universitet tanlash va stipendiya jamoasida yaxshi taassurot qoldirish imkonini berishi mumkin. Germaniyada ham yashash osonroq bo'ladi.

6. IELTS talab qilinadimi? Qanchalik rol o'ynaydi?
Grant yutish uchun til sertifikati katta rol o'ynamaydi. Lekin universitetga kirish uchun talab qilingani sababli DAADga topshirish payti ham til sertifikati (ingliz yoki nemis) ko'rsatish kerak. Agar u eskiroq yoki pastroq bo'lsa ham topshiraverish kerak va Fevralgacha almashtirib olishga harakat qilish kerak.

7. Topshirsam yutish ehtimolim qanday?
Bu kabi stipendiyalarni yutish tugul ularga topshirishning o'zi oson emas. Ancha sabr va harakat kerak. Yiliga 200 taga yaqin odam topshiradi va 8-10 ta odam oladi. Grantlar bu GreenCard yoki lotoreya emas, u yerda yutish ehtimoli degan narsa haqida gapirish noto'g'ri. Harakat qilib ko'rsangiz yutish ehtimolingiz qanchalik bilmadimku, qilmasangiz aniq 0 ga teng!

8. O'zingiz DAAD yutganmisiz?
Ha. Bu yilgi DAAD Study Scholarships for All Disciplines granti g'olibiman. Lekin Irlandiya davlatiga ham grant yutdim va u yerda o'qishni tanladim. Sababini keyinroq batafsil yozaman.

Qo'shimcha sifatida aytishim mumkinki, DAAD ga hujjat topshirish biroz murakkab va tushunishga qiyin jarayon. Birinchi yil hujjat topshirish juda qiyin bo'lgan. Kursni olsangiz grantni yutasiz demayman, lekin qiyinchliklarga ketadigan vaqtingizni tejab qolasiz!

Kurs haqida to'liq ma'lumot
To'liq ma'lumot | Savollarga javoblar

Kursga ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish formasi

Qo'shimcha savollar bo'yicha
@JanobMusayev

#daad #course

@musayev_blogi
658 viewsedited  06:22
Ochish/sharhlash
2022-08-02 11:41:35 Kurs bo'yicha savollarga javoblar

1. Sentabr/Oktabrda ham kurs o'tasizmi?
Kursdagi darslar yozib olinadi va keyinchalik qatnashmoqchi bo'lgan odamlar ulardan foydalanishi mumkin bo'ladi. Jonli qatnashmagan taqdiringizda ham doimiy tarzda savollaringizga javob va yordam olib turasiz.

2. Kursni eng kechi qachon olsam bo'ladi?
Kursni iloji boricha tezroq olishni maslahat beraman. Chunki tayyorgarlik va biz tekshirib berishimiz uchun ham vaqt qolishi kerak. Oxirgi muddat uchun chegara yo'q. Lekin dedlayndan kamida bir oy oldin olishni maslahat beraman

3. Men hali talabaman. Kursni olsam bo'ladimi?
Aslida bu kursni men ko'proq 2-3 kurslarga tavsiya qilgan bo'lardim. Chunki magistraturaga tayyorgarlik va grant yutish bu 2-3 oyda bo'lib qoladigan ish emas. Shaxsan o'zim 4 yil tayyorgarlik ko'rganman.

4. Kurs materiallaridan keyinchalik ham foydalansak bo'ladimi?
Kurs materiallari sizga doimiyga beriladi. Istalgan vaqtda qaytarib ko'rib, foydalansangiz bo'ladi. Lekin faqat o'zingiz tomoningizdan

5. Men universitetni bitirganman. Kurs menga qanchaga tushadi?
Chevening kursi - 499,000 so'm
DAAD kursi - 499,000 so'm
Ikkala kurs (40% + 25% chegirma bilan) - 599,000 so'm

6. Men 4-kursman. Kurs menga qanchaga tushadi?
Siz bu yil DAADga topshira olasiz, lekin Cheveningga topshira olmaysiz. Shundan kelib chiqib:
Chevening kursi 25% chegirma bilan - 374,000 so'm
DAAD kursi chegirmasiz - 499,000 so'm
Ikkala kurs (40% + 25% chegirma bilan) - 524,000 so'm

7. Men 1/2/3 kursman. Kurs menga qanchaga tushadi?
Chevening kursi 25% chegirma bilan - 374,000 so'm
DAAD kursi chegirmasiz - 374,000 so'm
Ikkala kurs (40% + 25% chegirma bilan) - 449,000 so'm

8. To'lov qachon amalga oshirilishi kerak?
Darslar boshlanishidan oldin yoki ularga sizga berilishidan oldin

9. Yozgan xatlarimni tekshirtirmasdan faqat darslarni o'zini olsam bo'ladimi?
Ha. Bunda bitta kurs narxi 399,000 so'm. Chegirmalar amal qiladi.

10. Faqat yozgan xatlarni o'zini tekshirtirsam bo'ladimi?
Ha bo'ladi. Bitta dastur uchun xat tekshirish 199,000 so'm. 3 martagacha qayta feedback berishim mumkin. Lekin chegirmalar bu yerda amal qilmaydi!

Darslar 8-avgustdan boshlanadi. Ro'yxatga o'tishga shoshiling!

Kursga ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish formasi

Qo'shimcha savollar bo'yicha
@JanobMusayev

#course

@musayev_blogi
760 viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:14:11 Bugun 1-avgust

Bu kun shunchaki oy boshidagi sana sifatida o'tayotganligi juda quvonarli.

O'qishga kirish bu maqsad emas, shunchaki bitta qadam!

#justthoughts

@musayev_blogi
901 views07:14
Ochish/sharhlash
2022-07-30 10:30:44 Musayev blogi pinned «DAAD va Chevening mini kurslari! Magistraturani Germaniya yoki Buyuk Britaniyada grant asosida davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun GrantGO loyihasi bilan hamkorlikda DAAD va Chevening grantlari mini kurslari uchun qabul e'lon qilaman. DAAD kursi rejasi 1.…»
07:30
Ochish/sharhlash
2022-07-30 10:23:43 Grantlar tajribam haqida batafsil

Hozirgacha o'zim qanday grantlarga topshirganim va qanday natijalar bo'lgani haqida shu yerda yozib qoldiraman.

Shaxsiy tajribam
Amerikaning UGRAD dasturi yarim finalchisi / suhbat bosqichi (2019-yil)
Xitoyda bo'lib o'tgan 2 haftalik to'liq qoplanuvchi "Seeds for the Future" dasturi g'olibi. O'zbekistondan 10 ta odam olingan. (2019-yil)
Yaponiyada bo'lib o'tgan 1 haftalik to'liq qoplanuvchi "Sakura Science" dasturi g'olibi. O'zbekistondan 2 ta odam olingan.
Yaponiya fondi tomonidan tashkil qilingan JACAFA stipendiyasi alternativi. Oxirgi bosqichda 3-kurs emas, 4-kursga o'tgan bo'lganim uchun bekor bo'lgan (2019-yil)
Erasmus Mundus, DAAD (Germaniya), Chevening (Britaniya), Turkiye Burslari kabi dasturlardagi birinchi yilgi muvaffaqiyatsiz urinish (2021-yil)
Koreyaning GKS dasturi Embassy Track yarim finalchisi / suhbat bosqichi (2021-yil)
Vengriyaning Stipendium Hungaricum yarim finalchisi. Dasturni oxirgi bosqichida o'zim bekor qilganman. Vengriyada o'qish arzimaydi degan qarorga kelganim uchun (2021-yil)
Amerikaning Fulbright dasturi yarim finalchisi / suhbat bosqichi (2021-yil)
Chevening dasturi yarim finalchisi / suhbat bosqichi (2022-yil)
— Dunyoning top 27 universiteti bo'lgan LSE dan qabul (2022-yil)
DAAD stipendiyasi g'olibi (2022-yil)
— Irlandiyaning Government of Ireland stipendiyasi g'olibi. Hozirgi yakuniy tanlovim (2022-yil)

Bundan tashqari
— Telegramdagi UGRAD Applicants guruhida 3 yildan beri hujjat topshiruvchilarga yordam berib kelaman
— UGRAD dasturidan bir necha odamlarga suhbat jarayonida yordam berganman (va g'oliblar bo'lgan)
— Motivatsion xat yozish bo'yicha mini kurs tashkil qilganman. Juda muvaqqiyatli bo'lmagan bo'lsa ham qatnashuvchilar orasidan GKS, TechGirls (Polsha) va TechWomen (Amerika) grantlari g'oliblari chiqishdi
— 1 yildan ko'p vaqt davomida GrantGO loyihasini yuritib kelmoqdamiz
— GrantGO doirasida tashkil qilingan Slovakiya almashinuv dasturi kursda 100% qatnashuvchilar grant sohibi bo'lishdi. (Men mentor emas koordinator bo'lganman deyishim mumkin)

Yuqorida tashkil qilingan kursga qatnashuvchilar keyinchalik istalgan grantga mustaqil hujjat topshira oladigan darajada bo'ladi va ularga doimiy yordam berib turishga tayyorman.

Hurmat bilan,
@JanobMusayev

Kursga ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish formasi

#grants #course

@musayev_blogi
1.2K viewsedited  07:23
Ochish/sharhlash
2022-07-29 15:33:54 DAAD va Chevening mini kurslari!

Magistraturani Germaniya yoki Buyuk Britaniyada grant asosida davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun GrantGO loyihasi bilan hamkorlikda DAAD va Chevening grantlari mini kurslari uchun qabul e'lon qilaman.

DAAD kursi rejasi
1. Grantlarning turlari va ularni yutish uchun kerakli bilimlar. DAAD bilan tanishuv
2. Universitet va yo'nalish tanlash bo’yicha batafsil qo’llanma. DAAD universitetlar tanlovi hujjatini to’ldirish
3. Qo’shimcha hujjatlarni tayyorlash: CV, Transkriptlar (Baholar va Diplom), School leaving certificate va boshqalar
4. Motivatsion xat va tavsiyanoma yozishdan oldingi rejalashtirish
5. Tavsiyanoma yozish bo’yicha qo’llanma
6. Motivatsion xat yozish bo’yicha qo’llanma - Asosiy dars
7. Motivatsion xat yozish bo’yicha qo’llanma - Ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar
8. To'liq hujjat topshirish jarayoni va savol-javoblar
9. Kursdan keyin yozilgan essay/xatlar tekshirib berish
10. Intervyuga tayyorgarlik

Kurs boshlanish vaqti va formati
8-avgustdan boshlab 2-3 hafta. Onlayn.

Kurs narxi
Darslar va xat tekshirib berish - 499,000 so'm
Darslarning o'zi - 399,000 so'm
Xatning o'zini tekshirib berish - 199,000 so'm


Chevening kursi rejasi
1. Grantlarning turlari va ularni yutish uchun kerakli bilimlar. Chevening bilan tanishuv
2. Universitet tanlash bo’yicha batafsil qo’llanma.
3. Motivatsion xatlar yozishdan oldingi rejalashtirish. Umumiy ma’lumotlar va xatolar
4. Leadership essay
5. Networking essay
6. Study plan essay
7. Career plan essay
8. To'liq hujjat topshirish jarayoni. Tavsiyanoma yozish bo’yicha maslahatlar
9. Kursdan keyin yozilgan essay/xatlar tekshirib berish
10. Intervyuga tayyorgarlik

Kurs boshlanish vaqti va formati
8-avgustdan boshlab 2-3 hafta. Onlayn.

Kurs narxi
Darslar va xat tekshirib berish - 499,000 so'm
Darslarning o'zi - 399,000 so'm
Xatning o'zini tekshirib berish - 199,000 so'm

Ikkala kursga ham qatnashmoqchi bo'lganlarga 40% lik chegirma mavjud.

Kurslarga qatnashish uchun ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish formasi

Savollar bo'yicha murojaat qilish
@JanobMusayev

P.S: Grantlar bo'yicha tajribam haqida keyingi postda to'liq aytib o'taman

#daad #chevening #grants #course

@musayev_blogi
2.1K viewsedited  12:33
Ochish/sharhlash
2022-07-29 10:49:41 Dear teenagers, 15 year old girls and 17 year old boys, or "blissfully unaware youngsters" of Uzbek Gen Z

Stop romanticizing #surishkerak and living/studying abroad!

"I'm gonna get an IELTS certificate and I'm gonna live in the USA, I'm gonna study in Harvard and I'm gonna be Elon Musk"

Broo,
Wake up. Isn't it kinda weird that you're still being tricked by today's fallacious propaganda?

First things first, you don't have the slightest idea how hard it is to study and reside in another country, it is not what you see in those fancy movies on TV or YouTube. Surprisingly, life is not a Disney Cartoon, it is actually a horror film, kid. You gotta grow up.

Let me tell you why you should learn to look at things from a different angle:

1. IELTS/TOEFL/SAT/GMAT/GRE/LSAT is not a "ticket" to America.

or other countries, it is not something that can lead you from Tashkent International Airport boarding gates to U.S LAX airport. The abovementioned certificates are just a piece of paper which is mechanically required from you to show off your knowledge beyond doubt, meaning that you're eligible and competent to be accepted by a particular educational institution. So, shift your ground and don't think you're gonna study at Stanford once you got a certificate. The process is way too complex.

2. Your parents are not your piggybanks.

Do you know how costly it is to study at those prestigious universities?
Well, let's face the facts.

Uzairways flight ticket from Tashkent to New York is:
$980 = 10 mln 690ming 838 so'm.

Imagine you're a full time Harvard student and your university is located 380 kms far away from New York, well you're here.

UNIVERSITY TUITION FEE:
$54,768 = 596 mln 835 ming so'm.

RENT, UTILITIES, & FOOD:
$24,251= 264 mln 307 ming so'm.

HEALTH INSURANCE FEES:
$5,384 = 58 mln 678 ming.

BOOKS & SUPPLIES (includes HGSE Document Fee)
$980 = 10 mln.690 ming so'm.

PERSONAL EXPENSES: $4,825 = 52 mln 601 ming so'm.

TRANSPORTATION: $1,505 = 16 mln 410 ming so'm.

FEDERAL LOAN FEES (U.S. Citizens & Permanent Residents Only):
$216 = 2 mln 355 ming so'm.

TOTAL RESIDENTIAL Ed.M. STUDENT BUDGET

$92,004 = 1,002,836,516 so'm

(Kiymaysizmi, yurmaysizmi, u yoq bu yoqqa bormaysizmi undan tashqari)

If you have a private bank account in Switzerland, go ahead buddy. But can u imagine your parents working like a dog in Uzbekistan just to cover your expenses and make their ends meet?
You have no right.

That is why you can apply for numerous grants and scholarships. Yet, grants are totally competitive and it's one in a million thing to be the chosen one.

Save money from now.
Be independent,
Get a job, you big stupid.
"No, I'm too young to work"
Seriously tho?
Your peers in USA can already afford to buy their own Mustang while being a high school student. Look at yourself.

3. Skills, skills, skills.
The more the better!

If you want to get better job employments to pay your own bills in abroad, make sure you're qualified enough other than being able to speak in that foreign language. What can you do? Selling? Designing? Programming? Cooking? Singing? Creating? Learn more skills so that you won't be a babysitter or a cleaner once you get there.

4. Be aware of the culture shock!
= (U yer senga enangni uyimas)

Try to learn how to think and see the things globally, not locally, and be adaptable, try to learn how to adjust easily and effortlessly, don't say "Sharmanda" when you see random couples kissing in the middle of the streets of New York, don't say "ibbi o'lay" when you see people wearing too short, too tight, too exposing, too long, too uncomfortable for your eyes or whatever. Don't expect people answering to you politely like in Uzbekistan, be neutral, hide your emotions sometimes, don't expect natives adjusting to your personality, you are the one WHO SHOULD ADJUST, cuz you're an outsider in that society.

I think i managed to explain a few things in detail. This topic will be continued for sure.

World is not your uncle, jo'rajon.

Learn.
Earn.
Then move to wherever the hell you want.

@yupiterlik
1.4K views07:49
Ochish/sharhlash
2022-07-27 22:18:13 Eng yomon savol - bu berilmagan savol. Ayniqsa yaqin odamlar orasida...

#justthoughts

@musayev_blogi
1.2K views19:18
Ochish/sharhlash
2022-07-22 16:27:56 Yangiliklar... Blogimda juda uzoq va chuqur tanaffus bo'ldi. Qisqa qilib aytadigan bo'lsam bu vaqt oralig'ida kelajagim uchun muhim ishlar bilan band edim. Ular haqida ko'p marta aytgim keldi. Lekin natija aniq bo'lmaguncha ovoza qilshni xohlamadim. 1.…
1.6K views13:27
Ochish/sharhlash