Get Mystery Box with random crypto!

.22

Telegram kanalining logotibi muhammadali_dev — .22 2
Telegram kanalining logotibi muhammadali_dev — .22
Kanal manzili: @muhammadali_dev
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 7

2022-09-29 15:43:13
2 kun qoldi

Ta’lim grantini olish uchun 2022-yil 30-sentabrgacha:

1. Hujjatlarni IT Park universitetiga topshiring (itpu.uz)
2. Maxsus ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldiring - https://bit.ly/3LrDk80

Ta'lim granti egalari qanday tatriblar bo'yicha aniqlanadi?

– Ingliz tilini bilish darajasi
– Attestatdagi o'rtacha ball
– Motivatsion xat (faqat ingliz tilida)
– IT sohasidagi mukofotlar, yutuqlar va sertifikatlar

Natijalar 7-oktabr kuni e'lon qilinadi

Batafsil veb-saytimizda o'qing.
+998555039999

––

Осталось 2 дня

Для получения образовательного гранта вам необходимо до 30 сентября 2022 года:

1. Подать документы в IT Park Университет (itpu.uz)
2. Заполнить специальную регистрационную форму – https://bit.ly/3LrDk80

По каким критериям будут отобраны обладатели образовательного гранта?

– Уровень знания английского языка
– Средний балл в аттестате
– Мотивационное письмо (только на английском языке)
– Награды, достижения и сертификаты в сфере IT

Результаты будут объявлены 7 октября

Читайте подробнее на нашем сайте.
+998555039999
7 views12:43
Ochish/sharhlash
2022-09-29 13:10:18 Ish beruvchilarga nimalar yoqmaydi?

Kasb tanlab, unga kerakli ilmlarni egallashning oʻzi bir mashaqqat, undan soʻng esa sizni ish topishdagi qiyinchiliklar kutib turibdi. Baʼzilar sinovlar tufayli ortga chekinishadi, lekin siz ulardan boʻlmang. Bugun biz boʻlajak mutaxassislar uchun ham, ayni damda ishli bo'lganlar uchun ham yana bir foydali maʼlumotni boʻlishmoqchimiz. Xoʻsh, qani boshladik!

1. Kirishuvdan boʻlmaslik

Kirishuvchanlik jamoada muhim rol oʻynaydi. Bunday toifadagi insonlarning odatda shaxsiy hayotdagi muammolari ishga ham taʼsir oʻtkazadi. Natijada ular jamoa bilan chiqishishga qiynalishadi.

2. Yuqori oylik maosh

“Ha, mutaxassis boʻlgandan keyin toʻlaydi-da” deyishingiz mumkin, ammo, endi boshlaganlar suhbat jarayonida yuqori maosh talab qilishi ish beruvchilarni choʻchitib qoʻyadi. Yaxshi, tajribali mutaxassislarga kompaniya rahbarlari mos ravishda maosh toʻlashadi.

3. Masʼuliyatli boʻlmaslik

Dangasa boʻlishlik nafaqat ishda,balki shaxsiy hayotda ham pand berishi aniq. Shuning uchun berilgan topshiriqlarga masʼuliyat bilan yondashishingizni maslahat beramiz. Bu jamoadoshlaringizning sizga nisbatan fikrlari yaxshi tarafga oʻzgartirishga yordam beradi.

4. Qadrsizlik

Odatda endi boshlovchilar oʻzini kompaniyada keraksiz odamdek his qilishadi. Bu esa stress keltirib chiqaradi va muhitga katta taʼsir qiladi. Eng kerakli xodimlardan biri boʻlishga harakat qiling. Tartib-intizom bunda sizga yordam beradi.

5. Paxta

Ha, jamiyatimizda keng tarqalgan illatlardan biri. Albatta, lavozimini koʻtarishni istaganlar shu yoʻlni tutishadi. Lekin, oʻzi bilmagan holda dushman orttirishi hech gap emas. Ayniqsa “doʻstingiz” jamoadoshingiz boʻlsa.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube ⠀
3 views10:10
Ochish/sharhlash
2022-09-29 12:09:15
#ITPark #Course

Хотите улучшить свои знания по Data & Analytics Engineering? Тогда записывайтесь на интенсивную обучающую программу от экспертов EPAM

Здесь вы узнаете:
Как преобразовывать данные в качественную информацию
Как прокачать навыки в 4 основных направлениях: Data Quality, Data Integration, Data Visualization и Business Intelligence
Как присоединиться к комьюнити Data-специалистов в EPAM

Обучение продлится 14 недель

Тренинг начнется в ноябре 2022 года. Торопитесь, места ограничены
!

Пройти регистрацию можно по ссылке: https://epa.ms/DataAEuni

Онлайн | Английский | Бесплатно
6 views09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-29 12:09:15
#ITPark #Course

Data & Analytics Engineering bo'yicha bilimingizni oshirmoqchimisiz? Unda EPAM mutaxassislaridan intensiv o'quv dasturiga yoziling

Dasturda quyidagilarni o'rganishingiz mumkin:
Qanday qilib ma'lumotlarni sifatli axborotga aylantirish mumkin
4 ta asosiy yo'nalish bo'yicha ko'nikmalarni qanday oshirish mumkin: Data Quality, Data Integration, Data Visualization и Business Intelligence
EPAM Data-mutaxassislari hamjamiyatiga qanday qo'shilish mumkin

Kurs 14 hafta davom etadi

Trening 2022-yilning noyabr oyida boshlanadi. Shoshiling, joylar soni cheklangan!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola: https://epa.ms/DataAEuni

Onlayn | Ingliz tili | Bepul
6 views09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:46:39
Ayol-qizlar uchun Grafik dizayn kursiga qabul boshlandi!

Grafik dizaynga qiziqishi bor qadrli opa-singillarimiz uchun «Najot Ta'lim»da dizayn yo'nalishi uchun birinchi qabul boshlanganligini e'lon qilamiz.

Ushbu guruhga faqatgina 20 nafar o'quvchi qabul qilinadi. Darslar esa faqat ayol o'qituvchi tomonidan o'tiladi.

Ishonamizki, ayollar-qizlarimiz uchun tashkil qilinayotgan Grafik dizayn kursi ularga manfaatli bo'ladi.

Bundan tashqari ushbu kurs va boshqa barcha kurslar uchun ayol-qizlarimizga 10 foizli chegirma taqdim etiladi.

Siz ham grafik dizayn sohasini faqat ayol-qizlardan iborat guruhda o'rganishni istasangiz, kurs uchun hoziroq ro'yxatdan o'ting. Joylar soni chegaralangan.

Kurs uchun ro'yxatdan o'ting

Ma'muriyat bilan bog'lanish

+998788889888
6 views07:46
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:08:28
#ITPark #success_story

IT Park продолжает знакомить читателей с узбекистанскими IT-специалистами, работающими за рубежом, в рамках рубрики «ICTория успеха». Сегодняшний гость рубрики — Бобуржон Рахмонов.

Бобуржону 34 года. Он окончил Университет мировой экономики и дипломатии в 2011 году. В настоящее время он живёт во Флориде и работает в компании Centene Corporation в должности Senior Business Intelligence Data Engineer на удалённой основе. Штаб-квартира компании находится в штате Миссури.

Как он оказался за рубежом, с какими трудностями ему пришлось столкнуться и почему именно США?

Об этом и о многом другом вы узнаете в статье: https://bit.ly/3ftsr9Q
5 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:08:28
#ITPark #success_story

IT Park “ICT story” rukni ostida obunachilarni xorijda ishlayotgan o‘zbekistonlik IT-mutaxassislar bilan tanishtirishda davom etmoqda. Ruknimizning bugungi mehmoni Boburjon Rahmonov.

Boburjon 34 yoshda. 2011-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Hozirda u Floridada yashaydi va Centene Corporation kompaniyasida Senior Business Intelligence Data Engineer lavozimida masofaviy ravishda ishlaydi. Kompaniya shtab kvartirasi Missuri shtatida joylashgan.

Qanday qilib u xorijga borib qoldi, qanday qiyinchiliklarga duch keldi va nima uchun aynan AQSH?

Bu va boshqalar haqida maqolamizda bilib olishingiz mumkin: https://bit.ly/3BT4L6v
5 views07:08
Ochish/sharhlash
2022-09-29 10:07:51 2022-yilda o'rganiladigan top texnologiyalar

Axborot texnologiyalari olami kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bugun sizlar bilan 2022-yilda aktual boʻlgan va kelajakda muhim oʻrin tutadigan texnologiyalar haqida gaplashamiz.

1. Blockchain

Blokcheyn raqamli ekotizim boʻlib, uni faqat foydalanuvchilari boshqaradi. Blockchain tarmogʻi maʼlum bir boshqaruvchi va vositachiga ega emas. Bu millionlab qurilmalarni oʻz ichiga olgan markazlashmagan tizimdir. Blockchain tarmogʻi xavfsizlik, moliya, cloud (bulut), kriptovalyuta almashinuvi kabi turli sohalarda mukammal ilovalarga ega.

2. AI (Artificial Intelligence) va Machine Learning (ML)

AI — sunʼiy idrok. Boshqacha qilib aytganda, bu mashinalarni odamlar kabi fikrlash va harakat qilish jarayonidir. Sunʼiy idrok kelgusi yillarda texnologiyalar evolyutsiyasini boshlab berishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, kelgusi bir necha yil ichida texnologiyaning bozor qiymati 500 milliarddan oshadi. Masalan, siz sunʼiy intellekt yordamida insonlarga manfaatli mobil ilovangizni yaratishingiz mumkin boʻladi.

3. AR & VR

AR va VR bu virtual olamdir. Oxirgi yillarda odamlar qaysidir maʼnoda virtual olamda yashay boshlashdi. Ishonish qiyin ammo shunday. Kimdir allaqanday hayvonning rasmini millionlab dollarga pullagan boʻlsa, dunyoga mashhur brendlar oʻz mahsulotlarini internetda virtual koʻrinishda sota boshlashdi. Ilon Maskning Marsda shahar qurishini kutmay qoʻyavering, odamlar oʻzlari uchun yangi olamni topib olishdi.

4. Cybersecurity (Kiberxavfsizlik)

Insonlar uchun xavfsizlik doimo birinchi oʻrinlarda turib kelgan. Real hayotda odamlar bunga qanday ehtiyoji boʻlsa, internet tarmoqlarida ham shunday ehtiyoj sezishadi. Kiberxavfsizlik — bu zararli dasturlar, xakerlik, DDoS hujumi, fishing kabi bir qator internet tahdidlaridan maʼlumotlar va foydalanuvchilarning xavfsizligi bilan shugʻullanadigan texnologik jarayon. Gohida kompaniyalarga virtual hujum uyushtirilgani, millionlab pullar oʻgʻirlangani, maxfiy hujjatlar yoʻqolgani haqida eshitib qolamiz. Mana shunday holatlar kuzatilmasligi uchun soha mutaxassislari ularga suv va havodek zarur boʻladi.

Xoʻsh, siz tanlagan kasb keltirilgan maʼlumotlar ichida mavjudmi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube ⠀
5 views07:07
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:34:14
Agar s = “Welcome” boʻlsa, qaysi kod notoʻgʻri deb hisoblanadi?
При s = “Welcome”, какой код будет считаться неверным? (Python)
Anonymous Quiz
0%
print s[0]
0%
print s.lower()
50%
s[1] = 'r'
50%
print s.strip()
2 voters6 views05:34
Ochish/sharhlash
2022-09-29 08:34:14 #test #тест
6 views05:34
Ochish/sharhlash