Get Mystery Box with random crypto!

Ish beruvchilarga nimalar yoqmaydi? Kasb tanlab, unga kerakli | .22

Ish beruvchilarga nimalar yoqmaydi?

Kasb tanlab, unga kerakli ilmlarni egallashning oʻzi bir mashaqqat, undan soʻng esa sizni ish topishdagi qiyinchiliklar kutib turibdi. Baʼzilar sinovlar tufayli ortga chekinishadi, lekin siz ulardan boʻlmang. Bugun biz boʻlajak mutaxassislar uchun ham, ayni damda ishli bo'lganlar uchun ham yana bir foydali maʼlumotni boʻlishmoqchimiz. Xoʻsh, qani boshladik!

1. Kirishuvdan boʻlmaslik

Kirishuvchanlik jamoada muhim rol oʻynaydi. Bunday toifadagi insonlarning odatda shaxsiy hayotdagi muammolari ishga ham taʼsir oʻtkazadi. Natijada ular jamoa bilan chiqishishga qiynalishadi.

2. Yuqori oylik maosh

“Ha, mutaxassis boʻlgandan keyin toʻlaydi-da” deyishingiz mumkin, ammo, endi boshlaganlar suhbat jarayonida yuqori maosh talab qilishi ish beruvchilarni choʻchitib qoʻyadi. Yaxshi, tajribali mutaxassislarga kompaniya rahbarlari mos ravishda maosh toʻlashadi.

3. Masʼuliyatli boʻlmaslik

Dangasa boʻlishlik nafaqat ishda,balki shaxsiy hayotda ham pand berishi aniq. Shuning uchun berilgan topshiriqlarga masʼuliyat bilan yondashishingizni maslahat beramiz. Bu jamoadoshlaringizning sizga nisbatan fikrlari yaxshi tarafga oʻzgartirishga yordam beradi.

4. Qadrsizlik

Odatda endi boshlovchilar oʻzini kompaniyada keraksiz odamdek his qilishadi. Bu esa stress keltirib chiqaradi va muhitga katta taʼsir qiladi. Eng kerakli xodimlardan biri boʻlishga harakat qiling. Tartib-intizom bunda sizga yordam beradi.

5. Paxta

Ha, jamiyatimizda keng tarqalgan illatlardan biri. Albatta, lavozimini koʻtarishni istaganlar shu yoʻlni tutishadi. Lekin, oʻzi bilmagan holda dushman orttirishi hech gap emas. Ayniqsa “doʻstingiz” jamoadoshingiz boʻlsa.

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube ⠀