Get Mystery Box with random crypto!

2022-yilda o'rganiladigan top texnologiyalar Axborot texnolog | .22

2022-yilda o'rganiladigan top texnologiyalar

Axborot texnologiyalari olami kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bugun sizlar bilan 2022-yilda aktual boʻlgan va kelajakda muhim oʻrin tutadigan texnologiyalar haqida gaplashamiz.

1. Blockchain

Blokcheyn raqamli ekotizim boʻlib, uni faqat foydalanuvchilari boshqaradi. Blockchain tarmogʻi maʼlum bir boshqaruvchi va vositachiga ega emas. Bu millionlab qurilmalarni oʻz ichiga olgan markazlashmagan tizimdir. Blockchain tarmogʻi xavfsizlik, moliya, cloud (bulut), kriptovalyuta almashinuvi kabi turli sohalarda mukammal ilovalarga ega.

2. AI (Artificial Intelligence) va Machine Learning (ML)

AI — sunʼiy idrok. Boshqacha qilib aytganda, bu mashinalarni odamlar kabi fikrlash va harakat qilish jarayonidir. Sunʼiy idrok kelgusi yillarda texnologiyalar evolyutsiyasini boshlab berishi mumkin. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, kelgusi bir necha yil ichida texnologiyaning bozor qiymati 500 milliarddan oshadi. Masalan, siz sunʼiy intellekt yordamida insonlarga manfaatli mobil ilovangizni yaratishingiz mumkin boʻladi.

3. AR & VR

AR va VR bu virtual olamdir. Oxirgi yillarda odamlar qaysidir maʼnoda virtual olamda yashay boshlashdi. Ishonish qiyin ammo shunday. Kimdir allaqanday hayvonning rasmini millionlab dollarga pullagan boʻlsa, dunyoga mashhur brendlar oʻz mahsulotlarini internetda virtual koʻrinishda sota boshlashdi. Ilon Maskning Marsda shahar qurishini kutmay qoʻyavering, odamlar oʻzlari uchun yangi olamni topib olishdi.

4. Cybersecurity (Kiberxavfsizlik)

Insonlar uchun xavfsizlik doimo birinchi oʻrinlarda turib kelgan. Real hayotda odamlar bunga qanday ehtiyoji boʻlsa, internet tarmoqlarida ham shunday ehtiyoj sezishadi. Kiberxavfsizlik — bu zararli dasturlar, xakerlik, DDoS hujumi, fishing kabi bir qator internet tahdidlaridan maʼlumotlar va foydalanuvchilarning xavfsizligi bilan shugʻullanadigan texnologik jarayon. Gohida kompaniyalarga virtual hujum uyushtirilgani, millionlab pullar oʻgʻirlangani, maxfiy hujjatlar yoʻqolgani haqida eshitib qolamiz. Mana shunday holatlar kuzatilmasligi uchun soha mutaxassislari ularga suv va havodek zarur boʻladi.

Xoʻsh, siz tanlagan kasb keltirilgan maʼlumotlar ichida mavjudmi?

@mohirdev - kasbiy xotirjamlikka shu yerda erishiladi

Telegram | Instagram | Youtube ⠀