Get Mystery Box with random crypto!

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI

Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_ijodi — MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI M
Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_ijodi — MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI
Kanal manzili: @muhammad_yusuf_ijodi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 5.36K
Kanalning ta’rifi

Bilaman, taxminan shunday o'ylaysiz,
Shoirlar devona, tuzalmaydilar.
Shoirning sevgisi o'tkinchi deysiz,
Shoirlar odamday sevolmaydilar...
𝘔𝘶𝘩𝘢𝘮𝘮𝘢𝘥 𝘠𝘶𝘴𝘶𝘧
Guruximiz: @Muhammad_Yusuf_ijodii

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-07 11:00:33 OʻLAN

Toʻylarni hammadan ham
Boʻy qizlar xush koʻrarmish.
Bitta qiz erga tegsa,
Qirqtasi tush koʻrarmish.

Toʻyxonada kuy tinib,
Tinganida olovlar -
Qirq suluvni yigʻlatib
Ketar ekan kuyovlar...

Singillarim, yigʻlamang,
Yigʻlasangiz xafaman.
Yurtni kezib, sizlarga
Oʻzim kuyov topaman.

Oq tilaklar bor boʻlsa,
Omon boʻlsa umidlar,
Izingizga zor boʻlar
Muhammaddek yigitlar!..

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
5.1K viewsFarangizxon Muxammadaliyeva, 08:00
Ochish/sharhlash
2022-08-06 11:03:02 BIRINCHI BOʻSA

Boshqaga uylandi yigiti tushgur...
Taqdir ekan, deb qoʻyadi koʻrsa.
Qiz yigʻlaydi,
Qiz izlaydi,
Qiz dilgir,
Undan koʻngil uzolmaydi qiz esa,
Birinchi boʻsa, birinchi boʻsa...

Koʻnikasan, deydi unga odamlar,
Unutasan, deydi unga odamlar.
Koshki, koʻnikib boʻlsa,
Koshki, unutib boʻlsa,
Birinchi boʻsa, birinchi boʻsa!

Muhammad Yusuf

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
4.7K viewsFarangizxon Muxammadaliyeva, 08:03
Ochish/sharhlash
2022-07-14 11:00:02 TAVALLO

Oq yoʻrgakka oʻragansan oʻzing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan oʻzing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona boʻlib,
Kunimizga yaragansan oʻzing bizni.
Fidoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har oʻgʻloningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday oʻpib,
Yovlar yaqin yoʻlolmagay qoʻrgʻoningga.
Adoying boʻlgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
Tuzing totib, unutganlar xor boʻladi,
Koʻzlariga ikki dunyo tor boʻladi.
Shodon daming koʻrolmagan yurtfurushlar,
Bir kun bir kaft qumlogʻingga zor boʻladi.
Yoningda turgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!..
Gul koʻringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Sodda dil-u ulugʻvorlik senga xosdir.
Sevamizki, choʻllaring ham bizga jannat,
Tuprogʻing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek koʻrgaymiz seni, Oʻzbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston!

Muhammad Yusuf
T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
964 viewsFarangizxon Muxammadaliyeva, 08:00
Ochish/sharhlash
2022-07-13 10:31:01 Qo'shiq nomi: Onalar yaxshi

Muallif: Aziz Xo'ja Nur

Ijrochi : Aziz Xo'ja Nur

Sayqalchi : Shuxrat Aliyev

@Aziz_Xoja_Nur_99891_501_57_57

T.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
1.5K viewsFazliddin Murod, 07:31
Ochish/sharhlash
2022-07-12 10:52:49
#qatra

***

Муҳаббат, эй гўзал изтироб,
Кўчанг кездим сарсон, довдираб.
Юзларимга юзларинг тираб,
Кўзларимни бойлаб қўйдинг-ку!..

Муҳаммад Юсуф
@Gulijon_ijod
1.8K viewsFazliddin Murod, 07:52
Ochish/sharhlash
2022-07-09 18:16:34
Қурбон ҳайитингиз муборак бўлсин!

Аллоҳнинг раҳмати бир сизга бўлсин.
Умрингиз исломнинг нурига тўлсин.
Шукурким етказди улуғ кунларга.
Ушбу ҳайит айёми муборак бўлсин

Байрамингиз муборак бўлсин, азиз юртдошлар!

https://t.me/Muhammad_Yusuf_ijodi
2.6K viewsFazliddin Murod, 15:16
Ochish/sharhlash
2022-07-04 18:50:58 ,, ОЛТИН ҚАЛАМ" газетасининг янги сони.
3.9K viewsSayyora Ernazarova, 15:50
Ochish/sharhlash
2022-07-04 06:00:23 Xuddi senga yo'qdek keragim...
Muhammad Yusuf




#sevimli

G‘URUR
____
Hozir menga kulib qaraysan,
Beg‘amgina bosh irg‘aysan jim.
Va yo‘lingga ketaverasan,
Xuddi senga yo‘qdek keragim.
____
Malol o‘ynar, yo‘q, savol o‘ynar
Dugonangni ko‘zlarida: kim?
Bir silkinib qo‘yadi kafting,
Xuddi senga yo‘qdek keragim.
____
Qaramayman ortingdan men ham,
Tezroq bundan ketmoq tilagim.
Va sho‘ng‘iyman trolleybusga,
Xuddi menga yo‘qdek keraging...
____
Seni gohi yig‘laging kelar,
Meni esa gohida ichgim.
Shunday, shunday katta shaharda
Bizga yordam berolmas hech kim.
____

@Gulijon_ijod
3.6K viewsFazliddin Murod, 03:00
Ochish/sharhlash
2022-07-01 05:57:17
ТУШЛАРИМГА КИР

Капалакдай келиб,
Қошингга қўниб,
Кўзингга термулиб умрим ўтсайди...
Нима ҳам кўрибман мен йигит бўлиб –
Сочингни силашга қўлим етмайди.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир энди, тушларимга кир.

Товонинг ўпади ариқдаги сув,
Кўйлагинг этагин ўпади майса.
Мен-чи, бир гиёҳча бўлолмадим-ку,
Эй, кўзлари жайрон, киприги найза!
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир.

Кўчиб бораётир бу умр – карвон,
Кунларнинг бўйнида юрак қўнғироқ.
Мен сенга армону сен менга армон,
Кўнглимнинг тўрида тутар шамчироқ.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир.

Капалакдай келиб, қошингга қўниб,
Кўзингга термулиб умрим ўтсайди.
Қолдингу бағримда жонимдек бўлиб,
Сочингни силашга қўлим етмайди.
Пешонам шу экан, пешонанг шудир,
Тушимга кир жоним, тушларимга кир.

Муҳаммад Юсуф
https://t.me/Gulijon_ijod
3.8K viewsFazliddin Murod, 02:57
Ochish/sharhlash