Get Mystery Box with random crypto!

MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi — MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф M
Telegram kanalining logotibi muhammad_yusuf_hayoti_va_ijodi — MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.41K
Kanalning ta’rifi

✍ Haqiqiy Shoirning Qabri Boʼlmaydi,
Yurakka Koʻmilar Asl Shoirlar!
https://t.me/ V7H4VXxFVZkT3mlB
Bilib qoʻygan yaxshi @Ushbu_Kunda

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-02-04 21:14:56 Muhammad Yusuf Sheʼri

Mirzabek Xolmedov - Oʻzbek

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
6.1K views18:14
Ochish/sharhlash
2021-02-03 20:34:51
ALLOH GO‘ZAL

Orazi gul, husni hilol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal.
Mutloq kamol, mutloq jamol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal...
____________________________
Arsh arkida sulton o‘zi,
Beaybu benuqson o‘zi.
Poyiga cho‘k, ul Zuljalol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal...
____________________________
Diydori bir shirin umid,
Azal vujud, abad vujud.
Kimga ayon, kimga xayol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal...
____________________________
Nahri zilol, bag‘ri bahor,
Gul chehra yor, nur chehra yor.
Oromijon, oshuftahol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal...
____________________________
Tuproqqa jon etmish ato
Momo Havo, odam Ato.
Loydan odam yasar kulol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal...
____________________________
Shoir tilak-ta’bim o‘shal,
Ruhim o‘shal, Rabbim o‘shal,
Allohu akbar, ey Bilol,
Alloh go‘zal, Alloh go‘zal!..
____________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Ozodbek Nazarbekov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
7.4K viewsedited  17:34
Ochish/sharhlash
2021-02-03 20:32:17 Muhammad Yusuf Sheʼri

Ozodbek Nazarbekov - Alloh Goʻzal

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
6.1K views17:32
Ochish/sharhlash
2021-01-31 03:28:49 ***

Sevgim mening,
Kechikib kelgan, sevgim,
Mana endi bir umr oʼrtanamiz.
Sahargacha uxlamay oʼylanamiz,
Qiynalamiz…
Men senga nima devdim?
___________________________________
Doʼstu gʼanim bir ermak topolmaydi,
Bir kun bizni gapirmay yasholmaydi.
Kechikib kelgan, sevgim,
Men senga nima devdim,
Olti qitʼa endi bizni poylaydi…
___________________________________
Sevgimsanu, yoningga borolmayman,
Koʼzlaringga sogʼinib qarolmayman.
Kechikib kelgan, sevgim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Hech kimga bu koʼnglimni yorolmayman.
___________________________________
Seni unsiz erkalaydi nigohim,
Soching silab charchamaydi nigohim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Bu dunyoda mening bor-yoʼq, gunohim!..
___________________________________
Yurak yigʼlar, aytishga iymanamiz,
Biz endi bir umr qiynalamiz,
Kechalari uxlamay oʼylanamiz.
Kechikib kelgan, sevgim,
Men senga nima devdim?..
___________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Shuhrat Daryo ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
9.9K views00:28
Ochish/sharhlash
2021-01-30 23:07:25 Muhammad Yusuf Sheʼri

Shuhrat Daryo - Sevgim

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
9.0K views20:07
Ochish/sharhlash
2021-01-29 16:59:35 Assalomu alaykum hammaga

Shoirlar diqqatiga oʻzingizni ijodkor deb atasangiz marhamat sheʼrlaringizni yuboring eng yaxshi 10ta shoirning kanali #MuhammadYusufIzdoshlari nomi ostida kanalga joylanadi.

Ajab emas Muhammad Yusufga oʻxshagan Shoirlar kashf qilinsa.

Sheʼr va kanalingiz userini
yuboring Shunga https://t.me/joinchat/RGA_ptIKyZblRFNW
10.1K viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:32:40
ALDA MENI

Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi,
Nima desang men bariga ishonaman.
Qizgʻaldoqday qizlar kulib tursa, boqmay,
Suyib seni saylagan shoʻr peshonaman...
_____________________________
O, yuzlari toʻlin oydan chiroyligim,
Gohida gul, gohida tosh yurakligim.
Bu dunyoda hammadan ham kerakligim,
Alda meni aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Yerda yursam koʻrolmasin - doʻstim sotsin,
Koʻkda yursam osmonlarga toshlar otsin,
Oftob chiqsa koʻkragimga tigʻlar botsin,
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi,
Suydim, kuydim, koʻrmay qoldi koʻzim yaxshi.
Bu dunyoda senga topgan soʻzim yaxshi-
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Momohayot, mujgonlaring nimaga nam,
Menga nima dunyo agar boʻlsa bir kam!..
Kel, azizim, kel, yolgʻizim, kel xotirjam,
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Gʻiyos Boytoyev ijrosi
Abdulhay Zuhurov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
11.4K viewsedited  16:32
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:15:51 Muhammad Yusuf Sheʼri

Abdulhay Zuhurov - Alda Meni

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
10.0K views16:15
Ochish/sharhlash
2021-01-27 19:12:59 Muhammad Yusuf Sheʼri

Gʻiyos Boytoyev - Alda Meni

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
9.5K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-01-23 13:21:36
Ketgim kelar bir tomonlarga,
"Baxtli" degan joylar bormikan!?

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
13.4K views10:21
Ochish/sharhlash