Get Mystery Box with random crypto!

ALDA MENI Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi, Nima desang men b | MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

ALDA MENI

Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi,
Nima desang men bariga ishonaman.
Qizgʻaldoqday qizlar kulib tursa, boqmay,
Suyib seni saylagan shoʻr peshonaman...
_____________________________
O, yuzlari toʻlin oydan chiroyligim,
Gohida gul, gohida tosh yurakligim.
Bu dunyoda hammadan ham kerakligim,
Alda meni aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Yerda yursam koʻrolmasin - doʻstim sotsin,
Koʻkda yursam osmonlarga toshlar otsin,
Oftob chiqsa koʻkragimga tigʻlar botsin,
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi,
Suydim, kuydim, koʻrmay qoldi koʻzim yaxshi.
Bu dunyoda senga topgan soʻzim yaxshi-
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Momohayot, mujgonlaring nimaga nam,
Menga nima dunyo agar boʻlsa bir kam!..
Kel, azizim, kel, yolgʻizim, kel xotirjam,
Alda meni, aldagani oʻzim yaxshi.
____________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Gʻiyos Boytoyev ijrosi
Abdulhay Zuhurov ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi