Get Mystery Box with random crypto!

*** Sevgim mening, Kechikib kelgan, sevgim, Mana endi bir umr | MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф

***

Sevgim mening,
Kechikib kelgan, sevgim,
Mana endi bir umr oʼrtanamiz.
Sahargacha uxlamay oʼylanamiz,
Qiynalamiz…
Men senga nima devdim?
___________________________________
Doʼstu gʼanim bir ermak topolmaydi,
Bir kun bizni gapirmay yasholmaydi.
Kechikib kelgan, sevgim,
Men senga nima devdim,
Olti qitʼa endi bizni poylaydi…
___________________________________
Sevgimsanu, yoningga borolmayman,
Koʼzlaringga sogʼinib qarolmayman.
Kechikib kelgan, sevgim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Hech kimga bu koʼnglimni yorolmayman.
___________________________________
Seni unsiz erkalaydi nigohim,
Soching silab charchamaydi nigohim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Kechikib kelgan, sevgim,
Bu dunyoda mening bor-yoʼq, gunohim!..
___________________________________
Yurak yigʼlar, aytishga iymanamiz,
Biz endi bir umr qiynalamiz,
Kechalari uxlamay oʼylanamiz.
Kechikib kelgan, sevgim,
Men senga nima devdim?..
___________________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri

Shuhrat Daryo ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi