Get Mystery Box with random crypto!

Bir kattakon amaldor yigʻilishda. — Mana, oʻrtoqlar, krizisni | Mr PsixologTv

Bir kattakon amaldor yigʻilishda.
— Mana, oʻrtoqlar, krizisni boshdan oʻtkazayapmiz, bu yil goʻsht mahsulotlarining narxi oshib ketish arafasida, shunga qanday chora koʻrasizlar?

Hamma jim tursa, bir otaxon turib:
— Endi koʻproq ishlashimizga toʻgʻri keladi. Kuniga 8 soat emas 12 soat ishlaymiz.
— Yashang, otaxon. Keyingi yil sut mahsulotlarining ham narxi oshib ketsa, nima qilasizlar?

Yana hamma jim, biroz vaqt oʻtib, oʻsha otaxon turib:
— Unda 12 soat emas 16 soat ishlaymiz.
— Baraka toping, otaxon. Hamma shu otaxondek fikr qilishi kerak. Aytaylik undan keyingi yil non mahsulotlarining ham narxi oshsa, unda nima chora koʻrasizlar?

Otaxon yana turib:
— Agar shunday boʻlsa, noiloj 24 soat ishlashga majburmiz...
— Baraka toping, ota. Kechirasiz, siz oʻzi nima ish qilasiz, otaxon?
— Goʻrkovman, bolam, goʻrkov...

FAQAT ENG YAQINLARGA ULASHING

@Mr_PsixologTv