Get Mystery Box with random crypto!

#Bola_tarbiyasi Bolaga yoshligidan fikrini erkin ifodalash o' | Mr PsixologTv

#Bola_tarbiyasi

Bolaga yoshligidan fikrini erkin ifodalash o'rgatib borilgani yaxshi. Afsuski, biz farzandlarimizni ko'pincha cheklab qo'yamiz, “Jim o'tir, gapirma!”, “Ovozing­ni o'chir, kim qo'yibdi senga gapirishni?!”,

“Kattalar oldida odobsizlik qilma!” kabi dashnomlar bilan bolaning og'ziga uramiz. Shu sabab unda gapirish istagi so'nadi, dilidagi fikrlar tashqariga chiqa olmay qoladi.

Biz tarbiyani shunday olib boraylikki, farzandimiz befoyda so'zlardan tilini tiysin, muomala odobiga amal qilsin, kerakli so'zni, ko'nglidagi gaplarni ochiq ifodalay olsin.

Zero, inson kamolotida nutq ravonligi juda muhim. Gapga no'noqlik ko'p hollarda pand berib qo'yadi.

"Dildagi gaplar" kitobidan


@Mr_PsixologTv