Get Mystery Box with random crypto!

BEG’UBOR QALB🕊

Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊 B
Telegram kanalining logotibi moychechak_ifori — BEG’UBOR QALB🕊
Kanal manzili: @moychechak_ifori
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.45K
Kanalning ta’rifi

"Toza qalb, beg‘ubor yuraklar uchun qalb kechinmalari .."🌼🕊
Muallif: ✍️Oy_Nur🍀(Mohinur)
🤝 vp admin: @sahovatchi
Sizdan kelgan: @sizdan_dil_tilaklar

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2023-03-25 02:58:14 -Ramazon...Qalblarni parchalaganingiz yo’qmi, yomon gumondan saqlanyabsizmi, kechirimli bo’lishga urunyabsizmi, qo’lingizdan kelgancha ko’ngillarga gul ekyabsizmi, Shikoyatingiz insonlarga emas faqat Allohgami? Ko’nglingizni ro’zasi qabul bo’lsin!
-Ramazon...Tilingiz hech kimga ozor bergani yo’qmi, u suyaksiz tilingizdan faxsh so’zlar chiqolmay qoldimi, bu ulug‘ kunlarning shukrini ado etyabsizmi, yolğondan hazar qilyabsizmi? Tilingizning ro’zasi qabul bo’lsin!
-Ramazon...Ko’zingiz haromga nursizlandimi, nomahramlarga qaragani hayo qilyabsizmi, hamma narsadan hikmat go’zallik ko’ryabsizmi? Ko’zingizni ro’zasi qabul bo’lsin!
-Ramazon...Qulog‘ingizni harom kuy-qo’shiqlardan, g‘iybatlardan, bekorchi xunik suhbatlardan berkitib, faqat qur’on tilovatiyu Allohni eslatuvchi nasihatlar bilan uni to’ldiryabsizmi? Qulog‘ingizni ro’zasi qabul bo’lsin!
-Ramazon...Yomon amallardan qochib, xayirga yuguryabsizmi, kichik bo’lsa ham yaxshilik qilib qolishga shoshyabsizmi, harom luqmadan hazar qilyabsizmi, qul haqqidan qo’rqyabsizmi, taqvoga chanqaganingizni his qilyabsizmi, Allohning zikriga to’ymayabsizmi? Badan, aql, ruh ro’zangiz qabul bo’lsin!

#amin

@moychechak_ifori
875 views23:58
Ochish/sharhlash
2023-03-25 02:58:06
​​ Bilasizmi?
Siz judayam baxtlisiz. Yuragingiz begʻubor, tanangiz sogʻ, siz hammaga keraksiz!

Bilasizmi?
Siz judayam boysiz. Toza qalbingiz, oʻtkir zehningiz, kuchli irodangiz bor!

Yana shuniyam bilasizmi?
Siz judayam omadlisiz. Yaqinlariz yoningizda, doʻstlaringiz atrofingizda!

Lekin Siz buni bilmaysiz.
Men Sizdan omadliroqman! Chunki, meni yaqinlarim orasida SIZ borsiz!

@moychechak_ifori
870 views23:58
Ochish/sharhlash
2023-03-24 17:46:37
Roʻzadormisiz?

Bir necha yigit Ramazon oyida bir moʻysafid otaxonning odamlar koʻzidan pana joyda taom yeyayotganini koʻrib qolishibdi:
- Ie, Otaxon! Siz roʻzadormasmidingiz?

Otaxon:
- Nega? Albatta roʻzadorman. Faqat suv ichib, taom yeyapman, xolos.
Yigitlar qah-qah kulib yuborishibdi:
- Rostdanmi Otaxon?

Otaxon dedi:
• Kimsaga yomon nazar tashlamayman,
• Birovni mazax qilmayman,
• Insonlarni gʻiybat qilmayman,
• Hech kimning koʻngliga ozor yetkazmayman,
• Odamlar bilan qoʻpol muomala qilmayman,
• Birovning moliga koʻz olaytirmayman.
• Lekin... ming afsuski kasalim bor... Oshqozonim kasal. Shunga meʼdamni roʻzador qilolmayapman.

Soʻngra otaxon yigitlardan soʻradi:
- Sizlar ham roʻzadormisizlar bolalarim?

Yigitlardan biri hijolatdan boshini egib ohista ovozda javob qaytardi:
- Yoʻq! Biz faqat ovqat yemayapmiz, xolos.

Aziz qadrdonim! Siz roʻzadormisiz?
Faqat ko'z-ko'z qilish uchun emas, ro'zani chin qalbdan, ixlos ila tuting! Iltimos, avval qalbingizni poklang!

♡Oy_Nur

@moychechak_ifori
4.4K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-03-24 02:23:48
Assalomu alaykum qadrdonim!
Ramazon oyining ilk muborak Juma ayyomi qutlugʻ boʻlsin!

Alloh sizni saodatli umr,
Oilangizga tinchlik,
Qiyin damlarda chiroyli sabr bilan siylasin.

Olamlar sarvariga salovat aytishni unutmang:
Allohumma solli a'la sayyidina Muhammad

Borim sizga fido boʻlsin yo Rasululloh s.a.v ...

@moychechak_ifori
8.2K views23:23
Ochish/sharhlash
2023-03-23 03:34:52
Diqqat!!! Ramazon keldi....
Sizlardan iymon va taqvo kamarini bog‘lab olishingizni so‘rayman...

@moychechak_ifori
5.1K views00:34
Ochish/sharhlash
2023-03-23 02:58:29


Agar Alloh bu ummatni azoblashni xohlaganida edi, ularga Ramazon oyi va Ixlos surasini ato etmas edi..!

- Hazrat Ali r.a

@moychechak_ifori
4.7K views23:58
Ochish/sharhlash
2023-03-23 02:26:33
Ramazon keldi - Ramazon

Allohim bu oyni barchamizga Magʻfirat oyi, Barokat va Saodat hamda
Mehr-Oqibat oyi qilib ber

@moychechak_ifori
6.5K views23:26
Ochish/sharhlash
2023-03-22 22:34:34
​​"XUSH KELGIN DUNYOGA MOXI RAMAZON" 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir Azon, ketishing Azon, 
Tangrim Inoyati sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

O'ldirsa sendagi Sabr o'ldirsin, 
Xoli yo'q bo'lsin so'ng rangin so'ldirsin, 
Kelishing ko'zlarni yoshga to'ldirsin, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Yoqimli nishini Taqvo sanchadir, 
Ko'nglidan shaytonni ezib, yanchadir, 
Seni intiq kutgan Dillar qanchadir, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Xar kuning Jannatdan beradir darak, 
Qur'ondan Shaytonga otib zambarak, 
Laylat-ul Qadring ham bo'lib muborak, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon. 

Savobni qoldirsa "Amal" elagim, 
Robbimga Duola ochib bilagim - 
so'rayman! Sendan ham bitta tilagim - 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

Oylarning Sultoni, Afzali o'zing, 
Kelishing bir qiyin, ketishing Oson, 
Robbim Raxmatidir sening risq-ro'zing, 
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon! 

~ Majidov Abdurahmon

@moychechak_ifori
6.6K views19:34
Ochish/sharhlash
2023-03-22 22:22:13
​​Ramazon oyi iymonni yangilash, qalblarni jonlantirish, tarqoq fikrlarni Alloh tomon yoʻnaltirish, gʻaflatdagi kishini koʻzini ochish, unutadigan kishini xotirasini yaxshilash va gunohkorlarni tavba qilishi uchun qulay bir fursatdir. Barcha arRohman va arRohim sifatli Zotning eshigi oldida turib, bundan oldin otalari Odam alayhissalom aytgan quyidagi duo bilan yolvorishadi:

“Ey Robbimiz, biz oʻzimizga zulm qildik. Agar Sen bizni magʻfirat qilmasang va bizga rahm qilmasang, albatta, ziyon koʻrganlardan boʻlamiz”.

(Aʼrof surasi, 23-oyat)

@moychechak_ifori
5.3K views19:22
Ochish/sharhlash
2023-03-22 18:33:23
Assalamu alaykum va rohmatulloh! Mening yaqin insonim, men sizni Alloh uchun yaxshi ko'raman, sizga faqat yaxshilikni ravo ko'raman. Men sizni dunyo uchun yoki biron bir manfaat uchun emas, balki qalbimga yaqin va samimiy bo'lganingiz uchun yaxshi ko'raman. Alhamdulillah, Ramazon oyi kirib kelmoqda, bu oyni g'animat bilishingizni va ko'plab savobli ishlar qilib, "onadan tug'ilgandek" hamma gunohlari kechirilgan holda bu oydan chiqishingizni istayman. Tog'ri tushuning men hali siz bilan JANNATlarda ham birga bo'lishni istayman. Unutmang, siz men uchun qadrlisiz, Allohdan siz uchun "Royyan" jannatini so'rayman. Ramazonni g'animat biling qadrli insonim!...

@moychechak_ifori
8.0K viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash