2021-01-04 10:06:48
#kechikib_yozilgan_post
Men bayramlarga qarshi emasman.
Christmas (milod) diniy bayrami va new year (yangi yil) kirib kelish kuni boshqa-boshqa ekanligini ham farqiga boraman.
Ming rad qilganimiz bilan umrimizni, vaqtimizni shu yillarga qarab belgilaymiz:
- Qachon tug'ilgansan?
-199..-yilda
- O'qishni qachon bitirgansiz?
- 200..-yilda
-Necha yillik surat bu?
-10 yillik
Va hokazo...
Yer quyosh atrofida bir Marta aylanib chiqadi, biz qariymiz, vaqt o'tadi... VA hokazo...
Bizning aybimiz aralash, chala chula qadriyatlar, stereotiplar bilan tarbiyalanganimizda: dinimiz ham dunyoimiz ham chalaligida.
Bizni joynamoz ustida Allohdan emas, archa atrofida Qorbobodan tilak so'rashga o'rgatishgan.
Bizni to'g'ri ro'za tutishga emas, soat 12ga bong urganda shampan xo'plab "urra"lashga o'rgatishgan.
Bizni tahajjudga uyg'onishga emas yangi yil kechasi uxlamaslikka o'rgatishgan.
Bizni Qorqiz kiyimlariga havas bilan qarashga o'rgatishgan, ro'moldan esa qo'rqishga
Bizni Qorbobo uchun she'r yodlatishga o'rgatishgan, "Ixlos" surasini matnini bilsak ham nomini bilmaymiz.
Bizni yangi yil kechasi salyut otishga, bir nimalar bang'illatishga o'rgatishgan, Saharlar azon aytishga emas.
Qancha izlasam ham yangi yilda qiladigan "urf-odatlarimizdan" biror xayr topolmadim. (Oila, qarindosh urug' noz ne'mat to'ldirilgan dasturxon atrofida yig'ilishini aytmaganda) , aylanib o'rgulib ovqat yeyish, xurmachasiga siqqanidan ortiqcha ichib qo'ygan va gap so'zini tayini bo'lmay g'uldirayotgan erkagu-ayol, ko'chada yarim kechagacha baqir chaqir bang-bung qilib odamlar tinchini buzayotgan o'smirlar...
Biz shu kuni to'liq nafsimiz g'alabasiga qul bo'lamiz.
Biz xristianlardagi milod bayrami urf odatlari bilan yangi yil kirib kelishida qiladigan udumlarimiz farqiga bormaymiz!
Xo'p, Yangi yil odamlarga nega yoqadi?
Chunki unda rangbarang ranglar, chiroqlar, bo'yoqlar, shirinliklar, sirli qahramonlar bor. Ayniqsa, yosh bolalarni manipulyatsiya qilish uchun eng zo'r usul.
Dinimiz belgilagan ikki muborak kunda esa o'lganlar uyiga borib haqqiga tilovat qilamiz, bir yil avval o'lgan odam uchun soxta aza tutamiz. Xo'jakorsinga qiladigan hayit marosimlari ham faqat uyidan o'lik chiqqan oilalar da Xudoyi bilan o'tadi.
Biz bayram qilishni bilmaymiz!
Na o'zimiznikini, na boshqalarnikini!
Xullas, 2021-yil xayrli bo'lsin!
@MoychechagiM_Sh
5.2K viewsShahzoda Tursunboyeva, edited 07:06