Get Mystery Box with random crypto!

Butunjahon hijob kuni ​​ 2003 yildan beri har yili 1 fevral | MoychechagiM_Sh

Butunjahon hijob kuni
​​

2003 yildan beri har yili 1 fevral sanasi Butunjahon hijob kuni sifatida yodga olinadi. Nazma Xon tarafidan asos solingan ushbu kun bugun 140 ta mamlakatda nishonlanadi. Butunjahon hijob kunidan maqsad insonlarda hijob o'rash ayollarga nisbatan jabr va zulm, degan fikrni yo'qotishdan iborat. Bu kunda hijob o'rashning islomdagi ahamiyatiga ham alohida urg'u berilib, o'ranadigan aksar ayollar hijobda o'zini xo'rlangandek his qilmasliklarini insonlarga tushuntiradi. Butun dunyo bo'ylab ayollar #FreeInHijab heshtegi ostida hijobda tushgan rasmlarini ulashadilar. worldhijabday.com sayti tomonidan Facebook va Instagram da o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, ishtirokchilarning 94% qismi hijobda o'zini jabrdiyda his qilmaydi, 93% qismi esa hijobga uni hech kim majburlamaganini aytgan.
Butunjahon hijob kuni doirasida Albaniya, AQShning turli hududlari, Bangladesh, Braziliya, Kanada, Gana, Hindiston, Irlandiya, Qirg'iziston, Malayziya, Nigeriya, Pokiston, Fillipin, Shotlandiya, Janubiy Afrika, Ispaniya, Ukraina va Buyuk Britaniya kabi ko'plab mamlakatlarda tadbirlar tashkil qilinadi. Nazma Xon Anadolu turk davlat agentligiga shunday deydi: "dunyoda hijobdagi ayollar matbuot tomonidan xo'rlangan va jabrdiyda qilib ko'rsatiladigan ayni paytdagi vaziyat uchun #FreeInHijab zaruriy heshtegdir. Bu heshteg orqali ayollar o'zlarining tanlovlarini bildirib, bu bilan ommaviy noto'g'ri tasavvurlarni tarqatib yuborishga urinadilar. Shoyad mana shu bir kunlik tajriba ularning hijobga boshqa ko'z bilan qarashlariga sabab bo'lsa".

Manba: muslimaat.uz