Get Mystery Box with random crypto!

Ertak tugayapti, koʻz yoshi toʻkma, Isyon toleyingdan baxtni | MoychechagiM_Sh

Ertak tugayapti, koʻz yoshi toʻkma,
Isyon toleyingdan baxtni toʻsarmish.
Dardingni hech qaysi quduqqa aytma,
Naylik orzusida qamish oʻsarmish.

Ertak tugayapti, murod - maqsadsiz,
Hayot bu - hammasi haqiqat, tushun.
Devlar bir yumalab shahzoda emas,
Shahzoda dev boʻlib qolishi mumkin.

Ertak tugayapti, koʻzlaringni och,
Tushingni suvlarga tashlagin yuvib.
Hayotda muhimi erishmoq emas,
Yoʻqota bilmoqlik, ayrilmoq kulib.

Ertak tugayapti...

Dilora Holiqova

@MoychechagiM_Sh