Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya|Rivojlanish

Telegram kanalining logotibi motive_doza — Motivatsiya|Rivojlanish M
Telegram kanalining logotibi motive_doza — Motivatsiya|Rivojlanish
Kanal manzili: @motive_doza
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.71K
Kanalning ta’rifi

📜-ILM
🧠-TAFAKKUR ;
💡-G'OYA;
🏷-MAQSAD;
🗓-REJA;
🏃‍♂️-MEHNAT;
🏆-MUVAFFAQIYAT.

BUYUK MUVAFFAQIYATLAR KICHIK MAQSAD VA OZGINA HARAKATLARDAN BOSHLANADI.
BIZNES-HAMKORLIK: @motive_number1

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-19 20:35:16
8 ta pul oqimi

1. Oylik daromad - ish haqingiz

2. Foyda - sotib olish va sotishdan foyda

3. Foiz daromad - depozit yoki investitsiyadan foyda

4. Kapital o'sishi - aktivlaringizning puldagi qiymati oshishidan foyda

5. Dividend foyda - aksiyalardan keladigan foyda

6. Ijara foyda - mulkni ijaraga berishdan foyda

7. Royalty - birov sizning g'oyangizdan foydalangani uchun foyda

8. Qoldiq daromad - Ish tugagandan keyin ham ish haqizni olishda davom etish

Moliyada asosan 8 ta shakldagi daromad oqimi mavjud. Sizda shularning qaysilari mavjud? yoki qaysi biriga egallashni rejalashtirmoqchisiz?

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
656 viewsG'aybullo Parmonov, 17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-19 13:24:42
Muvaffaqiyatli insonlarning sirlari

1. O'ziga ishonch. Agar inson o'ziga ishonmasa, birov unga ishonishi dargumon. Boshlangan ishni oxiriga yetkazishga ishonish yarim muvaffaqiyat degani.

2. Pozitiv kayfiyat. Agar siz pozitiv kayfiyatda bo'lsangiz, atrofingizga ham magnit kabi pozitiv odamlarni to'playsiz.

3. Boshqacha ish qilish. Agar siz boshqalar erishgan marralarni zabt etmoqchi bo'lsangiz ulardek ishlang. Agar siz umuman boshqalar erisha olmagan marralarni zabt etmoqchi bo'lsangiz, hech kim qilmagan ishlarni qiling.

4. Vaqtni to'g'ri sarflang. Taym-menejmentga e'tibor qarating. Hayotida muvaffaqiyatga erishgan insonlar vaqtini to'g'ri taqsimlay oladi.

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
600 viewsManager, 10:24
Ochish/sharhlash
2022-08-18 14:48:12 Har bir boshlangan narsa oxiriga yetishi shart emas!

Tasavvur qil, bitta til o'rganishni boshlading. Boshida juda qiziq bo'ldi, kamiga sen uchun foydali deb o'ylading taxminan 1yillar shug'ullanganingdan keyin sening kelajaging uchun keraksizligini bilib qolding kamiga zerikarli tuyula boshladi.

Shu vaqtda senda ikkilanish paydo bo'la boshlaydi davom ettirish yoki to'xtatish! Foydasiz va zerikarli ekanligini bilsang ham hayolingga birinchi hayolingga keladigan fikr shuncha vaqtim va umrim ketti endi to'xtatish xato emasmi ?

Shu yerda to'xta, fikr qil va shu savolni o'zingga berib ko'r "Agar hozir shu tilni endi boshlayotgan vaqtimga qaytib qolsam 0 dan bo'lsa ham yana o'qirmidim?" Agar javob ha bo'lsa gazini bos, o'qi! Agar yo'q bo'lsa o'zing bilasan nima qilishni.

Bu barcha sohaga tushadi, bironta boshlagan va yarmiga kelib qo'ygan kitobing yoqmayaptimi? Shu savolni ber. Javobiga qarab qaroringni qabul qilaverasan. O'tmishdagi vaqting bekor ketgan bo'lsa ketsin lekin hoziring va kelajagingga bu ta'sir o'tkazmasin!

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
609 viewsManager, 11:48
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:22:52
Agar sen ularga hurmatsizlik qilishga imkoniyatlar beraversang, hech qachon seni hurmat qilishmaydi.

Kimdir seni xafa qildimi bunga oʻzing ruxsat bergansan.

Kimdir senga hurmatsizlik qildimi, bunga oʻzing koʻngansan.

Kimdir seni aldadimi, bunga oʻzing imkoniyat yaratib bergansan.

Hech kim seni ruxsatingsiz seni yuzingga tarsaki tushirmaydi.

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
642 viewsManager, 19:22
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:47:36 Hoziroq boshlashingiz zarur bo'lgan 34 ta yaxshi odat!

Har kuni bir vaqtda uxlashga yotib, bir vaqtda uyqudan uyg'onish.

Nonushta, tushlik va kechki taomlarni bir vaqtda qilish. Tanangiz sizga raxmat aytadi, mana ko'rasiz

8 soatdan kam uxlamang*

Uxlashdan avval tashqariga chiqib biroz aylaning, toza havoda yurib nafas oling.

Kuniga kamida 1500 ml suv iching

Har kuni meva, sabzavot va ko'katlardan yeyishga harakat qiling.

Har kecha bir stakan qatiq iching.

Oyoqlaringizni sovuq suvda yuving, bu ham o'ziga hos dam oldirtiradi.

Internetda o'tirishingiz Kun davomida bir soatdan ortib ketmasligiga harakat qiling.

Tabiiy ingredientlarning yuzga niqob qiling

Yoz paytidagi har bir holatingizni sur'atga olib qo'yishga odatlaning

Ertalab yugurishga chiqing.

Bir halqani sotib olib, kuniga 15 daqiqa mashq qiling. (Обрич)

Tabassum qiling.

Har kuni kamida 5 ta chet tilidan so'z yodlang.

Har kuni xonangizni tozalang, keraksiz narsalarni tashlab, sevimli o'simliklaringizni sug'oring.

Yuzni muzlatilgan romashka dekompoziyasi bilan masaj qiling.

Tez tayyor bo'ladigan (Fast food, gamburger, hotdog, shaurma) lardan darhol vos keching!

Ertalab mashqlarni bajaring

Har kuni yangi narsalarni o'rganing

O'qing. Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob o'qing

Ota-onangiz oldida bir soat vaqt o'tkazing. Uy ishlarida yordam bering, ularning muammolarini o'rganing, hal qilib berishga harakat qiling.

Odamlarga yaxshi gaplar gapiring va ularni maqtab turing.

So'kinish va parazitar so'zlarni so'zlamang. Umumiy holda, nutqingizga e'tibor qiling

Har kuni bir oz yaxshilik qiling.

O'zingiz uchun g'amxo'rlik qiling - yuz uchun bug', piling tanangizni yumshatuvchi kremlar bilan parvarish qiling.

Kosmetikadan voz keching yoki tonna kosmetikadan. Hech bo'lmaganda yozda, yuzingiz nafas olishiga qo'yib bering.

Sizga yoqadigan she'rlarni tanlab, chiroyli o'qib yuring.

To'g'ri yuring. Sizning umurtqangizga e'tibor qiling

Har xil yomon odatlardan voz keching.

Bir oy davomida vegetarianlarga hos ovqatlanishga harakat qiling. To'satdan yoqib qolar?

Yutuqlaringiz haqida kundalikka qayd qilib boring

Pulingizni ekonom qilishni o'rganing.

Faqat yaxshi narsalar haqida o'ylang - hamma narsa albatta amalga oshadi!

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
593 viewsManager, 11:47
Ochish/sharhlash
2022-08-17 05:55:18 1.Sen o'zgalarni tushunishing, kichik narsalarni esda saqlashing, va'dalaringa vafo qilishing mumkin, lekin birgina ikkiyuzlamachilik bilan senga bo'lgan barcha ishonchni yo'qotishing aniq.

2.Samimiylik - haqiqatni so'zlash ya'ni so'zlarimizning real hayotga to'g'ri kelishi. To'grilik esa real hayotni so'zlarimizga moslashtirishimizdir( va'dalarni bajarishimiz, so'zimiz va amalimizning birligi).

3.O'zi hozir bo'lmagan kishini himoya qilsangiz, hozir bo'lganlarning ishonchini qozonasiz.

4.Sen bilan yaqinroq bo'lish uchun unga ishonib aytilgan gapni senga aytayotgan insondan uzoqroq yur. U sening ham sirlaringni albatta yangi tanishlari bilan baham ko'radi.

5.Doim samimiy va to'g'ri bo'l. Eng muhimi bu jabhalarda qat'iyatli bo'l. Chunki boshida seni tanqid qiluvchilar va senga qarshi chiquvchilar anchagina topiladi. Chunki ko'pchilik qo'shilayotgan xato fikrga qarshi samimiy bo'lish katta jur'at talab qiladi va ularning soni juda kam bo'ladi. Lekin uzoq muddatli munosabatlarda bu jabha senga ommaning ishonchini beradi.

6. Ishonchli bo'lish - sevimli bo'lishdan ko'ra yaxshiroqdir. Menimcha, uzoq muddatli munosabatlarda ishonchli bo'lish bu sevimli bo'lish ham deganidir.

7. 99 kishining yuragiga kalit yuzinchi - eng ko'p sabrimizni sinaydigan kishiga bo'lgan munosabatimizdadir.

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
611 viewsManager, 02:55
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:52:17 Aslida hammasi sen o'ylaganingdek emas

Senga dars vaqti baqirayotgan o'qituvching aslida seni yomon ko'rmaydi. Shunchaki sen uning barcha alamlari bo'g'ziga qadalgan vaqtiga to'g'ri kelib qolding.( Yoki sendan oldin 10marotaba berilgan savolni 11marta bergansan)

Ota-onang seni yomon ko'rishmaydi. Doimiy baqirish va urshishlarning sababi esa oddiy. Shunchaki ular farzandini to'g'ri yo'nalishga yo'naltirishning eng yaxshi usuli shu deb bilishadi.

Sening qong'iroqlaringga javob bermayotgan inson seni eshitishni xohlamayotganidan ko'tarmayotgani yo'q. Aslida senga qulay bo'lgan vaqt unga noqulay bo'layotgan bo'lishi mumkin.

Senga har kuni kulib salom beradigan ishxonangdagi qiz seni yaxshi ko'rib qolmagan. Aslida u hammaga xuddi shunday xushmomila)

Biz doim har bir voqeadan o'zimiz tomondan qarab, bizga qulay xulosalarni olishga o'rganib qolganmiz. Lekin bu dunyo tasodiflarga to'la.Aslida bu post ham senga atalmagan. Aslida hammasi boshqacha)

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
689 viewsG'aybullo Parmonov, 18:52
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:02:34 https://t.me/ielts_practic1
668 viewsG'aybullo Parmonov, 18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-15 21:02:34 https://t.me/ielts_practic1
661 viewsG'aybullo Parmonov, 18:02
Ochish/sharhlash
2022-08-14 19:18:37 Hayotingizni yaxshilashning 10ta yo'li:

1. O'zingizni boshqalar bilan solishtirmang;

2. Mag‘lubiyatga imkoniyat sifatida qarang;

3. Ko'proq kitob o'qing ;

4. Ishlarni ertangiga qoldirishni to'xtating;

5. Yaxshi yangi odatlar orttiring;

6. To'g'ri ovqatlaning;

7. G'iybat qilmang;

8. Ibodatda bo'ling;

9. Mukammal emasligingizni qabul qiling;

10. Muhim narsalarga ko'proq vaqt ajrating.

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!
734 viewsManager, 16:18
Ochish/sharhlash