Get Mystery Box with random crypto!

Mendan - tolibi ilmlarga... Talab ustozdan, shijoat sendan! | Motivatsiya|Rivojlanish

Mendan - tolibi ilmlarga...


Talab ustozdan, shijoat sendan!

Qattiqqo‘llik ustozdan, tartib sendan!

Yo‘nalish ustozdan, intilish sendan!

O‘rgatuvchi 100% ilmli bo‘lsa ham, u ilmni sening qo‘lingga tutib qo‘yolmaydi. Mashaqqat chekasan, yig‘laysan, bu yo‘lda o‘zingni ba‘zan ustozingni yomon ko‘rasan.

Qat‘iyatli bo‘lmas ekansan, dunyo olimlari to‘planib senga ilm bersa ham sen ilmdan zarracha bahramand bo‘lolmaysan!

Mashaqqatlar o'tkinchiligi va albatta bularning natijasi go'zal, bardavom bo'lishini unutma!

Qat'iyatli bo'l. Reja bilan qadam bos. Allohdan jiddu-jahd bilan duo qilib so'ra. Sabrli bo'l.

Erishmaguncha shu yo‘lda sudralsang ham, tizzalaring shilinsa ham ortga qaytma!

Aslo qaytma...

@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!