Get Mystery Box with random crypto!

Kuchli bo'l. 1. Doim kuchli bo'l. O'zingni doim shijoatli va | Motivatsiya|Rivojlanish

Kuchli bo'l.

1. Doim kuchli bo'l. O'zingni doim shijoatli va 'energetic' ko'rsat. Atrofingga energiya yoyilib tursin.

2. Jamiyat oldida doim kuchli bo'l. Siqilishing, sog'inchlaring, muammolaring yoki qiyinchiliklaring hech kimni qiziqtirmaydi. Ishon, qiziqtirmaydi.

3. Sening mahzunliging dushmaningni xursand qiladi, do'stlaringni mahzunlikka boshlaydi.

4. Unutma, muammolaringni, mahzunligingni yaqinlaringa aytib, birgalikda siqilsang, senga yengillik bo'lmaydi. Boshqalarni ham mahzun qilma.

5. Kuchli ko'rinishing kerak. Chunki senga suyanib turgan insonlar bir talay. Sen sinib qolsang, ular ham senga qo'shilib sinib qolishi mumkin.

6. Viqorli bo'l. O'zingni viqorli tut. Olov bo'l, yonib yur. Sening olovingdan odamlarga iliqlik taralsin.

7. Jamiyatga o'zingni kuchli taraflaringni ko'rsat. Sabringga, matonat va irodangga tan berishsin. O'zingni kuchsizligingni ko'rsatish, faqat sening ziyoningga ishlaydi.

8. Unutma, kuchli bo'l. Sengga suyanganlarga munosib suyanch bo'l.

9. Viqorli bo'l. O'zingni viqorli tut. Olov bo'l, yonib yur. Sening olovingdan odamlarga iliqlik taralsin.

10. Qadringni bil!
Har kimni o'z erkiga qo'y !
Istamasa, talab qilma. Intilmasa, yaqin borma!
Chaqirmasa, qarama.Loyiq bo'lmasa, qadrlama!
Ishonmasa, oqlama. Pisand qilmasa, nazarga ilma! Sevganni sev! Unutganni unut!
Har doim o'z-o'zinga mas'ul bo'l, o'z so'zinga javobgar bo'l.Haqdan qo'rq, lek haqiqatdan qo'rqma!
Muhimi o'zinga bog'liq bo'lgan eng so'ngi imkonni ularga ber. Va so'ngra kuzat, odamlar yo o'z obro'sini o'zlari saqlab
qoladilar va yoki o'z qadrini o'zlari yo'qotadilar!


P.S : Davom ettiradiganlar bormi?


@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!