Get Mystery Box with random crypto!

Sevgan ishingni qil. 1. O'zing sevgan ishingni qil, hech qach | Motivatsiya|Rivojlanish

Sevgan ishingni qil.

1. O'zing sevgan ishingni qil, hech qachon biror sohada ishlashga o'zingni majburlama.

2. Inson qachon o'z ishini sevib qilsa, shunda u to'g'ri kasb tanlagan bo'ladi.

3. O'z ishini sevgan inson hech qachon charchamaydi. Balki, ishlab dam oladi.

4. O'zing sevgan mashg'ulotlar bilan shug'ullan, o'zing xohlagan sohang bo'yicha o'qi. Shunda, oylik maoshingga umringni sotgan bo'lmaysan, aksincha, baxt sotib olgan bo'lasan.

5. Masalan, men loyihalarim ustida ishlash uchun dars qiladigon xonamga bir joylashib 8 soatlab o'rnimdan turmay, loyihalarim bilan bo'laman, ammo charchoq sezmayman (men kabi kordinatorlarim ham).

6. Hech qachon pulga uchma. "Bu sohada pul katta ekan", "Bu ishda ishlaganlar, mana buncha oylik olyabdikan" degan gaplarni unut.

7. Sen o'z sevgan sohangni mutaxassisi bo'l, eng yaxshisi bo'l, qaysi kasb bo'lishidan qat'iy nazar pul o'zi seni topib keladi.

8. Qaysi soha senga yoqishini bilmayabsanmi? Barcha qiziqayotgan sohalaring bo'yicha ishlab ko'r, tajriba yig'. Mazza qilib ishlagan sohangda qol.

9. Unutma, qaysi sohada ishlasang ham, qadriyatli, intizomli va tartibli mutaxassis bo'lsang, har doim senga munosib ish va maosh topiladi.


@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!