Get Mystery Box with random crypto!

Onangni qadrla! 1. Onang sen bor honaga kirsa o'rningdan tezd | Motivatsiya|Rivojlanish

Onangni qadrla!

1. Onang sen bor honaga kirsa o'rningdan tezda tur va chiroyli salom ber, buni kechiktirma. Sen go'daklik paytingda yig'laganingda, onang sut berishni kechiktirmagan.

2. Go'zal salom berganingdan so'ng avval qo'lini, keyin ikki yuzidan o'p. Zero, bu qo'llar sen uchun mehnat qilib zahmat chekgan, bu yuzlarga seni tashvishlaring tufayli ajinlar tushmoqda.

3. Mahkam quchoqla. Onaning bag'ridan-da sokinroq va hotirjamroq joy yo'q bu dunyoda. Barcha tashvishlaringni unut, bag'riga otil.

4. "Sizni yaxshi ko'raman Jannatim" degin. Onangga yaxshi ko'rishingni ko'p, juda ko'p ayt, takror-takror xursand bo'ladi. Ertaga bu armon bo'lib qolmasin.

5. "Dunyodagi eng chiroyli onasiz" degin. Eng go'zal sifatlar bilan suyuntir. Ovozlariga oshiqligingni ko'rsat, yuzlari nurli ekanlihi qayta-qayta ayt. Onang go'zal va kelishgan bo'lishni emas, yaxshi va mehribon ona bo'lishni doim xohlagan.

6. Muammolaringni ko'p aytma. Onangga tashvishlaringni ko'p aytmagin, bularni onang hal qilar balki yo'q. Ammo, seni tashvishlaring uchun Onang sendan-da ko'proq siqiladi.

7. Qur'on o'qib ber. Onang seni tilovatingni eshitganidagi quvonchini sen boshqa amal bilan bera olmaysan. Ibodat va taqvoda mustahkam bo'l va buni onang ko'rib quvonsin.

8. Yig'lat. Ha, onangni yig'lat, faqat qattiq quvonchdan yig'lasin. Sen shunday xursand qilgingki onang quvonchdan ko'z yoshlar to'ksin.

9. Iforidan to'yib-to'yib hidla, tizzalariga boshingni qo'y, qo'llarini yuzinga surt. Vafot etganida bunday iliq qo'llarni topolmaysan.

10. "Onam hali yosh" dema. O'lim yosh tanlamaydi, har kuni onang uchun boringni berib quvontir. Har daqiqasini qadrla, har soniyasini qadrla. Ertaga armon bo'lib qolmasin.


@Liderlaruzb – kanalini kuzatib boring!