Get Mystery Box with random crypto!

#mening_hikoyam Doim ketma-ket bo'ldik. Birin ketin qizlik b | ERKINLIKDA RIVOJ

#mening_hikoyam

Doim ketma-ket bo'ldik.

Birin ketin qizlik bo'ldik ikkovimiz ham.
Ikkimiz ham keservada tug'dik davlenamiz ko'tarilib ketgani uchun.

Yaqinda qaynonam ularnikiga yig'inga borib, shu yoqda yotib qoldi.
Mehmonlarni kutar kutmas kelinimiz xizmat qilishdan qochib bolasini olib xonasiga kirib ketarkan, nima bo'ldi deyishsa kasalman qayerimdir og'riyabdi debdi. Hamma ketgandan keyin qayering og'ridi ayt yoki doktorga olib boraylik desa aniq javob aytmasmush.
Shu bilan hamma uxlagan va ertalab qaynonam tursa oshxonada kechagi idishlar yuvilmasdan shundoqligicha qolgan. Jaxl qilib kelnoyimiz va kelinimizga baqiribdilar.

Endi manga kelsak
Kamina ikkiqatligimda bir oyog'im bosilmi qosayam ishlarimi qilib keyin uxlerdim. Idishlarni hecham qoldirmaganman.( 1 marta uxlab qolganman ertalab hech Kim uyg'onmasdan yuvib qo'yganman lekin bu voqea tug'ganimdan keyingi vaqtda bo'lgan)
Shunday qilib, ikkovmiz orasida yuzimga aytishmasa ham yaxshi kelin nomini oldimov.

Xo'sh endi men yutdim deb o'ylayabsizmi??

Yo'qqqq!!!

Aslida men yutqazdim.

O'zimni sevmasligimni yaqqol dalilini ko'rsatishdi. Asl oynani yuzimga tutishdi. Ko'zguga qarab turganman lekin o'zimni ko'rmasdan qaraganman.

O'zimni sevmaganimni isbotlab beraman sizga tushunarli bo'lishi uchun...

o'zimni sevmaganimdan o'zimga ishonmaganman. O'zimga ishonchim yetarli bo'lmagani uchun kimdir bilan solishtirdim o'zimni;
hammadan tasdiq kutib yutqizdim.
Doim eng yaxshi bo'lishga urindim.

Eng yaxshi farzand
Eng yaxshi opa
Eng yaxshi qarindosh
Eng yaxshi o'quvchi
Eng yaxshi sinfdosh
Eng yaxshi sirdosh
Eng yaxshi do'st
Eng yaxshi kursdosh
Eng yaxshi qo'shni
Eng yaxshi hodim
Eng yaxshi turmush o'rtoq
Eng yaxshi kelin
Eng.....
Eng.....
Eng.....


Bularni oxiri yo'q!

Hikoyamni o'qidingizmi?
Kimnidir eslatdimmi?
Shu siz emasmi???




MiRA

@Motivator_MiRA