Get Mystery Box with random crypto!

#mening_hikoyam To'y sanasi to'yga taxminan 20 kun qolganida | ERKINLIKDA RIVOJ

#mening_hikoyam

To'y sanasi to'yga taxminan 20 kun qolganida aniq qilib belgilandi va shu vaqtda bizga aytildi.

To'ydan 2 kun oldin Fotiha,
1 kun oldin mol yoyar (qiz taraf sarpo suruqlarini kuyov tarafga,o'ziga belgilangan xonasiga joylashtirib kelish)
Va to'y!
Shunaqangi tez va charchoqli bo'ldiki, hatto foto sessiyadan to'yxonaga kegunimcha uxlab qolganman.
Hayajonni yenganim bir taraf...

Xullas " hayot endi boshlandi " bo'ldi buyog'i. Endi Sizga aytishim kerak hikoyamga yo'nalishni buraman.

Erim tomondan tog'amiz ham bizdan biroz avval kelin tushurgan bo'lgan. 1 oydan keyin bizni to'y.

Tushgan oilamda 1 chi, katta kelin bo'lishimga qaramay qaynonam va ular tomondagi qarindoshlarda ikki kelinni solishtirish boshlandi. Ziyrakligimdan to'ydan ertasidan bilganman buni

Albatta u kelin mandan kichkina,
(yana bir ustun tarafimiz ulardan kattaligimiz .
Ular erimning jiyani, ERIM onasi tomondan eng katta va sevimliii, erkatoooy nevara ekan.)

Qancha qalin berilganidan,
Qancha sarpo olib kelganidan,
Qanday kelin salom qilishidan
To ishi-yuu, gap so'zgacha solishtirish boshlandi.

Ularni nazdida

Man kam gapirardim
U hamma bilan chiqishib ketadi.
Man boshqa joyi qiziman
U o'zlari tomon qizi.
Man hammaga ha yo'q deb gapirardim
U quyuq suyuq so'rashardi.
Man qarindoshlar orasida o'zimni kelindek tutardim
U o'zini qizdek turardi.

Hullas Ish ko'rsatmasdan oldin tili chaqqon, demak o'ziyam chaqqon edi go'yoo hammaga.

Davomi bor...

@Motivator_MiRA