Get Mystery Box with random crypto!

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰... [8-𝑸𝑰𝑺𝑴] Guli uxl | Moon_light__❤️

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...

[8-𝑸𝑰𝑺𝑴]

Guli uxlab qoldi. Sarvar uning qo'llarini ushlab oʻtiirardi, qizlar Gulini mazasi yoʻqligini aytdi, Sarvar yolgʻondan qoʻliga ruchka olib, kitobga qarab dars qilayotgan boʻldiyu, ammo butun hayoli Gulida edi. Shunday kunlar oʻtib, 25-may ham yaqinlashdi. Bu sevishganlar uchun ayriliq edi, chunki Gulini uydagilar juda qattiq ushlashardi, hatto dugonasi bn koʻrishishga ruhsat berilmasligini bilgan bu ikki oshiq juda qoʻrqardi. 25-may. Soʻnggi qoʻngʻiroq. Hamma bir biridan chiroyli. Guli birinchi marta salonga kirib, soch qildirib nozikkina boʻyandi, Sarvar ham oʻsha kuni juda kelishgan yigit timsolida keldi, lekin shuni aytish kerakki, Sarvar ham juda kelishgan, qoshlari qalin, oq-sariqdan kelgan yigit edi. Guli bilan juda mos edi. Ularga kimdir havas bn kimdir hasad bilan qarardi. Guli sal kechikdi, Sarvar bn bir birlarini koʻrib yana oshiq boʻlishdi, qoʻl ushlab sahnaga chiqishdi, rasmga tushishdi, bayram qilishdi. Sinfda ham bayram boʻldi, Sarvar oʻynashni uncha yoqtirmas, lekin Guli sinfdoshlari bn oxirgi marta oʻynash niyatida edi, buni Sarvarga chuntirdi, lekin Sarvar chunishni xohlamadi va oʻzing bilasan deb xonadan chiqib ketdi. Boshida Guli oʻynamadi, keyin eyyy dedida, sinfdoshlari bn maza qilib oʻynadi, Xorazmcha lazgi qoʻyildi, yigitlardan Aziz qizlardan Guli chiqdi, ular rosa oʻynashdi, Guli gʻolib boʻldi. Keyin Aziz atayin Lezginka qoʻydirib keldi va Gulini chaqirib hisobni tenglashtiramiz, dedi. Bilmadim, Guliraʼnoni oʻynolmaydi deb oʻyladimi, lekin adashdi. Guli qoʻliga dastromolcha olib lezginkagayam juda chiroyli oʻynadi. Xullas mazza qildi, Sarvar keldi, u eʼtibor bermadi Sarvarga. Keyin hamma oʻtirdi, dasturxon bezatilgan hamma yeb- ichib, oʻyin kulgi qilardi. Va siz kutgan vals ham keldi, Guli Sarvar xafa boʻlganini va vals endi boʻlmasligini bildi. Sekin xonadan chiqib ketayotgandi, Sarvar yugurib ortidan chiqdi va Gulidan kechirim soʻradi. Uni qoʻlidan tutib, valsga taklif qildi, Guli gʻalati boʻp ketdi. Chunki uning hayotidagi birinchi vals edi. Boshida xijolat boʻldi, keyin hech nimaga etibor bermay Sarvarni yelkasiga bosh qoʻygancha valsga tushdi. Sarvar Gulining qulogʻiga pichirladi: Gulim, sani sevaman. Qani har doim shunday yelkamga bosh qoʻysang, butun dunyoni unutib san bn boʻlsam, man bunuchun jonimni berardim. Boyagi uchun kechir, sani xafa qilsam, dilim ogʻriydi. Xafa boʻlma, doim kulib yur. Unday qarama, bu koʻzlar mani jinni qilib qoʻyadi....


#Davomi_bor...