Get Mystery Box with random crypto!

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰... [7-𝑸𝑰𝑺𝑴] Erta ha | Moon_light__❤️

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...


[7-𝑸𝑰𝑺𝑴]


Erta ham keldi, Guli tabiiy goʻzal qiz edi, ortiqcha boʻyanmas, lekin oʻziga qarab ozoda yurishni yaxshi koʻrardi. Guli sinfga kirdi, hamma bilan umumiy salomlashdi, dugonasi Goʻzalni qidirdi, hali kelmabti. Endi stuliga oʻtirmoqchi edi, qarasa qizil atirgul turibdi, Sarvar esa yoʻq. Gulni oldi, hidladi, hamma unga kulib qarab turardi, Guli etibor bermaslikka harakat qildi, keyin Goʻzal keldi, Guli birdan uni sinfdan tashqariga olib chiqdiyu kechagi voqealarni aytib berdi, Goʻzal juda xursand boʻldi. Qoʻngʻiroq boʻlib, qizlar sinfga kirdi, qarasa yana bir atirgul yana hamma kulib turibdi. Dars boshlandi Sarvardan darak yoʻq, Guli xavotir ola boshladi. Ustoz uni oʻqituvchilar xonasidan nazorat ishlari daftarlarini olib kelishga yubordi, kelsa yana bir atirgul. Uchinchi atirgul edi bu. Lekin kimdan? Qani Sarvar? Dars tugadi hamki Sarvar yoʻq, Guli oxiri bu gullar kimdan ekanligini soʻradi, Sarvar xonada yashirinib turibdi deb oʻyladi. Lekin Gulini oldiga qoʻlida qizil yonib turgan yurakcha bilan Mohir keldi va "Guliraʼno axir san vaʼda beruding,hech kim bn gaplashma db Iltimos qilgandim, nega uni tanlading, u man berolgan hech narsani beromidi, u sanga arzimidi, sani baxtli qlomidi, axir, tushun Iltimos undan voz kech
". Guli nima deyishini bilmadi, gullarni qaytarib berayotganida xonaga Sarvar kirib keldi, u qon topshirishga borgan ekan. Sarvar kirdiyu qarsak chalib yubordi: Demak, Mohirjon biz ketishimiz bilan siz mard boʻlibsizda, kecha oʻz quloqlaringiz bilan eshitgan gaplaringizga ishonmadingizmi, Gulimga gapirishga jurʼatingiz qanday yetdi?, dediyu Mohirga musht tushirib yubordi. Hamma qiy chuv qilib yubordi, Guli oʻrtaga tushib, Sarvarning qoʻllarini ushlab oldi, agar yana bir marta urishsangiz, siz uchun yoʻqman, dedi. Sarvar toʻxtadi, Mohir bu qolib ketmasligini aytdiyu sinfdan chiqib ketdi. Guliraʼno jimgina stuliga oʻtirib, indamay qoldi. Sarvar xato ish qilganini, Gulini iltimosini- Mani db hech qachon sinfdoshlarimiz bilan urishmang, degan iltimosini unutib qoʻyganini bildi. Gulini yoniga bormoqchi edi, Guli kelmang degandek qoʻli bilan ishora qildi. Guli bilardi, endi bu gap sinf rahbarga yetib boradi, ular esa ota-onasiga yetkazishadi, keyin Gulini holi maʼlum, undan ham yomoni Guli endi kim boʻldi bu gap endi butun maktabga tarqaladi, axir Gulini koʻrolmaydiganlar qancha?! Bugunni oʻzgacha oʻtishini kutgan Guliraʼno umuman boshqacha kunni oʻtkazdi. Sarvar bn umuman gaplashmadi. Darslar tugashi bn hech kimga qaramay uyga ketdi, piyoda yurib hammasini ozgina oʻylab olmoqchi boʻldiyu taksi ham tutmadi. Gulining aqli va qalbi chalkashib ketdi, u shu paytgacha qalbiga biror marta quloq solmadi, doim aql bilan ish koʻrdi, lekin Sarvarga nega qalbini tuhfa etdi. Mohir aytganidek, Sarvar muhabbatidan boshqa hech narsa berolmaydi, lekin Guliga yana nima kerak, axir u Sarvarni shuning uchun yaxshi koʻradi. Samimiy va shunchaki oddiy. Guliraʼno oʻylab oʻyiga yetolmadi. Sarvar bn orani ochiq qilmoqchi boʻldiyu, ammo yuragi umuman bunga koʻnmadi. Buyogʻi tavakkal, Ollohim oʻzingga havola dedida uyga kirdi. Bugun u hech nima qilmadi, na ovqat, na uy ishlari, koʻngli huvillab qolganday yigʻlab yotib uxlab qoldi. Bilasizmi, Guliraʼno hech qachon oʻzini erkin his qilmagan, sevgani uchun oʻzini doim aybdor hisoblagan, doim qoʻrqib yashagan, adolatni yaxshi koʻruvchi bu qizaloq faqat qafasda bir gul misol oʻsayotgandi, hozir bir bulbul uning qoshida har kun sayramoqda, lekin u bulbulni tutib olishsa, bu bechora gul bu beozor bulbul navosidan ham mahrum boʻladi.
Shunday qilib Guli qalbiga quloq soldi, va Sarvar bn haqiqiy juftlikka aylandi, lekin Guli hech qachon chegarani buzmadi, oʻz masofasini saqladi. Bir kun Gulini boshi ogʻridi, partaga bosh qoʻygancha yotib qoldi
Bir vaqt uning qoʻllari yana bir qaynoq qoʻllar taftini sezdi, u Sarvarning qoʻllari edi: Gulim, nima boʻldi yaxshimisan, biror narsa kerakmi dori olib kelaymi? Guli gapirolmadi, har safar Sarvarning qoʻllarini qaytarardi, bu safar u qoʻllarni mahkam siqdida: Ozgina shu yerda oʻtiring dedi.

#Davomi_bor.