Get Mystery Box with random crypto!

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰... [9-𝑸𝑰𝑺𝑴] 25-may juda ajoyib | Moon_light__❤️

𝑶𝑸𝑸𝑼𝑺𝑯 𝑯𝑰𝑲𝑶𝒀𝑨𝑺𝑰...


[9-𝑸𝑰𝑺𝑴]

25-may juda ajoyib oʻtdi. Davlat imtihonlari ham birin ketin oʻtib ketdi. Oxirgi imtihon esa Guliraʼno va Sarvarning deyarli soʻnngi uchrashuvi boʻldi. Guli xayrlashishni yomon koʻrardi, shuning uchun Sarvar bn xuddi ertaga koʻrishadigandek gaplashib uyga ketdi. Hammaga maʼlum, 9-sinf bitiruv oqshomi ham belgilandi. Lekin Gulining bormasligi aniq edi, sababi tanlangan restoran Guliraʼnoning dadasining yomon koʻradigan restorani, ham kechqurun boʻlishi. Guli oʻsha kuni chiroyli kiyindi, oʻziga oro berdi, dadasi bn fastfoodga bordi, ruxsat olish niyati bor edi, lekin dadasi qattiq tayinladi: Guli qizim, hozir man ketadigan joyim bir, agar mani qizim boʻlsang, ofisga kir va hech qayerga chiqma. Bilaman sinfdoshlaringni sani olib ketgani keladi, ammo san bormisan, dediyu ketdi. Guli tamom boʻldi. Goʻzalga telefon qilib kelishlari foydasiz ekanini, shu birgina oqshomni deb otasi undan voz kechib yuborishini aytdi. Goʻzal xafa boʻldi. Albatta bu xabar Sarvarga ham yetib bordi. Uyerda oqshom boshlangan, buyerda Guliraʼno ofisga qamalgancha yigʻlab oʻtirardi. Bir payt Sarvar telefon qildi, Guli yoshlarini artib sekin goʻshakni koʻtardi.
-Mani Gulim, qani. Yuzlarini, koʻzlarini bir koʻray, nahot uni koʻrolmasam?!
- Kechiring,ammo ilojim yoʻq, dadam ruxsat bermadilar, bemalol xavotir olmay, maza qilib bayram qiling, axir sinfdoshlar bn soʻnggi bayram bu
- Gulim, sani bir koʻray
-Axir aytdimku, maniyam tushuning...
- Gulim hech boʻlmasa, shu ofis eshigini och va tashqariga bir qaragin Iltimos...

Guliraʼno sakrab turib, eshikni ochdi. Ofis toʻgʻrisidagi stolda Sarvar goʻyo mijoz boʻlib oʻtirardi. Yuragi yashnab, koʻzlari porlab ketdi. Sarvar telefon qildi: Ha Gulim, koʻzlaring shunday goʻzalmidi yoki chiroqning nuri tushyabdimi ularga. Guli yigʻlab yubordi, Sarvarni koʻrmaganiga 10kun boʻlgandi, juda sogʻingandi.
- Gulim yigʻlama, axir sani koʻrgani keldimku
- Sogʻindim
- Voy, mana haqiqiy sovgʻa. Gulimdan ham shunday soʻzlar eshitar kunim bor ekanku, shunday sogʻintirib tursam boʻlarkana
- Boriney...
Guli ofisga kelayotgan akasini koʻrdiyu, oʻzini tartibga solib, goʻyo televizor koʻrayotgandek divanga oʻtirib oldi. Akasi kelib hol- ahvol soʻragan boʻldiyu ketdi. Guli Sarvarni bir amallab joʻnatib yubordi, oʻzi esa alamidan rosa yigʻladi. Shunday qilib bu kunlar ham oʻtdi, ular koʻrisholmay qolishdi, sababi yoz taʼtili boshlangan, Gulining ukasi doim u bilan uyda birga edi, telefon suhbatlari ham kamayib ketdi. Bu orada Gulining qarindosh opachasining toʻyi belgilanib, ular Samarqandga toʻyga ketishdi, toʻyda sal boʻlsa ham Guli yayradi, ammo oʻziga bir talay talabgorlar toʻplab keldi. Ketma ket qilingan sevgi izhorlari uni charchatdi, oxiri akasiga aytdiyu tinchidi. Guliraʼnoning bir odati bor edi, yigitlar masalasida akasini aralashtirgisi kelmasdi, chunki qoʻrqardi, akasi kimnidir urib tamom qilib qoʻyishidan. Shuning uchun doim oʻzi hal qilardi, lekin bu safar bunga holi boʻlmadi, va qutuldi. Toshkentga qaytgach Guli uylarni yigʻishtirib, yoʻl charchogʻi bilan uxlab qoldi, Sarvar uy telefoniga qoʻngʻiroq qildi, Guli uyda hech kim yoʻq deb oʻylab gaplashdi. Ammoki akasi bu suhbatni tinglovchisi boʻldi. Suhbat koʻp choʻzilmadi, Guli charchaganini aytib telfonni qoʻydi, ammo haqiqiy tamosha endi boshlangandi. Akasi Gulini baqirib xonasiga chaqirdi. Guli xovliqib, nima boʻldi deyishga ham ulgurmay, akasi Guliga shapaloq tushirdi, va ishonchimni bir pul qilding, dedi. Xullas shu bilan Sarvar va Guli qissasi qisman yakunlandi, endi akasi Gulini umuman uyda yolgʻiz qoldirmadi, telefon bermadi. Bir kun mehmon keladigan boʻlib, Guli uyga keldiyu shartta Sarvarga telefon qildi va endi nma boʻlishi haqida soʻradi, Sarvar esa shunchaki ikki soʻz bn suhbatni yakunladi: BAXTLI BOʻL...

#Davomi_bor...