Get Mystery Box with random crypto!

Test natijalarini ko'tarish usuli. (Maslahat o'rnida) Qadamlar | MIRZOBEK's Planet

Test natijalarini ko'tarish usuli.
(Maslahat o'rnida)
Qadamlar.

1. Eng birinchi navbatda bir kitob bo'yicha test ishlab ko'rasiz.

2. Natijangizni tekshirasiz va xatolarni tekshirib chiqasiz.

3. Har bir qilgan xatolar qaysi mavzuda yoki savol turida ekanini yozib chiqasiz. Sizda mavzular ro'yxati paydo bo'ladi.

Qaysi mavzuda ko'p xato bo'lishi muhim emas!

4. Ro'yxatdan eng oson 1 yoki 2 ta mavzuni tanlab olasiz va u(lar)ni yaxshilab qayta o'qib chiqasiz.
Ushbu qadam bu usulni eng asosiy elementi. Negaligini pastroqda yozaman.

5. O'sha mavzuni qayta-qayta o'qib chiqasiz.

6. Shu kitob bo'yicha yana bir test ishlab ko'rasiz va 2-5-qadamlarni takrorlaysiz. Tabiiyki sizda ro'yxat kattalashib boradi.
Chunki oldin xato qilmagan mavzularda xato chiqishi mumkin. Eng muhimi qayta o'qilgan mavzularda xato qilmaslik.

Ma'lum vaqt o'tishi bilan sizdagi ro'yxat kamayib borishi kerak.

Nega endi eng ko'p xato qilingan mavzu muhim emas?

Eng oson mavzuni tanlashning sababi, DTM testlarida har qanday to'g'ri javob sizga bir xil ball beradi. Shunday ekan, bu usul eng avvalo oson mavzulardan ball yo'qotmaslikka yordam beradi.

Lekin, bu metodni o'zim sinab ko'rmaganman. Chunki testlarda xato qilmasdim))

P/s. Postni abituriyent do'st/aka/uka/jiyanlarga bemalol jo'natib qo'yishingiz mumkin!

#student
@mirzobek_bozorov