Get Mystery Box with random crypto!

Shunchaki... 6-sinfga o'tgan paytlarimdanoq tarix fani bo'yic | MIRZOBEK's Planet

Shunchaki...

6-sinfga o'tgan paytlarimdanoq tarix fani bo'yicha bilimlar bellashuvi(olimpiada)ga qatnashib boshlaganman. Birinchi qatnashgan vaqtlarimda olimpiadalarga nisbatan qiziqishim boshqacha bo'lgan. Birinchi o'rinni egallayman deb, astoydil harakat qilganman. 5-sinf bo'la turib, 6-sinf kitobini o'qib yurganman(ozgina maqtanib qo'ydim).

Birinchi marta qatnashib ko'rib, kimning nechanchi o'rinni olishi oldindan belgilab qo'yilishi meni harakat va qiziqishlarimni yo'qqa chiqargan. Ixlosim avvalgiday bo'lmay qolgan.

Adashmasam, 8-sinf vaqtimizda, ustozimiz bir o'qituvchi bilan kelishib qo'ygani, uni tayyorlagan o'quvchisi olimpiadada menga yordam berishi, olimpiadada o'rin olish maktab reytingi uchun zarurligi haqida gapirib qoldi (ichkarida butun tizim shunday ekan, qaysi maktabdan kelgan bola qaysi partada o'tirishigacha kelishilgan).

Olimpiada boshlandi. Aytilgan qizni yoniga borib o'tirdim. Hammaniki bir xil test. Boshida menga hamma testni ishlab berib, indamay ko'chirishimni ta'kidladi.

Testni o'qib, u bergan javoblar bilan solishtira boshladim. Men, avvalgiday bo'lmasada sharmanda bo'lmaslik uchun o'zim ham tayyorlanib yurganman.

Menga bergan javoblarida, testdagi eng oson savollarni ham xato qilib belgilab qo'ygan ekan. O'sha paytda o'zimni juda yomon his qilganman. Lekin, uni xato qilib bergan javoblarini ham to'g'ri qilib belgilaganman o'shanda .
Natijalar e'lon qilinganda u qiz uchinchi o'rinda, men esa to'rtinchi o'rinda bo'ldim. Ular juda hayron bo'lishgandi o'shanda ...

Shu-shu turtki bo'lib, nima uchun men ham yaxshi o'qimasligim kerak, nima uchun men boshqalarga yordam bermasligim kerak deb tarixni astoydil o'rgana boshlaganman.

Yosh paytimdan olgan bilimlarim abituriyentlik davrida juda asqotgan. Abituriyentlik davridagi qattiq mehnatlar va yoshlikda bilimlar bilan o'qishga topshirganimda tarix fanidan 100%lik natija qayd etgandim.

Hozirgi abituriyentlarga maslahatim, chin dildan xohish va ixlos bo'lsa har qanday natijaga erishish mumkin!

#kuzatuvlarim
@mirzobek_bozorov