Get Mystery Box with random crypto!

MIKRO ODATLAR. Hayotimizni asosiy qismini bizning ishimiz,kasb | Nurbek Mirzausmonov

MIKRO ODATLAR.
Hayotimizni asosiy qismini bizning ishimiz,kasbimiz,o'qishimiz,yor-u birodarlar tashkil qiladi.

Ammo bizning qanday inson ekanligimiz ularga emas,mikro odatlarimizga bog'liq.

Erta uyg'onadigan odam bilan kech uyg'onadiganning farqi bor,

Tishlarini tozalab uyquga yotadigan inson bilan bunga erinadiganning farqi bor,

Odatda oddiy suv ichadigan odam bilan asosiy ichimligi Pepsi,Coca Cola,asosiy ovqati FAST FOOD  bo'lgan odamning farqi bor,

Har kuni oz bo'lsada kitob o'qiydigan bilan o'qimaydiganning farqi bor,

Telefondan bosh ko'tarmaydigan inson bilan tez-tez tabiatda sayr qilib turadigan insonning farqi bor.

Biz qanaqa odam bo'lib yashashimizni(sog'lom yoki nosog'lom,ishida barakasi bor yoki ishining tayini yo'q,hayoti tartibli yoki alg'ov-dalg'ov) juda kichik,biz e'tibor bermaydigan odatlarimiz belgilab beradi.

Agar hayotingizni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz,mikro odatlaringizni o'zgartiring,chunki katta faoliyatlar(ish,o'qish...) hammada bor ammo negadir hamma bir xilda yaxshi yashamaydi,

Chunki-odatlar har xil.
Ammo bir yirik muammo bor.Mikro odatlarning zarari ham,yaxshi natijasi ham tezda ko'rinmaydi:

Bugun tishingizni yuvsangiz ertaga sog'lom bo'lib qolmaydi,

Bitta kitob o'qib aqlli bo'lib qolmaysiz,

Bir kun fitnesga chiqib baquvvat bo'lishning iloji yo'q...

Shu sabab ularni odatga aylantiring va har kuni bajaring.Foydasi tezda bilinmasligi aniq,bunga e'tibor bermang,shunchaki davom eting.

Vaqt tez o'tadi.Hayotingiz yaxshi tomonga o'zgarganini o'zingiz ham bilmay qolasiz.

@mirzausmonov_nurbek