Get Mystery Box with random crypto!

Mehnatning tagi rohatmi? Xalqimiz dono,har maqolimizda chuqur | Nurbek Mirzausmonov

Mehnatning tagi rohatmi?

Xalqimiz dono,har maqolimizda chuqur ma'no mujassam.

Ular orasida biz eng ko'p tilga oladiganlarimizdan biri-

"Mehnat,mehnatning tagi - rohat"

Bu maqol paydo bo'lgan paytlarda muhit boshqacha bo'lgan bo'lishi mumkinku-ya,lekin maqolning aktualligi haligacha yo'qolgani yo'q.

Mehnat qilasiz - hosil olasiz,

Mehnat qilasiz - chempion bo'lasiz,

Mehnat qilasiz - pul topasiz,

Mehnat qilasiz - ravnaqqa ega bo'lasiz...

Mehnat bu harakat.Xoh aqliy bo'lsin xoh jismoniy,

Lekin men yana bir narsa haqida o'ylab qoldim:

Nafaqat mehnatning tagi rohat,aslida mehnatning o'zi ham rohat emasmi? Uni o'zi ham kishiga huzur baxsh etmaydimi?

Eng ko'p kasallik va yomonliklar kelib chiqishi bekorchilikdan-ku axir.

Odam qilayotgan ishini mehr bilan qilsa,u ish jarayonidan ham, natijadan ham farog'at topadi.

Rohat qilmoqchi,dam olmoqchimisiz?

Mehnat qiling.

20.12.2022

@mirzausmonov_nurbek