Get Mystery Box with random crypto!

Yashnobod tumani: uchta mahallaning ayrim hududlarida elektr t | MINENERGY.UZ

Yashnobod tumani: uchta mahallaning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

Bugun, soat 18:27da Yashnobod tumanidagi 110 kV “Hosilot” podstansiyasi qurilmasida nosozlik yuzaga kelib o‘chgan.

Buning natijasida tumandagi Izzat, Aviasozlar, Muxtor Ashrafiy mahallalarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Ta’mirlash ishlari qisqa vaqtlarda yakunlanadi va hududning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube