Get Mystery Box with random crypto!

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tum | MINENERGY.UZ

Ta’mirlash ishlari tufayli Mirobod, Yashnobod va Yunusobod tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariya holatlarini oldini olish maqsadida bugun, 10-iyun kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:

Mirobod tumanining Moshtabib, Nukus, Said Baraka, Amir Temur va Turkiston ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yashnobod tumanining Chashma, Ilg‘or shoh, Ohangrabo, “Mirishkor” MFYning Darxon, Ilgor shoh ko‘chalari hududida soat 10:00 dan 17:00 gacha;

Yunusobod tumanining Usta Shirin, Akmal Po‘lat va Mirtemir ko‘chalari hududida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr energiyasi taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube