Get Mystery Box with random crypto!

Dehqon bozori tomonidan 1 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi  elekt | MINENERGY.UZ

Dehqon bozori tomonidan 1 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi fosh etildi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda joylarda o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlari doirasida Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Navro‘z” dehqon bozorida elektr energiyasidan foydalanish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati oylik hisobotlarda o‘lchov tizimidagi tok transformatorining haqiqiy koeffisiyentini kamaytirib ko‘rsatish orqali elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar keltirganligi aniqlandi.

Mazkur qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube