Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2022-08-27 08:18:04 “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги конференцияга юборилган мақолалар тўпламининг 2-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
27.9K views05:18
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:14:55 Хабарингиз бор, жорий йилнинг 11-12 апрель кунлари Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан тегишли вазирлик ва идоралар, халқаро ва хорижий ташкилотлар билан ҳамкорликда “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция ташкил этилган эди.

Ушбу конференцияга халқаро ва хорижий ташкилотлар экспертлари, маҳаллий вазирлик, идора ва ташкилотлар ходимлари, олий таълим муассасалари профессор ўқитувчилари, умумтаълим мактаблари педагоглари, ёш олимлар, таянч докторантлар ҳамда мустақил изланувчилар, таълим тизими бошқарув органлари вакиллари томонидан юборилган мақолалар тўпламининг 1-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
28.2K views05:14
Ochish/sharhlash
2022-08-17 11:34:37 Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
Andreas Shlyaher.

"Avvallari biz ta’limni qancha o‘quvchi o‘qiyotgani, qancha pul sarflayotganimizga qarab solishtirardik. Ammo, o‘quvchilar nimani biladilar va ular bilganlari bilan nima qilishlari mumkinligi muhimroqdir.

Ta'limni yaxshilashga buyurtma berish biz o‘ylaganchalik oson emas. Rivojlanish sinfda sodir bo'ladi. Bu haqiqatan ham hammani jarayonga jalb qilish lozimligini anglatadi. Bu esa - ta'limni butun jamiyat loyihasiga aylantirish demakdir. Jonkuyar o'qituvchilar, salohiyatli liderlar va birgalikda ishlashga tayyor ota-onalarni talab etadi.

Bugungi kunda yoshlar bilimlarni Google yoki boshqa platformalardan qidirmoqda
va hech kim ularga nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini aytmaydi.

Bugungi kunda savodxonlik endi faqat bilim olishdan iborat emas. Tabiiy fanlarni misol keltiradigan bo'lsak, avvallari tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya haqidagi bilimlar edi. Bugungi dolzarb masala - siz olim kabi fikrlay olasizmi? Tajribani loyihalashtira olasizmi? Ilmiy tadqiqot o‘tkazish mumkin bo'lgan savollarni bir-biridan, unchalik farq qilmaydigan savollardan ajrata olasizmi?

Zamonaviy dunyo endi sizni faqat bilimingiz uchun mukofotlamaydi. Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
Andreas Shlyaher.

Bu haqida PISA xalqaro dasturi asoschisi Andreas Shlyaherning "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Mazkur nutq pedagoglar jamoasi uchun foydali bo'ladi degan niyatda Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda o'zbek tiliga o'girildi (1-qism).

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
35.4K viewsedited  08:34
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:27:29
ISHGA TAKLIF ETILADI!

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadiqoqtlarni amalga oshirish milliy markazi quyidagi vakant lavozimlari uchun munosib nomzodlarni ishga taklif etadi.

Mavjud vakant lavozimlar:

1. Nazorat-sinov materiallarini tayyorlash bo'limi (tabiiy fanlar bo'yicha) bosh mutaxassisi
2. Ilg'or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo'limi bosh mutaxassisi

Quyida berilgan havolalar orqali o'zingizni munosib deb bilgan lavozimning malaka tavsiflari bilan tanishib, so'rovnomani to'ldirgan holda "yuborish" tugmasini bosing.

Nazorat-sinov materiallarini tayyorlash bo'limi (tabiiy fanlar bo'yicha) bosh mutaxassisi

Ilg'or xalqaro tadqiqotlarni joriy etish bo'limi bosh mutaxassisi

Nomzodingizni ko'rsatish uchun 2022-yil 13-avgustgacha so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi.

Nomzodlar tegishli bilimi, mantiqiy fikrlashi, chet tilini bilishini sinashga oid test hamda suhbat asosida saralab olinishi mumkin.

http://t.me/milliymarkaz
45.2K viewsedited  07:27
Ochish/sharhlash
2022-07-09 05:14:49 Assalomu alaykum!

Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish, unda munosib ishtirok etishda hissa qoʻshgan, qoʻllab-quvvatlagan barcha ta’lim tizimi xodimlari, ustozlar hamda ushbu kanal obunachilarini hayit bayrami bilan samimiy tabriklaydi!

Hurmat bilan,
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazi jamoasi
11.0K viewsedited  02:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:00:28
Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси делегацияси амалий ташриф билан Франциянинг Париж шаҳрида бўлиб турибди.

Таълим инспекцияси делегацияси ва Олий таълим ва илмий тадқиқотни баҳолаш олий кенгаши (High council for evaluation of Research and Higher education – Hceres) ўртасида 2022 йил 5 июль куни учрашув ташкил этилди.

Учрашувда Таълим инспекциясидан Халқаро алоқалар бўлими бошлиғи, Инспекция ҳузуридаги Миллий марказ директори, Ўзбекистоннинг Франциядаги Элчиҳонаси атташеси, Агентлик томонидан Европа ва Халқаро алоқалар департаменти лойиҳалар раҳбари иштирок этди.

Учрашув давомида Таълим инспекцияси ва Агентлик фаолиятига доир масалалар юзасидан маълумотлар ва фикрлар алмашилди.

Агентлик ENQA тармоғининг тўлиқ аъзоси бўлиб, ташкилотнинг фаолияти EQAR томонидан аккредитацияланган.

Унинг фаолият олиб бориш усули баҳоланаётган таълим муассасаси билан ҳамкорлик қилиш ва ушбу муассасанинг ривожланиб боришига ёрдам беришга асосланади.

https://t.me/milliymarkaz
12.0K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-07-06 10:04:44
Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori TALIS 2024 xalqaro tadqiqoti boshqaruv kengashining 11-uchrashuvida ishtirok etadi.

Ayni kunlarda Ta’lim inspeksiyasi delegatsiyasi Fransiyaning Parij shahrida xizmat safarida bo'lib turibdi.

Safar davomida, TALIS boshqaruv kengashi uchrashuvida ishtirok etish, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD), Fransiya Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotni baholash oliy kengashi (Hceres), Ta’lim inspeksiyasi faoliyati bilan tanishish nazarda tutilgan.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
8.2K views07:04
Ochish/sharhlash
2022-06-29 16:42:26
#Xalqaro_tadqiqotlar

Xorazmda “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusida seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh muassasalarda taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda pedagoglar, taʼlim tizimi mutasaddilari bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Xorazm viloyatida boʻlib turibdi.

Mazkur tashrif doirasida bugun, 29-iyun kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida Urganch shahridagi 30-son umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va pandemiyaning taʼlimga taʼsiri” mavzusidagi seminar boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4342

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
8.4K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-06-29 10:00:08
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Xorazmda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Respublikamiz hududlarida “COVID-19” pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminarlar tashkil etib kelinmoqda. Shu kabi seminarlar joriy yilning 28-iyun kuni Xorazm viloyatida ham boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4340

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
5.3K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-06-27 21:12:14
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Xalqaro_tadqiqotlar

Qoraqalpogʻistonda REDS tadqiqoti natijalari va pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi

Ayni kunlarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev boshchiligidagi ishchi guruh muassasalarda taʼlim sifatining holati va ularda yaratilgan sharoitlarni joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda pedagoglar, taʼlim tizimi mutasaddilari bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Tashrif doirasida joriy yilning 27-iyun kuni Qoraqalpoq davlat universitetida “COVID-19» pandemiyasining taʼlimga taʼsiri haqidagi REDS (Taʼlimdagi uzilishlar haqidagi soʻrovlarga javoblar) xalqaro tadqiqoti natijalari hamda pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha seminar tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4338

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish:
https://t.me/uztdi
5.2K views18:12
Ochish/sharhlash