Get Mystery Box with random crypto!

Milliy markaz

Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz M
Telegram kanalining logotibi milliymarkaz — Milliy markaz
Kanal manzili: @milliymarkaz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 8.89K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-11-07 12:46:45
#vebinar #Tayanchmaktablar

Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni,o'qish savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot:
“Abadiy dvigatel”, “Kinofilm. Buyuk shimoliy yo'l", “Olimpiya qochqinlar jamoasi”

O'tkazish kuni: 2022-yil, 8-noyabr

O'tkazish vaqti: 11:00

Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Sirdaryo viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning o'qish savodxonlik bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.
Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkin – https://bit.ly/3DFJq1h
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
11.3K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-11-06 20:49:29 #muhim_xabar

Aziz ishtirokchilari!
Milliy markaz va Farg'ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda 2022-yil 7-noyabr kuni soat 10:00 da rejalashtirilgan onlayn vebinarimiz ayrim sabablarga ko'ra shu kuni soat 11:30 ga ko'chirilganligini ma'lum qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr so'raymiz!
8.3K viewsedited  17:49
Ochish/sharhlash
2022-11-05 08:58:30
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni, matematik savodxonligi yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot:
Qulupnay mevasi”, “TIMSS topshiriqlari”, “Kichik biznes daromadi”

O'tkazish kuni: 2022-yil, 7-noyabr

O'tkazish vaqti: 10:00

Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Farg'ona viloyati xalq ta'limi bosh boshqarmasi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning matematika fanlari bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkin – https://bit.ly/3SZNQpq

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
543 viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2022-11-03 14:47:52 #videorolik #seminartrening

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 2-noyabr kuni Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayanch maktablarda faoliyat olib boruvchi trener-o‘qituvchilar ishtirokida an'anaviy seminar-trening tashkil etilgan edi.

Ushbu seminarda bevosita hudulardagi tayanch maktablarda faoliyat olib boruvchi trener- o‘qituvchilar ham onlayn tarzda ishtirok etib, o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.
Seminar-trening davomida o‘quvchilarning tajribalar o‘tkazish va ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchilarga amaliy xarakterdagi muammolarga javob topishda egallagan bilimlaridan foydalanish, shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy salohiyatlarini oshirishga doir tajribalar xususida o‘zaro fikr almashildi.

Quyida ushbu seminar-treningdan video lavha e’tiboringizga havola etilmoqda





Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.2K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2022-11-02 17:48:48
#Seminartrening #Tabiiyilmiy #PISA #TIMSS

2022-yilning 2-noyabr kuni, Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markaz hamda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan tayanch maktablar trener-o’qituvchilari ishtirokida tabiiy fanlar yo'nalishi doirasida "Ta’lim jarayonida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish - o‘quvchi yoshlarni hayotga tayyorlashda muhim omil!" mavzusida an’anaviy seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur seminar-treningda onlayn tarzda Respublikadagi faoliyat olib borayotgan tayanch maktablarning trener-o'qituvchilari ham ishtirok etdi. Usbu seminar-trening qiziqarli va savol javoblarga boy tarzda tashkil etilgan bo'lib, bunda tajribali mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarning tajribalar o‘tkazish va ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanish bo'yicha fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.9K views14:48
Ochish/sharhlash
2022-11-01 16:57:30
Hurmatli ustozlar! Sizlarni tabiiy fanlar yoʼnalishi bo'yicha bo'lib o'tadigan seminar-treningga taklif etamiz!

Mazkur seminar-trening “Taʼlim jarayonida amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish - oʻquvchi yoshlarni hayotga tayyorlashda muhim omildir!” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish, oʻquvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini takomillashtirish hamda ijodiy gʻoyalari va ijodkorligini yuksaltirishga qaratilgan.

O'tkazish shakli: offlayn va onlayn

O'tkazish kuni: 2022-yil, 2-noyabr

O'tkazish vaqti: 10:00

O'tkazish joyi:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy
markaz binosi, 2-qavat, seminar-treninglar xonasida

Onlayn seminar-treningda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkin – https://bit.ly/3TWG4Of

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.3K viewsedited  13:57
Ochish/sharhlash
2022-10-31 10:46:07
Milliy markazning rasmiy kanallariga obuna bo'ling!

Hurmatli foydalanuvchilar! Sizlarni, Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazning rasmiy kanallariga obuna bo'lishingizni taklif etamiz!

Telegram YouTube Facebook

Instagram Websayt

Bunda:
Xalqaro PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS tadqiqotlari haqida xabardor bo‘lish;
Maktab o‘quvchilarining XXI asr ko‘nikmalari, kreativ va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga oid nazorat materiallarini olish:
Matematik, tabiiy-ilmiy, o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga oid ma’lumotlar olish;
Xalqaro va milliy darajadagi seminar, vebinar va treninglarga ulanish;
O‘quv uslubiy va videomateriallardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lasiz.

So'nggi yangilliklardan xabardor bo'ling! Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
20.1K viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2022-10-28 20:18:55 “Amaliy ko‘nikmalar sari” loyihasiga start berildi.

Ushbu loyiha doirasida o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini baholash va rivojlantirishga qaratilgan qisqa metrajli video mahsulotlar tasvirga olish rejalashtirilgan.

Unda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmlarini rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning tajribasidan foydalanishga urg‘u beriladi.

Agar sizda ham ushbu loyihada ishtirok etish istagi hamda taklif va mulohazalaringiz bo’lsa @milliymarkaz_aloqabot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Biz sizni sahifamizda ko’rishdan xursandmiz!

Videorolikni ko'rish uchun havola:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
24.0K views17:18
Ochish/sharhlash
2022-10-27 20:27:29
Navbatdagi onlayn vebinar!

Hurmatli ustozlar! Sizlarni, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

Amaliy mashg'ulot:
  “Piyoz - yetti kasallikning davosi”, “TIMSS topshiriqlari (sonlar va amallar)", “TIMSS topshiriqlari (yer haqidagi fan)”

O'tkazish kuni: 2022-yil, 29-oktabr

O'tkazish vaqti: 10:30

Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning boshlang'ich ta'lim bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkin – https://bit.ly/3gOUsJX

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
20.6K viewsedited  17:27
Ochish/sharhlash
2022-10-25 17:23:37 Yerda mayda hasharotlarning qanday qilib ozuqa topishi va oziqlanishi haqida bilish qiziqmi?

Badiiy va axborot matnlari bilan ishlash, tushunchalar, ma’lumotni talqin qilish, uyg‘unlashtirish, kontent, matn elementlarini tekshirish hamda baholash bugungi kunda eng kerakli ko‘nikmaga aylanib ulgurdi. PIRLS tadqiqotining o‘qish savodxonligi yo‘nalishiga doir “Ozuqa izlab” matni va topshirig‘i mazkur ko‘nikmalarni baholash va rivojlantirishga qaratilgan.

Aziz ustozlar, ushbu videodars orqali darsdan tashqari to‘garak mashg‘ulotlarida mashq daftarlaridagi topshiriqlardan foydalanish hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish, ular bilan yanada yaqindan muloqot qilish borasidagi tasavvuringizni oshirib, mustahkamlashga xizmat qiladi.

Milliy markaz tomonidan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tayyorlangan videodars e'tiboringizga havola etilmoqda.

Videodarsni ko'rish uchun havola:



Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6.3K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash