Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-03-28 10:11:20 Chet tili imtihonlarining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini baholash imtihonining ko‘p darajali tizimi uchun baholash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Mazkur o‘zgarishlar agentlik Ilmiy-metodik kengashining 2023-yil 16-mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqlangan va 2023-yil mart oyidan boshlab amaliyotga joriy etilishi belgilangan.

Unga ko‘ra test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball har bir bo‘lim bo‘yicha 75 ballni tashkil etmoqda. Ushbu o‘zgarishlar faqat eng yuqori ballarni qamrab oladi hamda aksariyat talabgorlarning natijalariga ta’sir qilmaydi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot uzbmb.uz saytining “Chet tili boshqarmasi” bo‘limiga joylashtirilgan bo‘lib, yuqoridagi pdf faylda ham o‘zgarishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.2K viewsedited  07:11
Ochish/sharhlash
2023-03-27 19:48:22 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 4-5-, 9-11- va 13-17-mart kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (28-30-mart) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.0K viewsedited  16:48
Ochish/sharhlash
2023-03-21 07:11:45 Navro'z muborak O'zbekiston!

Butun O'zbekiston xalqini Milliy sertifikat | INFO jamoasi nomidan Navro'zi ayyom bilan muborakbod etamiz. Barchangizga yaxshi kayfiyat, sihat-salomatlik, oilangizga qut-baraka tilaymiz!

Milliy sertifikat | INFO
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi|
4.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2023-03-20 14:33:37 Har kuni BLOK TEST ishlang!

OLIYGOH.UZ platformasida abituriyentlar uchun har kuni test ishlash imkoniyati ochildi. Endilikda, platformadagi barcha Diagnostik imtihonlarda har kuni takroriy ravishda ishtirok etish mumkin.

Barcha testlar BEPUL!

Diagnostik imtihonlar Davlat imtihon standartlari asosida tashkil etilgan bo'lib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasida 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi:

— Respublika Diagnostik imtihon #1
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #2
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #3
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #4
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #5
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #6
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #7
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #8
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #9
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #10
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #11
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #12
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #13
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #14
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #15
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #16
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #17
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #18
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #19
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #20
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #21
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #22
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #23
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #24
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #25
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #26
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #27
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #28
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #29
Imtihonda ishtirok etish

— Respublika Diagnostik imtihon #30
Imtihonda ishtirok etish

Eng muhimi, imtihon yakunlangandan keyin natijalar hamda javoblar platformada umumiy mandat shaklida e'lon qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar qaysi oliygohga kirishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlarga ega bo'lishadi.

OLIYGOH.UZ — abituriyentlikdan talabalik sari!
7.6K views11:33
Ochish/sharhlash
2023-03-19 06:30:15 Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat audiosi

2023-yil 17-mart kuni Bilimni baholash agentligi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ovozli chat o‘tkazdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigi;
natijalarni e’lon qilish muddatlari;
apellatsiya berish va ko‘rib chiqish tartibi;
imtihon natijalarining statistik tahlili;
sertifikatni OTMlarga kirishda inobatga olinishi;
va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

Ovozli chatda ishtirok eta olmaganlar uchun ovozli chatning audio yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Milliy sertifikat | INFO
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.6K viewsedited  03:30
Ochish/sharhlash
2023-03-18 18:00:40ERTAGA ONLAYN TEST! YUTUQ: 700 MING SO'M!

Ertaga, 19-mart kuni Oliygoh.uz platformasida barcha fanlardan Respublika miqyosidagi 33-DIAGNOSTIK IMTIHON bo'lib o'tadi.

Onlayn imtihon Davlat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasida 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Ishtirok etish bepul!
Imtihonda ishtirok etish

Sovrin: 700 ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Imtihon afzalliklari:

Pul yutib olish imkoniyati;
Davlat standartidagi savollar;
Barcha fanlardan blok test
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Test yakunida maxsus sertifikat
To'g'ri javoblar tahlili kabi imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Eng muhimi, imtihon yakunlangandan keyin natijalar hamda javoblar platformada umumiy mandat shaklida e'lon qilinadi. Shuningdek, abituriyentlar qaysi oliygohga kirishi mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlarga ega bo'lishadi.

Testda ishtirok etish:
@OLIYGOH_TEST_BOT
@OLIYGOH_TEST_BOT
3.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:38:09
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2023-yil 4-5-mart kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 9-11- va 13-17-mart kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari maxsus dastur orqali elektron tarzda o‘tkazilib, unda 8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi. 15 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi.

Test natijalari 27-mart kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
8.2K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-03-17 09:20:19Geografiya milliy sertifikat testlari qaysi mavzulardan tuziladi?

Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi asosida geografiya fanining quyidagi bo‘limlari milliy sertifikat test topshiriqlarida qamrab olinadi:
 
Tabiiy geografiya:
a) geografik qobiq;
b) materiklar va okeanlar tabiati;
d) O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiatining va tabiat komplekslarining geografik 
tavsifi.

Iqtisodiy-ijtimoiy geografiya:
a) O‘zbekiston iqtisodiyotining umumiy geografik va regional tavsifi;
b) jahon xo‘jaligining umumiy geografik va regional tavsifi;
d) aholi geografiyasi va demografiya;
e) tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar (geoekologiya).

Geografik xaritalar.

Umumgeografik qonuniyatlar asosida masala, misol va topshiriqlar

Eslatib o'tamiz, joriy yilda Tarix va Geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari ilk bor tashkil etilmoqda va uni 2023-yil 21-may kuni o‘tkazish rejalashtirilgan. Test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 24-apreldan 7-maygacha my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Geografiya test namunasi:
O'zbekcha

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
8.9K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-03-17 08:28:44
Toshkent shahridagi RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETIda 2022/2023-yil qabuli yakunlanmoqda!

Kunduzgi hamda sirtqi ta'lim

Bakalavrda ta’lim yo‘nalishlari:
— Maktabgacha ta'lim
— Boshlang'ich ta'lim
— Matematika va informatika
— Ona tili va adabiyoti
— Psixologiya
— Tarix
— Sport
— Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari
— Xorijiy til va adabiyoti
— Iqtisodiyot
— Buxgalteriya hisobi va audit
— Bank ishi va auditi
— Sug'urta ishi
— Soliqlar va soliqqa tortish
— Axborot tizim va texnologiyalari
— Turizm
— Xalqaro munosabatlar
— Dizayn
— Kadastr

Sirtqi ta’lim: Yiliga 12,8 mln so‘mdan.

Qo'shimcha qulayliklar:
Xorijdan o'qishni ko'chirish (2-3-kursga)
2-mutaxassislikda o'qish imkoni.
(Litsenziya №049194, 18.11.2022 y.)

Onlayn hujjat topshirish

Oson ro'yxatdan o'ting va vaqtingizni tejang!

Call-center
:
+998900331731 | Onlayn murojaat
+998917896005 | Onlayn murojaat
+998900462989 | Onlayn murojaat
+998880097751 | Onlayn murojaat
+998880097723 | Onlayn murojaat

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod AVENUE
Instagram | Telegram | Sayt |
8.3K views05:28
Ochish/sharhlash
2023-03-15 09:25:15 Rostan ham milliy sertifikat test topshiriqlari qiyin va ular uchun ajratilgan vaqt kammi?

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan ayrim talabgorlar tomonidan test topshiriqlari qiyin, ular uchun ajratilgan vaqt esa kam degan mazmunda murojaatlar bo‘lmoqda. Bilim va malakalarni baholash agentligi bu savollarga javob berishga harakat qildi. Ularning fikri qay darajada asosli ekani bo'yicha siz ham fikrlaringizni qoldiring!

Mazkur murojaatlar qanchalik o‘rinli? Haqiqatan ham test topshiriqlari qiyinmi? Ushbu savollarga javob topish uchun test natijalarining statistik tahlillari keltirilmoqda.

Ushbu pdf faylda 2022-yil 4-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika fanidan milliy sertifikat imtihonining statistik tahlili sodda tilda keltirilgan.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
11.5K views06:25
Ochish/sharhlash