Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-10 09:45:19
Yangi o‘quv yilidan magistratura va doktorantura uchun B2 va C1 sertifikatlari talab qilinadi

2022/2023-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etilgan edi.

Endilikda Oliy, fan va taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) ga asosan 2023/2024-oʻquv yili uchun magistratura va doktoranturaga qabul Prezidentning tegishli qarori (PQ-5117-son 19.05.2021)da belgilangan talablarga asosan amalga oshiriladi.

Ya`ni filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, vazir buyrug‘i ayrim sertifikatlar ro‘yxatdan chiqarib yuborildi.

Yuqorida vazir buyrug‘i bilan tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikatlar (ularning darajalari) RO‘YXATI bilan tanishishingiz mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
6.2K views06:45
Ochish/sharhlash
2023-04-10 09:01:13
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA

Xalqaro ta‘lim standartlariga javob beradigan yuqori darajadagi bilimlarni egallab o‘z kasbingizni mutaxassisi bo‘lmoqchimisiz?

TURKIYANING KARABUK UNIVERSITETIGA 2023-2024 o‘quv yili uchun QABULLAR OCHILDI.

F A K U L T E T L A R :
Bizness boshqaruv
Iqtisodiyot
Kompyuter muhandisligi
Siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi
Energiya tizimlari muhandisligi
Mashinasozlik va avto injenering
Temiryo'l sohalari
Arxitektura
Sanoat mahsulotlari dizaynerligi
Gastronomiya va pazandachilik san'ati
Oliy hamshiralik va akusherlik ishi
O'qituvchilik
Islomshunoslik (Ilohiyot)
Kino, televedeniye, radio
Jurnalistika

Xalqaro Diplom
Universitet hududida qulay va arzon yotoqxonalar
Kontrakt narxlarining arzonligi
Xalqaro muhit 130dan ziyod Davlatdan kelgan talabalar

Ta'lim turk va ingliz tilida

ESLATMA: Perevod, sirtqi va onlayn ta'lim yo'q.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998933996060
Telegram: @Asiatour123
+998933996060
Telegram: @Asiatour_1

Guruhga qo'shilish uchun
https://t.me/turkiyada_talimuz
5.6K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-04-09 18:01:55
IMTIHON BOSHLANDI

OLIYGOH.UZ platformasida abituriyentlar uchun barcha fanlardan Respublika miqyosida 34-DIAGNOSTIK IMTIHON boshlandi.

Umumiy sovrin:
700 ming so'm
G'oliblar soni: 14 nafar

Siz ham imtihonda albatta qatnashing va yutuqlarga ega bo'ling!

Tezroq ro'yxatdan o'ting va haqiqiy imtihon ruhiyatini his qiling!

Testda qatnashish:
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
https://t.me/oliygoh_test_bot?start=1
2.4K views15:01
Ochish/sharhlash
2023-04-09 10:08:31
Bugungi yoshlar Z avlodga mansub

Ma’lum yillarda tug‘ilgan odamlar o‘z davriga qarab turlicha nomlanadi.

Buyuk avlod: (1901-1927) bu yillarda tug‘ilganlar 2ta jahon urushini boshdan o‘tkazgan.

Sokin avlod: (1928-1945) bu muddat oralig‘ida tug‘ilish soni kam bo‘lgan, shuning uchun ham bu yilda tug‘ilganlar sokin avlod deb ataladi.

Baby bumers: (1946-1964) "boom" ingliz tilida "yirik o‘sish davri" degan ma’noni anglatadi. Bu muddatda juda ko‘p chaqaloqlar tug‘ilgan.

X avlod: (1965-1980) bu avlodga o‘ta ishchanlik xos xususiyat.

Z avlod: (1996-2015) bu avlod o‘z ajdodlariga qaraganda intellekti yuqori deb ham qaraladi. Ularning aksari 11 yoshga to‘lmasdan o‘z smartfoniga ega bo‘lgan va bo‘lyapti.

Alfa avlod (2024-yilgacha tug‘iladiganlar), ulardan keyin tug‘iladiganlar esa Betta, Gamma va Delta avlodlar deb ataladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.5K viewsedited  07:08
Ochish/sharhlash
2023-04-09 08:04:59BUGUN ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST! YUTUQ: 700.000!

Bugun, Yakshanba kuni 20:00 da Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 34-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Yutuq fondi: 700.000 so'm
G'oliblar soni: 14 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash


Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
4.5K views05:04
Ochish/sharhlash
2023-04-08 16:13:56 Rasman: Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabul tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori (143–son, 06.04.2023-y.) bilan huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga, magistraturasiga va oliy taʼlimdan keyingi taʼlimga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomlar tasdiqlandi.

Akademiyada oʻqishga qabul “tergov faoliyati” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (taʼlim olish muddati 3 yil) hamda yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tashkil etiladi.

“Tergov faoliyati” yoʻnalishida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi shaklida tashkil etiladi.

Yurisprudensiyaning boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida oʻquv jarayoni taʼlimning kunduzgi, kechki, sirtqi va masofaviy shakllarida tashkil etilishi mumkin.

Akademiyaga qabul qilishda hujjat topshirgan abituriyentlarning muayyan toifalariga boshqa OTMga kirish uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.

Oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

“Tergov faoliyati” boʻyicha bakalavriat bosqichiga nomzodlarni tanlash va oʻqishga qabul qilish uchun tanlov qabul yilining 1-fevraligacha (istisno tariqasida, 2023/2024 oʻquv yili uchun – 2023-yil 15-aprelgacha) eʼlon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
4.1K viewsedited  13:13
Ochish/sharhlash
2023-04-08 13:43:16ERTAGA ONLAYN TEST! YUTUQ: 700.000!

Yakshanba kuni 20:00 da Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 34-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Yutuq fondi: 700.000 so'm
G'oliblar soni: 14 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash


Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
5.4K views10:43
Ochish/sharhlash
2023-04-05 17:38:21 CEFR imtihoni 8-apreldan boshlanadi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.7K viewsedited  14:38
Ochish/sharhlash
2023-04-04 16:23:38 Imtihon boshqa sanaga ko'chirildi

Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.7K viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash
2023-04-04 05:55:01Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tish 24-apreldan boshlanadi!

Ro‘yxatga olish: 24-apreldan 7-maygacha;
Test sinovlari kuni: 21-may.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Namunaviy savollarni yuklab oling:

Geografiya
O'zbekcha

Tarix
O'zbekcha

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.1K views02:55
Ochish/sharhlash