Get Mystery Box with random crypto!

Mendan iborat!

Telegram kanalining logotibi mendaniborat — Mendan iborat! M
Telegram kanalining logotibi mendaniborat — Mendan iborat!
Kanal manzili: @mendaniborat
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 534
Kanalning ta’rifi

Yozilgani meniki, tushunganingiz sizniki )
Nodira©
@Menshunos
(Koʻchirilmasin)

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2021-01-23 17:20:54 ​​Va soʻnggiga qadar sizgina sizning hayotingizni yaratasiz. Eʼtibor berish kerak boʻlgani esa, senga oʻlchab berilgan quvvatni nimaga sarf etayotganingizni bilish: yaratishgami yoki vayron qilishga, mehrgami yo nafratga, sevimli mashgʻulotgami yoki yana zerikrali umrgami?
Boshqalardan nimanidir olish yoki qabul qilmaslik ham faqat sizning qoʻlingizda.
(Va bu dunyoda erking toʻsilgan joy qadar yoqimsizi boʻlmas.)
Kimdir sizga nimadir desa uni tinglash yoki eshitmaslik yoki eshitgandekkina koʻrinish bu sizni ishingiz.

Hayotingizdagi har bitta qaror sizniki. Unutmangki, qaroringizni kim qabul qilishidan qatʼiy nazar uning natijasini boshdan oʻtkazadigan faqat sizsiz! Siz uchun eng yaxshisini biladigan ham bu siz
Shunday ekan qaror erkini faqat oʻzingizgagina bering...

T.me/Mendaniborat
1.9K views14:20
Ochish/sharhlash
2021-01-23 11:04:42 ​​ Insho

“Qayta tugʻilishning imkoni boʻlganida edi...” Insholar tanlovida mavzu eʼlon qilingach, ishtirokchilarning koʻpi oʻylanib qoldi.

Bir chekkada qimtinibgina oʻtirgan bolaning yuziga tabassum yugurdi. U oʻylab ham oʻtirmay yoza boshladi :

“Agar qayta tugʻilishning imkoni boʻlganda edi, onamning onasi boʻlib yaratilishni xohlardim. Shundagina u bergan mehr, eʼtiborni qaytarishim mumkin boʻlardi. Uni xuddi u meni parvarish qilgandek, avaylab suyib, qoʻllarimda koʻtarib katta qilgan boʻlardim...” Bola shu yeriga kelganda toʻxtadi, oʻzi oʻtirgan aravachaga boqib bir zum jim qoldi. Soʻng yana inshosini davom ettirdi. “Hozir yaxshi oʻqish va onamning koʻz yoshlarini artishdan boshqa hech ish qoʻlimdan kelmaydi... ”

Insho qisqa edi, biroq shuning oʻzi ham birinchi oʻringa kifoya qildi.

Malika Mumtoz
T.me/Mendaniborat
1.9K views08:04
Ochish/sharhlash
2021-01-21 17:05:49 ​​"Har kimning oʻz baxtli joyi bor. Koʻzlaringizni yumib, hayot sizni iliqlik va farovonlik bilan qamrab oladigan dunyoning oʻsha nuqtasiga intilish bilanoq darhol koʻzingiz oldida paydo boʻladigan manzara.

Men uchun bu zumraddan yasalgan yashil devorlari va tunda kutib turgan miltillovchi yulduzlarni ramkaga soladigan ulkan derazalari boʻlgan kutubxonam. Kaminda hamon botayotgan quyosh rangiga oʻxshash koʻmirlar yonmoqda va men oʻzim kamin oldida oʻtirganman, koʻrpaga oʻralganman va ishtiyoq bilan kitob oʻqiyapman."

S.Gio
T.me/Mendaniborat
2.0K views14:05
Ochish/sharhlash
2021-01-20 17:47:25 ​​Ichingdagi ezgulik qadar umring bor ekaningni his qilganingda oʻtayotgan lahzalaringga uning singib ketayotganini anglaysan.
Yovuzlikning umri boʻlmaydi, shunchaki ezgulik singmagan yillar boʻladi. Yoki sening oʻlchamingdagi ezgulik kimnidir yovuzlik oʻlchamiga mos tushgan xolos.
Ezgulikni atrofdan tuta olmasliging mumkin, ammo senda hamisha ezgulik ulashish imkoni boʻladi

T.me/Mendaniborat
2.2K views14:47
Ochish/sharhlash
2021-01-20 17:39:59 Insonlar ularga qoʻygan mehring qadar yaqin, yoki hissizliging qadar yiroq
Yoningdagi har kimni jon qadar yaxshi koʻrolmaganing kabi, yiroqdagi allakimingni uzoqda boʻlgani uchun yomon koʻra olmaysan..

Xayoling ruhini quchgan insonlarni qayerda ekani emas, qayerdadir mavjudligining oʻzi muhim.
Zamon va zamin ajratib turgan koʻplab insonlarning ruhi egiz qadar oʻxshash va yonma-yon..

@Mendaniborat
2.1K views14:39
Ochish/sharhlash
2021-01-19 18:24:53 Nega odamlar oddiygina baxtni aslo yetishib boʻlmas sarob deb bilib, bir birlariga faqat gʻam-gʻussa-yu kulfatni ravo koʻrishadi, xolbuki, baxt-u tole ham, aslida, muqarrar bir neʼmat emasmi?

Andrey Platonov
T.me/Mendaniborat
2.2K viewsedited  15:24
Ochish/sharhlash
2021-01-18 18:42:07 ​​Shundaylaringiz bor:
Mehri koʻngil olamingiz ofiyati;
Qalbining oqligi fazoning moviyligidan chiroyli;
Koʻzidan tomadigan yoshning qadri qorachiqlaringiz orasida miltillaydi
Ismiga boshqalar qoʻshgan birgina (i)m harfi unga sizdan koʻra yaqinroq ekanini pisanda qilayotgandek tuyilaveradi

Yana
Shundaylaringiz bor
'Dunyodagi eng yaxshi inson' desa xayolingizga keladigan (lar)
Qahrida hadsiz mehr, gʻururida cheksiz samimiyat koʻrasiz.
Koʻnglingizning kayfiyatini samoga olib chiqish unda, uning qoʻlida
Baxt qadar yoqimliligi bor ularning.
Ummon kabi cheksizligi, osmon kabi fayzi ham.

Shundaylaringiz bor
Yaxshiyam bor...
Dengizday qaysar, baʼzida osmondan yiroq boʻlsalar ham.

Yoʻq bular faqat ulargagina beriladigan koʻngil egalari emas. Balki ulardan koʻra yaqinroq, ulardan koʻra qalbingizni yaxshi biladiganroq. Koʻngil egasi oʻz koʻnglini bir kun ogʻritishi mumkin, ammo koʻnglingizning bunday eng yaqin 'fuqarolari' koʻnglingizni oʻz koʻnglidan ham ayay biladilar. Xuddi siz kabi

Fazo qadarlaringizni, ummon kabilaringizni avaylang yaxshim)
T.me/Mendaniborat
2.4K viewsedited  15:42
Ochish/sharhlash
2021-01-17 21:42:07 U roman o‘qishni boshlaganiga bir necha kun bo‘lgan. Orada zarur ishlari chiqib tashlab qo‘yuvdi, qo‘rg‘oniga qaytib kelayotganda, vagonda yana qo‘liga oldi. Sekin-asta shiddatli voqealar, qahramonlar qiyofasi uni o‘ziga rom etib qo‘ydi. Oqshom chog‘i, ishonchli vakiliga xat yozib yuborgach, ish yurituvchi bilan ijara masalalari bo‘yicha kelishib oldi, so‘ng derazasi bahaybat emanlar bo‘y cho‘zgay boqqa qaragan jim-jit xonada o‘qishga tutindi. Kutilmagan mehmonlar kelib qolishi haqidagi xayoldan qochish uchun, eshikka orqa qilib, sevimli oromkursiga cho‘kkancha, kafti bilan yashil baxmalni silab-siypagan kuyi kitobning so‘ngi boblarini o‘qishga tushdi. U qahramonlar fe’li-atvorini osongina esda saqlab qolardi, shu sababli darhol qiziqarli voqealar girdobiga g‘arq bo‘ldi. U o‘qigan sari qandaydir lazzat vujudini chulg‘ab borar shu bilan birga yashil baxmal jildli baland suyanchiqning mayin kiftiga bosh qo‘yib o‘tirgani, qo‘lida sigaret borligi, deraza ortida, emanzor qo‘ynida esa, oqshom nafasi kezib yurganini his qilardi. O‘ziga xiyla qadirdon bo‘lib qolgan va tirik odamlardek harakat qilayotgan va yashay boshlagan qahramonlarning noxush bahs-munozaralari chog‘idagi har bir so‘zlaridan ta’sirlanib, alohida ma’no axtarib tog‘ etagida joylashgan kulbadagi sirli uchrashuvlarning guvohi bo‘ldi.

Bu voqea tog‘dagi bir kulbada yuz berdi. Dastavval, u yerga alang-jalang qilib bir ayol kirdi, zum o‘tmay yigit ko‘rindi. Uning hozirgina shox-shabba tirnab yuborgan yuzidan qon silqib turardi. Ayol qonni erkalanib, mehr-muhabbat bilan artib to‘xtatmoqchi bo‘luvdi, yigit yuzini burib oldi, chunki u xazon yaproqlari va egri-bugri so‘qmoqlar og‘ushida, begona ko‘zlardan holi yerda uchrashuvga kelmagan edi. O‘tkir xanjar tafti uning ko‘ksini qizdirar, tomirida azaliy orzulari, ozod bo‘lishga ishonch jo‘sh urardi. Xavotir to‘la suhbat bamisli kalavaning uchiday butun sahifaga cho‘zildi-hammasi allaqachon hal qilingani sezilib turardi. Hatto dalda berish fikridan qaytarishni istagan kabi sevgilisining – yorining o‘z jismini ko‘mib yuborayotgan erkalashlari ham, o‘ldirishi shart bo‘lgan jirkanch vujudning shaklu shamoyilini esga solardi. Hammasi aniq edi. Sabablar, tasodiflar va yuz berishi mumkin bo‘lgan xatolar xuddi shu lahzalardan e’tiboran o‘zgacha ahamiyat kasb etardi. Ular rejalarini yaxshilab kelishib olishdi, o‘zaro shivir-shivir yigitning dag‘al kafti qiz yanoqlari silayotgan paytda eshitilmay qoldi xolos. Qosh qoraya boshladi.

Umumiy ishga qasamyod qilgan ikkavlon bir-birining ko‘ziga qarayolmay, kulba eshigi oldida jimgina xayrlashishdi va ayol shimolga eltuvchi so‘qmoq bo‘ylab yo‘lga tushdi. Qarama-qarshi tomonga yo‘l olgan yigit ikki-uch qadam bosdi-da, to‘xtab o‘girildi va qizning tobora uzoqlashib borayotgan nozik qomati, to‘zg‘igan sochlarining qarchig‘ay qanotlariday silkinishiga termulib qoldi. So‘ngra u ham daraxtlar va butalar ortiga o‘tib, yo‘lga tushdi va Nihoyat g‘ira-shira nafaron oqshom sho‘’lasi yoritgan qo‘rg‘onni uzoqdan ilg‘ab to‘xtadi. Qum to‘shalgan yo‘lka to‘ppa-to‘g‘ri uyga olib borardi. Bu oqshom itlar hurmasligi kerak edi, ular tovush chiqarmadi. Shu lahzalarda ish yurituvchilarning qorasi ko‘rinmasligi shart edi, u ham ko‘zga ko‘rinmadi. Yigit zinadan chiqib uyga kirdi. Tomir urishi Tobora aniqroq eshitilayotgan qulog‘i ostida elas-elas ayolning ovozini eshitgandek bo‘ldi: avval zangori mehmonxona, keyin dahliz, dahliz adog‘ida – payondoz to‘shalgan zina, zina yuqorisida ikkita eshik. Birinchisida ham hech zog‘ yo‘q, ana ikkinchisida ham. Ana xos xonaning eshigi. Va derazadan tushayotgan zaifgina shu’la yashil baxmal jildli oromkursining baland suyanchig‘iga suyanib olgan kuyi roman o‘qiyotgan odamning boshiga tushayotgan xanjarni yoritib yubordi.

Xulio Kortasar
"Tutash bogʻlar"


P.s/ eʼtibor bilan oʻqisangiz hikoya nomi nima uchun shunday nomda ekanini topasiz)

@Mendaniborat'
2.2K viewsedited  18:42
Ochish/sharhlash