Get Mystery Box with random crypto!

Mendan iborat!

Telegram kanalining logotibi mendaniborat — Mendan iborat! M
Telegram kanalining logotibi mendaniborat — Mendan iborat!
Kanal manzili: @mendaniborat
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 534
Kanalning ta’rifi

Yozilgani meniki, tushunganingiz sizniki )
Nodira©
@Menshunos
(Koʻchirilmasin)

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-01-30 04:00:09
(c))
2.2K views01:00
Ochish/sharhlash
2021-01-29 20:07:26 ​​Yigʻlayotganingizda oʻzingizni chetdan koʻrolganmisiz
— koʻzingizdagi chaqinning namlik ichra yoʻqolishini
— sizib chiqqan dardlaringizning koʻzyoshlarga aylanishini
— ichingizdagi bor alam yuzingizda paydo boʻlishidan uyalgan qoʻllaringiz koʻzlaringizni toʻsib olishini...

Koʻzyoshning soʻnggi tomchilaridan halovatning isi keladi bilasizmi? Koʻzyoshning ilk tomchilaridan ulkan dovullar, toshqin toʻfonlar ifori kelishi mumkin, ammo nihoyada yoz yomgʻirining mayin hidi dimogʻingizda oʻynaydi.

Katarsis — ruhiy-maʼnaviy poklanish, dard koʻlamingizning sizga taʼsiri natijasida qalbingizdan ruhingizdan kirlarning chiqib ketishidir. Bu esa yoqimli

Eng soʻnggi tomchi achchiq soʻz, eng birinchi tomchilarga maktubdir...

Oʻzingiz yigʻlatgan yaqiningizni yupata olmay silkinayotgan boshi uzra muallaq qolgan qoʻllaringizni qayga yashirishni bilmay zabun qolganmisiz?
Tomchi yoshiga dunyoni qulataman deganingizni yigʻlatib qoʻyib, dunyoni oʻz boshingizga qulashini soʻraganmisiz?

Yigʻlang, ammo yigʻilarga sabab boʻlmang (mendek)

Nodira:)
T.me/Mendaniborat
4.5K views17:07
Ochish/sharhlash
2021-01-29 14:04:41 Yigʻloqi koʻzga shamol bahona

)
1.9K views11:04
Ochish/sharhlash
2021-01-28 17:53:05 ​​Qorongʻulikni,
Tunni
Yolgʻizlikni
Sukunatni sevadiganlarni qora tusli qalbga ega yoki yuzida tundlikdan boshqasi yoʻq deb oʻylamang.
Qora atirgulni sevadigan shunday qalbi moviy insonlar borki, dengizi koʻzidan toshib turadi

Qorongʻulik — gunohlarni koʻrsatmaydigan yaxshi bahona (biroq zulmatdan ham qoraroq gunohlar borligi rost).

Tun biz oʻzimiz bilan qoladigan eng sokin va dahshatli sud. Sen vanihoyat quloqlaring ostida senga aloqasi yoʻq insonlarning boshqalari tomonidan muhokamalanishini emas, ichingdagi kimnidir sen haqingda soʻzlashini eshitasan.
Oʻylasang.. bu baxt. Qachondir, qayerdadir sen oʻz ovozingni eshita olishing. Kimgadir qattiq mehr qoʻyganlar ichidagi tovushini mehr qoʻyganlarining tovushida tinglaganlardir..
Yolgʻizlik har kim uchun kimsasizlik emas, Yaratuvchisi bilan qoladigan eng qadrli lahzalardir
Yolgʻizlik faqat koʻngil egalari bilan oʻtishi istalgan daqiqalardir

Yolgʻizlikning, sukunatning ovozidan qoʻrqmaydiganlar eng halovatli baxtga egalardir.


Sizlar bilan siz bilmaydigan Nodira:)
T.me/Mendaniborat
4.4K viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash
2021-01-27 15:50:19 Yashaydigan bir kuning bor
U bugun;
Baxtni tuyadigan bir soating bor
U hozirgi oltmish daqiqa;
Sevadigan bir sonyang bor
U ayni lahza...)

Assalomu alaykum, sevimlilar!
T.me/Mendaniborat
2.0K views12:50
Ochish/sharhlash
2021-01-27 03:18:13 ​​Yangi kanal ochgan kezlarim 'Daydi dengiz' taxallusidan foydalanardim... Kunlardan bir kun obunachilar safiga qarasam bir obunachim xuddi shu nomni oʻziga qoʻyib olibdi... Hayratlandim, quvondim. Kim ekan-a bu inson dedim. Oradan bir yil oʻtmay "Kanalingiz bilan reklama alishsa boʻladimi" — deb yozdi birov. Qarasam oʻsha qiz.. .
Tanishdik, suhbatlar...
Baxt haqidagi orzularning va dard haqidagi bu qadar egiz kechinmalar meni hayratga solar, ham u bilan tinimsiz suhbat qilaverishga chorlardi))
Uni Hazel deyishardi.
"Dengizchim " deyishardi
Bilmadim, ruhiyatimizdagi bu qadar yaqinlik tufaylimi yoki qalban egiz ekanimizdanmi, uni judalar yaxshi koʻrib qoldim...
Hazel bilan suhbat qurgan har qanday samimiy, koʻngli pok inson oʻzini u bilan avvaldan birgaday, uzoq yilgi tanishday his qiladi. Har qanday moviy koʻngilni oʻz koʻnglini atagan kabi ayaydi u.

Manfaat koʻzlagan munosabatlardan qochib, samimiyatiga singib ketib qolaman. Shu qiz menga oʻzing hali bola boʼla turib ulgʻayishni oʻrgatdi, oʻz koʻnglimni, har qanday tanlovimni sevishni oʻrgatdi.
Hazel oʻzi bilmaydi, ammo koʻp qarorlarimda, qalbimni tarbiya qilishimda uni koʻp namuna boʻlib bergan....

Baxt ingan jumlalaridan dard quchoqlagan kechinmalarigacha hammasi meni hasratimni gapiradigandek tuyilaveradi.
Qalbida Zam-Zam kabi bir ajib bulogʻiga qanday qilib oshino boʻlganingizni sezmay qolasiz. Koʻnglini bunchalar pok saqlagan bu qizga oshiq boʻlasiz... Shunchalik ham yaxshi boʻlasanmi-a? Sen uchun aytilgan har qanday soʻzlar xuddi vazifasini bajara olmagan kabi, xuddiki soʻzlar omboridagi soʻzlar yetmaydigan kabi...

Shukrona kuning muborak, Niginam!
Yaratgan qaysidir eng ezgu ishimga tuhfa qilgan suyanchim meni!
Kelgusi yoshingni qarshilagunga qadar sen bilan diydor koʻrishmoqlik nasib qilsin... Sen uchun juda koʻp narsani istayman. Eng asosiysi, halovat umr nasib qilsin senga... Qalbingni qalbim bilan quchdim shu lahza


Boring uchun rahmat
Dunyoga kelganing uchun rahmat!

(@Tasirlistatus'im)

T.me/Mendaniborat
6.6K views00:18
Ochish/sharhlash
2021-01-26 18:49:03 ​​— Va siz erkinlikni nima deb ataysiz?
— Hech narsa soʻramang. Hech narsa uchun umid qilmang. Hech narsaga bogʻliq boʻlmang

- Ayn Rend **

T.me/Mendaniborat
1.9K viewsedited  15:49
Ochish/sharhlash
2021-01-26 06:46:58 ​​Samimiy mehr izhori juda oddiy:
Ismingni boshqacha yoqimli ovoz bilan aytishlari, yoki umuman ayta olmasliklari;
(tovushning bunchalar ayalganini hech koʻrmaysan..)

kasal boʻlsang, kechasi bilan mijja qoqmagan koʻzlar; yoʻq boʻlsang ham lazzatli taomdan senga atab olib qoʻyilgan nasibang;

kulsang, koʻzlarida chaqnagan chaqin, yigʻlasang, titragan lablar;
ranjitsang, ranjisang uyilgan qoshlar, titroq tovushlar, hatto ranjimasin deb ranjiganini ayta olmaslik;

sevgan adibi(a)ngni, sevgan kitobingni, sevgan qahramoningni, sevgan qoʻshiqchingni u qadar yoqtirmasalar ham seni yoningda yoqtirmasliklarini sezdirmaslik.

qoʻlingni qoʻllari bilan tutib sovuqqotganingni his qilish va nafaslari bilan ilitish, ishon bunda qoʻlingni qoʻllari bilan emas, qalblari bilan tutadilar...

Samimiy mehr izhori samodek moviy, bulut kabi musaffo...

Samimiy mehr izhorini tushunish murakkab, samimiy boʻlmaganlar his qilolmas darajada

T.me/Mendaniborat
2.5K viewsedited  03:46
Ochish/sharhlash
2021-01-25 20:30:38 ​​Qisqagina hayotimda tushundimki, insonlar hamisha ularni tushunishlariga muhtoj..
Nimayiki qilmishi mavjud boʻlsa, ayni ugina shunday qilolsa ham tushunsa boʻladi.

Va yana shunisi borki, insonlar eng koʻp bir-birini tushunishdan toliqadilar.
Tushunilishga muhtoj vaziyatlar insondan qalbiy quvvat olib tushuniladi. Shuning uchun ham qalbga yaqinlaring seni boshqalardan koʻra nisbatan oson tushunishi mumkin.
Oʻzingga oʻzing jumboq boʻlib qolgan lahzalaringda ham qaysidir bir yurak seni tushuna olishi bu u insonning senga boʻlgan hadsiz mehridan ham yoqimli boʻladi asli

T.me/Mendaniborat
1.9K views17:30
Ochish/sharhlash
2021-01-24 16:59:55 Insonlarning insonlarga qoʻygan mehri ularning asl yuzi qadardir.

Rahmonning rahimdilligi asl yuzlarni koʻrib ham ulardan yuz oʻgirmasligidir...
(Ehtimol)

T.me/Mendaniborat
2.1K views13:59
Ochish/sharhlash