Get Mystery Box with random crypto!

​​I. Telefon goʻshagi qoʻyilgandan keyin aytiladigan ayrim gap | Mendan iborat!

​​I. Telefon goʻshagi qoʻyilgandan keyin aytiladigan ayrim gaplar

— Oʻziga oʻzi tashvish sotib oladi hamisha!
— Menga dardini dasturxon qilishdan boʻlak ishi yoʻqmi?
— Nimayiki, kun koʻrgan boʻlsa, hammasiga oʻzi aybdor.

Yoki
— Boyoʻgʻliga oʻxshaydi-ya, qachon qarama qora kunimda yoʻqlaydi
— Men uning tasallisiga muhtoj qolibmanmi?
— Nahot shunchalar gʻarib boʻlsam?

Iltimos boʻlsa
— Bunga odat faqat ishi tushsa yoʻqlaydi;
— Eh sendan boʻlak ishim yoʻqmi
— Shuni ham eplab bajara olmasa-ya, hamma oʻzi qilyapti-ku!
— Namuncha chaynalmasa...

Biror kun qizil tugmani bosmasdan avval gaplaringizni aytib koʻring.
(Yuziga ayta olmaganlarimiz tilimizga chiqmasa edi..!)
Yoqmasa tinglamaslik, istalmasa "yoʻq" deyish, hamdardlikni qabul qilmaslik uchun haq hamisha mavjud. Ammo har qanday munosabatga ham jilvalanib, turlanib javob qaytarish eng razil yoʻldir. Ortlaridan aytilgan har bir soʻzingiz sizni ulardangina emas, sizni oʻzingizdan, Haqdan yiroqlashtiradi

II. Telefon goʻshagi qoʻyilgandan keyin aytiladigan ayrim gaplar

— Dadash, sizni judayam yaxshi koʻraman
— Aya, sizni shunchalar sogʻindimki!
— Meni injiqliklarim siz(lar)ni koʻp qiynadi-a?

Yoki
— Tovushiga nima qildi ekan, tinchmikan?
— Balki aytgan gaplarim ogʻir botgandir, nima qilsa ham u meni oʻylab qildi-ku!

Yana izhor

— Bu alamzada qachon mehrimni tushunarkin?
— Meni kechir...
Seni qanchalar sogʻinganimni bilsayding

Sizni hislaringizni aylana tizmalar olib borishi qiyin, yana uning qulogʻi ilib qoʻyilgan boʻlsa..
Aql — sizning hislaringiz hisobini hamisha ham hisoblayverishi yaxshilikka emas. Qalbingiz tubidagi soʻzlar ehson kabidir. Ularni egasiga tuhfa qilmasangiz uvoli sizni tutadi, yaxshim!

T.me/Mendaniborat