Get Mystery Box with random crypto!

​​Juda gʻalati, insonlarga har qancha yaxshilikni ilinma, sev | Mendan iborat!

​​Juda gʻalati, insonlarga har qancha yaxshilikni ilinma, sevgingni izhor etma baribir u ruxsat bergandan ortiq unga yaqinlasha olmaysan.
Garchi seni yaqinlari qatoriga qoʻshsalar ham.

Ortigʻiga qoʻlingni tutganing sari, qalb erkiga dahl qilayotgan kabi koʻrinasan
Oʻzlarini ruxsat bermagunga qadar senga qoʻygan chegarani buza olmaysan.
Qaysarlik bilan talab qilingan har qanday mehr, istak roʻyobi haqiqatga aylansa ham tariqchalik qadri boʻlmas.
Keyin ular sen uchun yulduzlarga oʻxshab qoladilar, xuddi eng baland daraxtga chiqsang qoʻling yetadigandek, ammo aslida sendan millon yillar olisda.
Har qancha yaxshi boʻlma, har qancha yaqin boʻlma istaganlaridan ortiqchasini bilishga urinishing, olishni xohlashing tobora uzoqroqqa olib ketadi....
Erkka dahl qaysar insonlar uchun jonga qoʻyilgan tuzoq kabidir

Shunday

T.me/Mendaniborat