Get Mystery Box with random crypto!

* * * Latofat opa bilan urologiyadagi bemorlarni ko‘rgani ki | Medical Clinic course ©

* * *
Latofat opa bilan urologiyadagi bemorlarni ko‘rgani kirardik. Bitta opa chamasi yoshi 34 larda yig‘lab o‘tirardi. Buyrakda kistlari bor ekan, hajmi kattagina. Ustoz zo‘rg‘a yupatib, motivatsiya o‘laroq yaxshi gaplarni aytib, tuzalishiga umid berdilar. Psixolog ham bo‘lish kere ekan do‘xtr.

* * *
Yana urologiyadamiz. Bir bemorni ko‘rgani kirdik. Chamasi 48-50 yosh atrofida. Qon bosimini o‘lchayapmiz puls yo‘q. Bemorning ko‘zi olazarak, o‘lib qolaman, o‘lib qolaman deydi. Darrov reanimatolog chaqirtirdik. Reanimatolog reanimatsiyaga oldimi yo‘qmi bilmiman, lekin uyiga javob berilgan ekan. Olamdan o‘tibdi, bachadonda katta havfli o‘smasi bor ekan.

* * *
Bizni genetikadan bo‘lim boshlig‘i nevropatolog Dilnoza opa o‘qitganlar. Bitta firmachi yigit opaga krem tavsiya qilyapti: opa iltimos shuni bemorlarizga yozing, deb. Ustoz kulyaptilar: axir bu kremizi nerv o‘tkazuvchanligiga umuman ta'siri yo‘qku, yo terini shuncha qavatidan singib o‘tib nervga yetib borishiga o‘ziz ham ishonmeysizku, deyaptilar.

* * *
Qo‘qonda Temiryo‘lchilar shifoxonasida Nodiraxon degan zo‘r nevropatolog borlar. Bir muddat shogird bo‘lib yurganman.
Bir kuni ishemik insult o‘tkazgan bemorning MRT sini ko‘rsatdilar, holati og‘irroq, miyyaning kattagina sohasida edi. O‘zini ko‘rib chiqing dedilar. Kirib bemorni savol-javob qilaveribman, o‘zi zo‘rg‘a imo ishora bilan gapirayotgan ekan, qo‘li bilan bo‘ldi-bo‘ldi deb yubordi.

* * *
Birichi kurs amaliyotida. Hamshira bir opaga sistema uladi va tugasa pirasetamni sistemani rezinasidan jo‘natib qo‘yavering deb chiqib ketti. Sistemani flakonida dori tugadi, shprisni sistema rezinasiga ulayapman deb bosaveriban, opa voy qo‘lim deb yubordi, igna uyog‘idan teshib chiqibdi... Tugadi.
Yana bir kuni sistemaning flakoniga ampuladagi dorini shprisga tortib qo‘shayotgandim, shpris ignasi yaxshi qotmagan ekan yuzimga, xalatimga sachrab kettiyu. Qimmatroq dori ekan... Tugadi

Amaliyot baribir yaxshi, inshaAlloh bu yil Umida opa degan gepatologiyadagi ustozimizga shogird bo‘lib yurishni niyyat qilganman. Umida opani menga ilgargi ustozlar tavsiya qilishdi. Haqiqatta Umidaxon ustoz 2 marta leksiya o‘tgan bo‘lsalar ham, leksiyalari o‘ta zo‘r bo‘lgan. Deyarli hamma tushungan.
Ustoz yaxshi terapevtlar. Tavsiya qilaman.

Bu yuqorida yozgan narsalarim esimda qolganlari, Hudo hohlasa bundan ham qiziq kunlar bizni kutib turibdi. Faqat nazariyani ham, ingliz tilini ham tashab qo‘ymay, hammasiga ulgurish kere. Tibbiyotdan ko‘ngil sovib qolmasin. Bizni kasb halollikni, o‘z ustida ishlashni talab qilarkan. Muhimi to‘xtab qolmasak bo‘ldi. Barchaga Alloh madadkor bo‘lsin.Yangi o‘quv yilida hammangizga Allohdan omad va zafarlar, manfaatli ilm tilayman.